Majolis un-nafois


Nabira – avlod, o‘g’il yoki qizning farzandi(bobo va buviga nisbatan).  Mavlono Qosim



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix10.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#128064
1   2   3   4
majolis-un-nafois-asarida-qo-llanilgan-qarindoshlik-nomlari-hamda-ularning-semantik-tahlili

Nabira – avlod, o‘g’il yoki qizning farzandi(bobo va buviga nisbatan). 
Mavlono Qosim — Mavlono Abdurahim munajjimning nabirasidir. Oʻz zamonida nujum 
ahkomida muqarrar va musallam erdi. 
Nabira leksemasi shaxs nomlari ichida nasl davomchisi sifatida tahlil qilinadi. Bu 
leksema “qarindosh”, “qon-qarindosh”, “yoshiga ko‘ra neytral”, “jinsiga ko‘ra neytral” 
“ikkinchi avlod”, “o‘g’il yoki qizning davomchisi” kabi semalarga ega. 
Amakizoda – aka-ukalarning o‘g’il-qizlari(bir-birlariga nisbatan). Hozirgi shakli 
amakivachcha. 
Amir Davlatshoh— Firuzshohbekning amakizodasi Amir Alouddavla 
Isfaroyiniyning oʻgʻlidur. 
Qarindoshlik nomlari ichida tuzilishi jihatidan boshqalaridan farqli o‘laroq, yasama 
leksema sanaladi. Bugungi kunda amakizoda shakli faqatgina badiiy asarlar tilida 
saqlanib qolgan. Bu leksemaning semalari sifatida “qarindosh”, “qon-qarindosh”, 
“yoshiga ko‘ra neytral”, “jinsiga ko‘ra neytral” “birinchi avlod”, “faqat erkak farzandi” 
kabilarni ko‘rsatishimiz mumkin.
Etnografik adabiyotlarning guvohlik berishicha, qarindoshlik biologik nuqtai 
nazardan emas, sotsial nuqtai nazardan qaralganda tarixiy, aniqrog’i tarixiy-etnik hodisa 
bo‘lib, har bir xalq o‘z hayotida qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi va belgilovchi 
terminlar yig’indisini yaratish bilan ajralib turadi. Bir butun tizimni tashkil etuvchi ana 
shu hodisalar yig’indisi - qarindoshlik sistemasini tashkil etadi. Ana shu sistema esa 
shaxslarni qarindoshlik jihatidan nomlab keluvchi leksemalarni o‘z ichiga oladi. 


451 
Ot leksemalar makrosistemasi ichida shaxs nomlarini mikrosistema sifatida 
oladigan bo‘lsak, bu mikrosistema yana kichik guruhlarga bo‘linadi. Shunday 
guruhlardan biri esa biz yuqorida tahlil qilgan qarindoshlik nomlaridir. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Исмоилов И. А. Туркий тилларда қавм-қариндошлик терминлари. – Тошкент, 
Фан. 1966. 
2. Саидова М. Ш. Наманган шеваларидаги қариндошлик терминларининг 
лексик-семантик таҳлили. Филол. фан. номз... дисс. автореф. – Тошкент, 
1995.
3. 
М. Нарзиева Қон-қариндошлик номларининг компонент таҳлили // Ўзбек 
тили ва адабиёти. – Тошкент, 1986. –№ 5.
4. 
Ўзбек тили лексикологияси. –Тошкент. Фан. 1981.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin