Dt «Foyda solig`i bo`yicha xarajatlar» 400000
Kt «Hisoblangan foyda solig`i» 400000
Korxona mulki va xodimlarini sug`urta qilish bo`yicha qarzdorlik to`g`ri-sidagi axborotni umumlashtirish hamda davlat ijtimoiy sug`urtasi, nafaqa ta`minoti, korxona xodimlarining tibbiy sug`urtasi uchun ajratmalar, yong`in, halokat, tabiiy ofat, ekologik fojialar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf qilish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarni mablag`lar bilan ta`minlash uchun sug`urta jamg`armalarini tashkil qilish xarajatlari, shu bilan birga tashkilot mulkini, ishchilar hayotini, hamda uchinchi shaxslarning mulkiy manfaat-lariga keltirilgan zararlar uchun fuqarolik javobgarligini sug`urta qilish va byudjetdan tashqari jamg`armalarga qilinadigan to`lovlarni hisobga olish uchun 21-sonli BHMSda quyidagi hisobvaraqlar ko`zda tutilgan:
«Mulkiy va shaxsiy sug`urta bo`yicha to`lovlar»
«Ijtimoiy sug`urta bo`yicha to`lovlar»
«Byudjetdan tashqari jamg`armalarga to`lovlar»
Тa`sischilar oldidagi qarzdorlik hisobi Тa`sischilar oldidagi qarzdorlik bo`yicha majburiyat:
ularga hisoblangan dividendlar;
chiqib ketayotgan ta`sischilarga ularning ulushlari bo`yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni aks ettirish jarayonida paydo bo`ladi.
Aktsiyadorlar yig`ilishi tomonidan e`lon qilingandan keyin, hisobot davrida pul mablag`lari yoki mulk shaklida to`lanishi kutilayotgan dividendlar joriy majburiyatlar tarzida hisobga olinadi. Kumulyativ imtiyozli aktsiyalar bo`yicha dividendlar ko`rinishidagi majburiyatlar moliyaviy hisobotlarning tushuntirish xatlarida yoritilishi lozim.
Хodimlar oldidagi majburiyatlar Хodimlar oldidagi majburiyatlar o`z ichiga mehnatga haq to`lash, ta`til to`-lovlari, mukofotlar va deponent qilingan ish haqi bo`yicha hisob-kitoblarni aks ettirish natijasida yuzaga keladi. «Хodimlar bilan mehnatga haq to`lash» deb nom-langan hisobvaraqning kredit tomonida korxonaning turli bo`limlari xodimla-riga hisoblangan ish haqi ko`rsatilsa, uning debetida ushbu hisoblangan ish haqi hisobidan ushlanmalar aks ettiriladi.
9-misol. «XYZ» kompaniyasi hisobchisi hisobot yilining mart oyi uchun asosiy ishlab chiqarish ishchilariga 550000 so`m, tsex xodimlarga 200000 so`m, ma`mu-riyat xodimlariga 250000 so`m ish haqi hisobladi. Хodimlarning oylik maoshlari-dan qonunchilik asosida ushlanishi lozim bo`lgan daromad solig`i 322000 so`mni tashkil qildi. aprel oyining 5 sanasida xodimlarga ish haqi berish uchun korxo-naning hisob-kitob hisobvarag`idan uning kassasiga 678000 so`m pul keltirildi. Shundan 600000 so`mi belgilangan muddat ichida xodimlarga tarqatildi, qolgan summa esa talab qilib olinmagan ish haqi sifatida deponetga o`tkazildi. Ushbu xo`jalik muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi.