2. 6 Ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga doir hisob-kitoblar
auditi.
Ijtimoiy sug‘urta va ta’minot fondlariga to‘lovlar hisoblanishi hamda to‘lanishini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyidagilar bajariladi:
har bir fond turi bo‘yicha va sug‘urta turi bo‘yicha to‘lov (badal) hisoblash uchun qabul qilingan bazaning ishonchliligini aniqlash;
tegishli fondlar bo‘yicha sug‘urta badallari stavkalarini qo‘llashning to‘g‘riligini tekshirish;
hisoblashlarni tekshirish;
sug‘urta badallarini hisoblash manbalarini tekshirish.
²isob va hisobot ma’lumotlarining tengligini quyidagi chizma bo‘yicha solishtirish yo‘li bilan aniqlash zarur (3-chizma)
Buxgalteriya balansi (1-shakl)
Bosh daftar
4510-«Sugurta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar»4550-«Majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘naklar» va 6520 –«Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schyotlarining qoldiqlari.
4550 va 6520 schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob registrlaridagi qoldiqlar
Ijtimoiy sug‘urta va ta’minot fondlariga to‘lanadigan sug‘urta badallari bo‘yicha hisob-kitob vedomostlari – tegishli fondlar bo‘yicha hisobot davrining oxiriga qarz qoldiqlarining summasi.
3. -chizma. Ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni tekshirish ketma-ketligi
Ma’lumotlarda tafovutlar bo‘lgan hollarda fondlar va debet yoki kredit oborotlari tekshirilib, tafovutlar ko‘lami aniqlanadi. Keyinchalik ushbu tafovutlarning sabablari aniqlashtirilishi lozim.
Moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar barcha asoslar bo‘yicha xodimlar foydasiga hisoblangan, pul va (yoki) natura shakldagi to‘lovlarning barcha turlari ushbu fondlarga sug‘urta badallarini hisoblash uchun ob’ekt bo‘lib hisoblanadi.
Sug‘urta badallarini hisoblash uchun qo‘llaniladigan bazaning ishonchliligini tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
hisobot davrida hisoblangan va to‘langan mehnat haqi hamda boshqa to‘lovlar turlarini aniqlash;
haqiqatda sug‘urta badallari hisoblangan to‘lovlar turlarini, tegishli ijtimoiy sug‘urta fondiga sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘lovlar ro‘yxatiga muvofiq ular hisoblanishi yoki hisoblanmasligi lozim bo‘lgan to‘lov turlari bilan taqqoslash;
tegishli fondlar bo‘yicha sug‘urta badallarining to‘liq to‘lanmagan (yoki oshiqcha to‘langan) miqdorini aniqlash.
Oldin hisoblanmasdan, korxona kassasidan berilgan har xil to‘lovlarni (moddiy yordam, mukofot) maxsus e’tibor bilan tekshirish kerak.
So‘ngra hisoblangan va to‘langan sug‘urta badallarining hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini aniqlash zarur. Bunda xodimlarga to‘langan to‘lovlarning sug‘urta badallarini hisoblash moliyalashtirish manbasi hisobidan aks ettirilayotganligiga e’tibor qaratiladi. Tekshiruv natijalari ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor aniqlangan tafovutlarning hisobot ko‘rsatkichlariga (tannarx va moliyaviy natijaga, ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha qarzlar miqdoriga), jiddiyliklik darajasini hisobga olgan holda, qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |