Majburiyatlar auditi Reja



Yüklə 188,23 Kb.
səhifə1/24
tarix19.12.2023
ölçüsü188,23 Kb.
#186726
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Majburiyatlar auditi Reja-www.hozir.org


Majburiyatlar auditi Reja

Majburiyatlar auditi
Reja:

  1. Ichki hisob-kitoblar auditi


  2. Tashqi hisob-kitoblar auditi.


  3. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblar auditi.


  4. Qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblar auditi.




1 Ichki hisob-kitoblar auditi.


1. 1 Ichki hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari.
Ichki hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo‘yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa muomalalar bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Bu hisob-kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko‘p hato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladigan soha bo‘lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.
Ichki hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan asosiy maqsad buxgalterlik hisobotidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo‘limning ishonchliligi, qo‘llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risida fikr shakllantirishdan iborat.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat:
to‘liqlik – barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yo‘qligi;
mavjudlik – balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo‘yicha majburiyatlar mavjudligi va ushbu majburiyat summalarning katta-kichikligi;
huquq va majburiyatlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari qonuniyligi va to‘g‘riligi uchta (shaklan, qonuniylik va haqqoniylik) mezonlaridan kelib chiqqan holda;
baholashlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi;
aniqligi – mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari bo‘yicha sutkalik xarajatlar summasi va boshqalarning to‘g‘ri hisoblanganligi, buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi;

Yüklə 188,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin