UzStudy O’quv Markazi Qaysi javobda iboraga misol berilmagan?



Yüklə 30,48 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü30,48 Kb.
#167847
1   2   3
3 qism test 07.07.2023

Ona tili va adabiyot
1. Qaysi maqol tarkibida ikki o’rinda jarangli til undoshlaridan iborat so’z qatnashgan? A) Maqtanma g’oz, hunaring oz. B) Sinamagan otning sirtidan o’tma. C) Aybsiz do’st axtargan do’stsiz qolar. D) Bugungi ishni ertaga qo’yma.
2. Qaysi gapda II shaxs birlik shaklidagi shaxs-son qo’shimchasi I shaxs birlik ma’nosini ifodalagan? A) Siz ham menga juda yoqasiz – dedi dugonasiga. B) Borib so’rasang, o’shqirib beradi. Qo’rqadi odam... C) O’libmizmi, akaxon, bizam tushunamiz, ishingiz nozik, ha. D) Chiroyli joylar ko’p, qarab to’ymaysan kishi.
3. Qaysi javobda ko’chma ma’nodagi so’z ishtirok etmagan? A) G’azal ham bo’lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? B) Bulut bugun o’zining ko’kish ko’ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg’ir tinmadi. C) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg’a qildim. D) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo’rquv eza boshladi.
4. Hozir ko’nglimga qil sig’mayapti, keyinroq gaplashamiz. Ushbu gapda qatnashgan gap bo’laklari tartib bilan berilgan javobni toping. A) hol, to’ldiruvchi, kesim, hol, kesim B) hol, to’ldiruvchi, ega, kesim, hol kesim C) hol, hol, ega, kesim, hol, kesim D) hol, kesim, hol, kesim
5. Quyida berilganlardan nechtasi sof modal so’z hisoblanadi? ehtimol, nihoyatda, masalan, hamda, shekilli, shubhasiz, xolos. A) 2 tasi B) 5 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
6. Qaysi gapda izohlovchi aniqlovchi vazifasidagi so’zda paronimlar bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir she’r.
B) Shox Mashrab qoni senda Urdi tug’yon, o’zbegim. C) Azm daryolar ham kamar bo’lolmas, Qo’shilib chulg’ansa sening belingga. D) Ko’zlarni debdilar: “Ruxning ko’zgusi”. Ularda namoyon qalbning sezgisi.
7. Qaysi javobda imloviy jihatdan xato yozilgan joy nomlari berilgan? 1) Guliston davlat universiteti; 2) Osiyo taraqqiyot banki; 3) Oliy xo’jalik sudi; 4) “Lazzat” nomli oshxona; 5) Sog’liqni Saqlash Vazirligi; 6) O’zbekiston Milliy universiteti. A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 6
8. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan gapni toping.A) Har ikkisi ham musobaqada qatnashmoqda. Ular, albatta, g’alabani qo’lga kiritadi.B) Yer yuzida tillar ko’p. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra ularning miqdori 7000 ga yaqin. C) Oyimlar oqila va mehnatkash ayol. Ular tikuv ishlari bilan shug’ullanadilar.D) Bizning o’quvchilarimiz nihoyatda faol. Ular har bir savolga zukkolik bilan javob berishadi.
9. Qaysi javobdagi so’zlar juftligi tub va yasama so’zlarga mansub emas? A) ezma (belgi bildiruvchi so’z) – ezma (harakat bildiruvchi so’z) B) o’rim (yig’im-terim jarayoni) – o’rim (sochning o’rilgan holati) C) to’la (belgi bildiruvchi so’z) – to’la (harakat bildiruvchi so’z) D) yo’llar (nom bildiruvchi so’z) – yo’llar (harakat bidiruvchi so’z)
10. Yaproqlar tebranar she’r maqomiga, Chechaklar jimgina egib turar bosh. Marmar sarhovuzning kumush jomiga Shoir ko’zlaridan oqib tushar yosh. Ushbu gapda qatnashgan so’z birikmalari haqida berilgan noto’gri hukmni aniqlang. A) Hokim qismga kelishik va ko’makchilarsiz bog’langan holli so’z birikmasi ishtirok etgan. B) Vositali to’ldiruvchilar faqat tobe qism vazifasini bajargan. C) Qismlari kelishik va ko’makchilarsiz bog’langan otli so’z birikmasi ishtirok etgan. D) Hokim qismi qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan aniqlovchili so’z birikmasi ishtirok etgan.
11. Qaysi gapda ravish turkumidagi zid ma’noli so’zlar ishtirok etgan? A) Do’st achitib gapiradi, dushman kuldirib. B) Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan – dog’. C) Avval o’yla, keyin so’yla. D) Oqni qoradan ajratishni o’rgan.
12. Qaysi gapda so’zlarning teng bog’lanishi (so’z qo’shilmasi) mavjud emas? A) Bu bog’lar Samarqanddagi boshqa bog’lardan o’zining tengsiz tarovati, ulug’vorligi va nafosati bilan ajralib turadi. B) Insonni chiniqtiradigan, uning vujudini sog’lom qiladigan jismoniy mashqlar bo’lsa, ma’naviyatini boyitadigan vosita badiiy adabiyotdir. C) Unga nisbatan uyg’ongan nafrat hamda zulm o’ti azob otashidan ustun keldi. D) Tansiq goh shop-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi.
13. Qaysi so’zlarda nuqtalar o’rnida i unlisi yoziladi? 1) tush...nmoq; 2) tug’...lmmoq; 3) qur...lmoq; 4) tush...rmoq; 5) yug...rmoq A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 5
14. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Ey donishmand, ayting-chi, kishi uchun eng yaxshi narsa nima?
B) Insonda yuz ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham, go’zal bo’lishi kerak. C) Sharm-hayo – insonning eng ulug’ fazilati. D) “Alpomish” dostoni o’zbek xalq og’zaki ijodining betimsol namunasidir. 15. Bilmam, nima edi maqsading, Menga bir juft guling atading. Birin otin Kumush atading, Birin otin Zaynab qo’yding-ku. Ushbu she’riy parchadagi qaratqich va tushum kelishigidagi so’zlar sonini aniqlang.
A) Parchada ikki o’rinda qaratqich, ikki o’rinda tushum kelishigidagi so’z qatnashgan. B) Parchada ikki o’rinda qaratqich, uch o’rinda tushum kelishigidagi so’z qatnashgan. C) Parchada uch o’rinda qaratqich, ikki o’rinda tushum kelishigidagi so’z qatnashgan. D) Parchada to’rt o’rinda tushum kelishigidagi so’z ishtirok etgan.
16. Quyidagi chizmaga mos keluvchi ergashgan qo’shma gapni aniqlang.

sabab

Voqea-hodisa



A) Ilmsiz inson – mevasiz daraxt, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo’l. B) Odobli odam tabibga o’xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko’ngildagi g’amni yuvadi. C) Shu mo’jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. D) Ishonchim komilki, qasd qilgan past bo’ladi



Yüklə 30,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin