1.2. Asarning tarkibiy tuzilishi
Mohir san’atkor, xalqparvar va madaniyatparvar arbob, mutafakkir olim Alisher Navoiy o’zining “Majolis un-nafois” asarining kompozitsion qurilishi haqida: “Chun bu maqsudg’a yetildi, oni sekkiz qism etildi va har qismi nafis bir majlisg’a mavsum bo’ldi va majmuig’a “Majolis un-nafois” ot qo’yuldi”, deb o’z asarining ibtidosini boshlagan. Tazkira sakkiz bo’limdan iborat bo’lib, Navoiy ularni “majlis”lar deb ataydi. Bularda Navoiy 459 ta shoir, yozuvchi va olim haqida ma’lumot beradi.
“Avvalgi majlis. Jamoati mahodim va azizlar zikridakim, bu faqir alarning sharif zamonining oхirida erdim va mulozamatlari sharafig’a musharraf bo’lmadim”. Birinchi majlisda Navoiy hazratlari o’zidan oldin yashab ijod etgan, yohud mulozamatlariga musharraf bo’lmagan shoirlar haqida yozadi. Quyida ularning ba’zilariga to’xtalib o’tamiz. Bu majlisda 46 ta shoir tilga olinadi. Navoiy “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisini Qosim Anvor nomi bilan boshlaydi. Uning Qosimiy va Qosim taхalluslarida she’rlar yozgani, davrning mashhur tasavvuf shayhlaridan bo’lgani aytiladi. Qosim Anvor 1356 yil Tabrizning Sarob degan kentida tug’ilgan, 1433 yil Jom viloyatining Xarjerd degan shaharchasida vafot etgan Qosim Anvorning:
Dostları ilə paylaş: |