Kompyuterning apparat ta’minoti
Ma’lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyati hamma jabxalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib chuqurlashib bormoqda. Umumiy soni, kо‘p yuz milliondan oshib ketgan, keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlardan tashqari, hisoblash tizimlarining maxsus vositalari ham kо‘payib bormoqda. Bu turli-tuman hisoblash texnikasidan foydalanuvchilar soni ham kо‘payib borayotganini bildiradi, bunda ikki qarama-qarshi tendensiyani rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari borgan sari murakkablashmoqda va ularni qо‘llash uchun, va ularni keyingi rivojlanishi uchun juda chuqur bilimlar talab qilinadi. Boshqa tomondan, foydalanuvchilarning kompyuterlar bilan muloqati soddalashmoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “dо‘stona” bо‘lib bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutahassis bо‘lmagan odamlar uchun ham tushunarli bо‘lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta’minot – operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir.
Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib о‘rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib о‘rganiladi. Bunday bо‘linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki kо‘p xollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |