Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo’yicha buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish yuzasidan testlar
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichlari
Ustav kapitalini shakllanishi va harakati va ulardan foydalanish bo’yicha auditorlik tekshiruvining o’tkazish rejasini tuzishi va audit dasturini tayyorlashi lozim.
Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzulgunga qadar boshlanadi. Bu xolat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzulmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzulgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditning umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks xolda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim.Rejalashtirish auditning boshlang’ich bosqichi bo’lib,auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv ishlarini boshlamasliklari lozim.