Макет заголовка


Ta'kidlash joizki, investorlar investitsiyalarni qonun hujjatIariga zid bo'lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin



Yüklə 10,55 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü10,55 Kb.
#198924
1   2   3
Invest

Ta'kidlash joizki, investorlar investitsiyalarni qonun hujjatIariga zid bo'lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin.

Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqIar, yig'imlar va boshqa majburiy to’lovlar to'langach, uning xohishiga ko'ra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.

Investitsiya faoliyati subyektining hisobvaraqlaridan foydalauishni cheklab qo’yish yoki mablag'larni majburan olib qo'yish qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Investitsiyalarning qo'shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari hukumat tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyaviy ta'minlashda ko'maklashishni, maxsus soliq va to’lov rejimi yaratilishini, loyihalar amalga oshirilishining davlat monitoringi yuritilishini va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o'z ichiga olishi mumkin.

  • O'zbekiston Respuhlikasining “Investitsiya faoliyati to'g'risid”gi qonunda investorlarga qator huquqlar, erkinliklar va kafolatlar berilgan. Jumladan, mulk shakllaridan va faoliyat turidan qat'iy nazar, investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda teng huquqlarga egadirlar.
  • Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. DavIat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining qonun hujiatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
  • Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi dalilidan investitsiya faoliyati subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyatini cheklab qo'yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
  • DavIat investitsiyalar himoya qilinishini kafolatlaydi. O'zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari davlat mUlkiga aylantirilmaydi.

O'zbekistonda investitsiya faoliyatining
qonuniy-me'yoriy bazasida investorlar uchun tegishli kafolatlar,
huquqlar va erkinliklar yaratilgan bo'lib, bu holat mamlakatimizda investitsiya jarayonlarini faollashtirishga sezilarli darajada
ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Me'yoriy huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 30 avgustdagi 110-I-sonli "Kontsessiyalar to‘g‘risida"gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi 1998 yil 30 apreldagi 609-I-sonli "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi 2014 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-380-sonli "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi 1998 yil 30 apreldagi 611-I-sonli "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi 1996 yil 25 apreldagi 220-I-sonli "Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi PQ-927-sonli "Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 iyundagi 175-sonli "O‘zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida"gi Qarori
Imtiyozlar va preferensiyalar
daromad solig‘i;
yuridik shaxslar mol-mulkidan olinadigan soliq;
ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish uchun soliq;
kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar.

Yüklə 10,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin