Ishning yangiligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda, asosan “Majolis un-nafois” tazkirasining o’rganilmagan jihatlarini, ya’ni ko’proq majlislarning badiiy talqinini yoritib berishga harakat qildik. Yangilik sifatida 3ta ayol shoira hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarni, badiiy san’atlarga oid misollarni hamda Navoiyning badiiy so’z san’ati namoyandalarini uch guruhga bo’lgani haqidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdik.
Ishning tuzilishi.Ushbu bitiruv malakaviy ishimiz mundarija, kirish, 2 ta bob, (o’z o’rnida ushbu boblar mavzuni to’liqroq ochib berish maqsadida 2tadan fasllarga bo’lingan), xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.