Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab tekshirishi lozim. Xususan
Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab tekshirishi lozim. Xususan:
Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya qilinishi
Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi
Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil qilish bilan birgalikda aniqlanadi
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichlari
Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi.
Tekshiruv o’tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq to’lashning qanday shakllari va tizimlari qo’llanishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq to’lash va mukofotlash to’g’risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to’lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hislob bo’limi kompyuterlashtirilganligi va boshqa masalalarni aniqlashi lozim. Albatta, auditor test savollar ro’yxatini ishlab chiqishi lozim.
Vazifalar majmui
Auditda hal etiladigan vazifalar
1.Mehnat qonunchiligiga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi va ichki nazorat samaradorligining holatini baholash
1.1. Mehnat haqi to’lashni belgilovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mavjudligi va tahlili;1.2. Jamoa mehnat shartnomalari, xodimlarni mukofotlash va rag’batlantirish to’g’risida nizom mavjudligi;1.3. Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) hisobini hujjatlashtirishning tashkil etilishi;1.4. Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan summalar turlarining klassifikatori (turkumlagichi) mavjudligi;1.5. Ish haqi fondi ustidan nazorat tizimining mavjudligi va holati;1.6. Hisobot ko’rsatkichlarning sintetik va analitik htisob registrlari ma’lumotlariga mosligi.
2.Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarga doir hisob va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini tekshirish.
2.1.Dastlabki hisob hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilishi;2.2. Haq turlari (ishbay, vaqtbay va h.k.) bo’yicha ish haqi hisoblashning to’g’riligi.2.3. Har xil maqsadlar (mehnat ta’tili va h.k.) uchun o’rtacha ish haqini hisoblashni tekshirish;2.4. Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi;2.5. Ish haqi xarajatlarini tannarx tarkibiga qo’shish;2.6. Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan summalarni hisob-registrlarida aks ettirish;2.7. Soliqqa tortishda imtiyozlarni qo’llash va jami daromadni hisoblashning to’g’riligi;
3.Byudjetdan tashqari fondlar, yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblarning to’g’riligi
3.1. Yagona ijtimoiy to’lov fondiga ajratmalarni hisoblash bazasi va hisob-kitoblar to’g’riligi;3.2. Yagona ijtimoiy to’lov fondi bilan hisob-kitoblarni hisob va hisobotda aks ettirishning to’g’riligi;