Majburiyatlar auditi Reja


b) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini



Yüklə 188,23 Kb.
səhifə14/24
tarix19.12.2023
ölçüsü188,23 Kb.
#186726
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Majburiyatlar auditi Reja-www.hozir.org

b) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini
tekshirish.
Auditor korxona shtatidagi xodimlardan, shuningdek pudrat shartnomasi va mehnat bitimi bo‘yicha ishga jalb qilingan shaxslardan daromad solig‘i olishning to‘g‘riligini tanlov usuli bilan tekshirishi kerak. Auditning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi talablariga rioya qilinayotganligini tekshirish va yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklarni tugatish bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. Yillik umumiy daromad bilan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromad jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadini tashkil qiladi. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik hollarda jami daromadni hisoblash va imtiyozlarni qo‘llashda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Xususan, ko‘pchilik hollarda xorijiy valyutada olingan daromadlar asossiz ravishda so‘mga hisoblab o‘tkazilmaydi, bunday hisoblab o‘tkazish esa daromad olingan vaqtida amalda bo‘lgan, O‘z. R. MB kursi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi Nafaqa fondiga ushlangan summaga jami daromad kamaytirilmaydi. Ko‘pgina hollarda xizmat safari xarajatlarini qoplash normalaridan oshgan summalar va natural shaklda olingan daromadlar soliqqa tortiladigan daromadga kiritilmay qoladi. Natural shaklda olingan daromadlar yillik jami daromad tarkibida davlat bahosi bo‘yicha hisobga olinishi lozim, ular bo‘lmaganda esa daromad olingan kundagi bozor bahosi bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
Jismoniy shaxsning yillik umumiy daromadiga mehnat haqi shaklida olingan daromadlar, jismoniy shaxslar mulkidan oladigan daromadlari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan yalpi daromad kiradi.
Soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri aniqlash uchun jami daromaddan quyidagilar chegirib tashlanadi:
  1. ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga doir davlat nafaqalari (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun beriladigan nafaqadan tashqari): xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xodimlarga etkazilgan zararlarni qoplash uchun berilgan summalar;


  2. ishdan bo‘shaganda to‘lanadigan nafaqalar, shuningdek, ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga korxonadan ketayotganda to‘lanadigan barcha turdagi pullik kompensatsiyalar;


  3. olinadigan alimentlar;


  4. davlat zayomlari, davlat majburiyatlari, lotoreyalardan tushadigan daromadlar;


  5. bir yil davomida oylik minimal ish haqining 12 barobar miqdorigacha bo‘lgan moddiy yordam summasi,


  6. boshqa bir qator daromadlar (ularning ro‘yxati amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi).


Soliq xodimning kalendar yilining boshidan boshlab olgan, jami daromadining belgilangan chegirma va beriladigan imtiyozlarni ayirishdan qolgan qismidan hisoblanib, har oyda ushlab qolinadi.


Auditor Moliya vazirligi va Davlat soliq komiteti tomonidan tasdiqlangan «Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ga muvofiq belgilangan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligini va soliqning hisoblanishi to‘g‘riligini tekshirish kerak.

Yüklə 188,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin