Majmua muallifi haqida ma’lumot



Yüklə 197 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#37878
1   2
Kompyuterning apparat ta'minoti

Apparat ta’minoti.

Hisoblash  tizimlarining  apparat  ta’minoti  tarkibiga,  apparat konfiguratsiyani  tashkil  etuvchi  qurilma  va  asboblar  kiradi.  Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan  iborat.  Ma’lum  ishlarni  bajarishga  zarur  bо‘lgan  apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig‘ib olish mumkin.Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz.Tashqi qurilmalar, qoida bо‘yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir,  ularni  odatda  periferik  qurilmalar  deb  ham  ataladi. Bundan  tashqari  ma’lumotlarni  uzoq  saqlashga  mо‘ljallangan  qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi.Alohida  blok  va  qismlar   orasidagi  kelishuvchanlik,  birgalikda ishlashdagi  moslanuvchanlik,  apparatli  interfeys  deb  ataluvchi  о‘tish  apparat-mantiqiy  qurilmalari  yordamida  bajariladi.  Hisoblash texnikasidagi  apparat  interfeysiga  belgilangan  standartlar  protokollar deyiladi. Shunday  qilib, protokol  –  bu  qurilma  yaratuvchilari  tomonidan, bu  qurilmaning  boshqa  qurilmalar  bilan  muvaffaqiyatli  va  kelishilgan holda  birgilikda  ishlashi  uchun,  ishlab  chiqiladigan  texnik  shartlar majmuasidir.

Dastur  –  buyruqlarning  tartiblangan  ketma-ketligidir.  Kompyuter uchun  tuzilgan  har  dastur  vazifasi  –  apparat  vositalarni  boshqarishdir. Birinchi  qarashda  dasturning  qurilmalar  bilan  xech  qanday  bog‘liqligi yо‘qdek  kо‘rinadi,  ya’ni  masalan,  dastur  kiritish  qurilmlaridan  ma’lumot kiritishni  va  chiqarish  qurilmalariga  ham  ma’lumot  chiqarishni  talab qilmasa  ham,  baribir  uning  ishi  kompyuterning  apparat  qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Kompyuterda,  dasturiy  va  apparat  ta’minot,  doimo  uzilmas  aloqada va  uzluksiz  bog‘lanishda  ishlaydi.  Biz  bu  ikki  kategoriyani  alohida  kо‘rib chiqayotganimizga  qaramasdan,  ular  orasida  dialektik  aloqa  mavjudligi  va ularni alohida kо‘rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak.

Kompyuterlar  va  hisoblash  tizimlarining  dasturiy  ta’minoti tuzilishini  dasturiy  konfiguratsiya  deb  ham  ataladi.  Dasturlar  orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari  orasidagi kabi о‘zaro aloqa mavjud. Aksariyat kо‘pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi.  Bunday  bog‘lanish  dasturlararo  interfeys  deyiladi.  Bunday interfeys  (muloqot)  ning  mavjudligi  texnik  shartlar  va  о‘zaro  aloqa qoidalariga  asoslangan  bо‘lsa  ham,  amalda  u  dasturiy  ta’minotni  о‘zaro aloqada  bо‘lgan  bir  nechta  sathlar  (daraja)larga  taqsimlash  bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir  keyingi  sath  oldingi  sathlar  dasturiy  ta’minotiga  tayanadi.  Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni о‘rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatatsiya  qilish  va  texnik  xizmat  kо‘rsatishgacha  bо‘lgan  ish faoliyatining  hamma  bosqichlari  uchun  qulaydir.  Shunga  alohida  etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi.  Masalan,  asos  dasturiy  ta’minoti  sathiga  ega  bо‘lgan  hisoblash tizimi  kо‘p  funksiyalarni  bajara  olmaydi,  ammo  u  tizimli  dasturiy ta’minotni о‘rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi.

Dasturiy ta`minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma`lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta`minotsiz har qanday zamonaviy kompyuterda biror amal bajarib bo’lmaydi.

Kompyuterning texnikaviy va dasturiy ta`minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi?



Avvalo ular orasidagi boglanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli tex­nik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish — bu, texnikaviy interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, texnikaviy qismlari va dasturlar ora­sidagi o’zaro bog’lanish — texnikaviy — dasturiy interfeys deyiladi.
Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin