Kafedra mudiri: ________________ Panjiyev Q.B. Fanning ishchi o‘quv dasturi “______________________________________” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (_____yil ____ dagi №___-sonli bayonnoma).
Fakultet dekani: __________ Kelishildi: Oquv uslubiy boshqarma boshligi:_________ Ishchi o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversitet kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2017 - yil “___” ______dagi № ___ - sonli majlis bayoni
I. Kirish Mazkur kursda “Xor va xorshunoslik” fanining nazariy va amaliyotdagi xor ijrochiligi va uning tahlili. Xor jamoasida kuylash qonun-qoidalari, xor ovozining to’g’ri sozlanishi va ansamblda kuylash malaka va usyullari. Evropa xor, vokal-simfonik janrlarining kelib chiqish tarixi va rivojlanishi. Professional va xalq xorlarini tashkiliy asoslari. Xor turlari va xillari xaqida tushuncha. Xor ovozlar va uni tarkibi, vokal xor texnikasi malakalarini egallash. Xor va xorshunoslik asoslari ishini tashkiliy asoslari.
Xor jamoasiga rahbarlik qilish, xor asarlarini tahlil qilish malakalarini egallash. Xorda kuylash jarayonida ijro jarangiga, ansambl, sozning tozaligi, nafas olish va kuylash jarayonida uzluksizlikni ta’minlash, hamohanglikka erishishish, badiiy ifoda vositalaridan o’z o’rnida foydalanish, ko’nikmalar haqida amaliy tavsiyalar berilgan.
Amaliy mashg’ulotlarda esa, xor jamoasini tuzish va uni boshqarish. Xorni tahlil qilish va xor asarlarini ijro etish, bilim malakalari kabi uslublardan foydalanish malakalarini egallaydilar.
Xor ijrochiligi bo’yicha talabalarning malakalarini shakllantirish , jamoa bo’lib kuylay olish va uni boshqara olish texnologiyasi bo’yocha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirish hamda dirijorlik sirlarini o’rganish, badiiy-ijro uslublaridan foydalanish va ijrochilik mahoratini o’stirish, dirijorlik o’quv va ko’nikmalarni shakllantirish, o’zbek va chet el kompozitorlari tomonidan yaratilgan eng nodir xor asarlari bilan tanishtirish, bu asarlarini professional darajada tahlil eta olish va unga dirijorlik qila olish malakalarini rivojlantirishdan iborat.
1.1.Fаnning mаqsаdi vа vаzifаlаri. Fаnni o`qitishdаn mаqsаd: xor va xalq qo’shiqchiligi bo’yicha talabalarning shu kasbga xos o’quv malakalarni shakllantirish, ularga jamoa bo’lib kuylay olish va uni boshqara olish texnologiyasi bo’yicha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirishdan iborat.
Fаnning vаzifаsi: xor qo’shiqchiligiga xos uslublarda kuylash imkoniyatiga ega bo’lish . jamoa bo’lib kuylash tabiati, didaktik tamoyillari va boshqa qonuniyatlarini bilib olish, xor asarlari repertuarlari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo’yicha yuksak badiiy didga ega bo’lish, jamoada kuylash va u bilan ishlash jarayonida inson organizmida yuz beradigan psixo-fiziologik kechinmalarni chuqur his qilish va unga ko’nikma hosil qilish, jamoali qo’shiqchilik xonandasi va rahbariga qo’yiladigan talabalarni bilish va unga amal qilish.
Boshlang’ich darslarda “Xor va xorshunoslik asoslari” fanlari orqali o’zlashtirgan ko’nikma va bilimlarni takomillashtirib, xorda kuylay olish, xorni boshqarish, ovozlar bilan ishlash texnologiyalari, intonatcion tiniq garmoniya uyg’unlik ijrosiga erishish.
Xorda ishlash, xorda kuylash, xorni tashkil qilish, unga rahbarlik qilish kabi ko’plab zaruriy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga erishish.