Makro farm andijon


AHOLINING MAHALLIY DORILARGA ISHONCHI NEGA PAST?



Yüklə 420,61 Kb.
səhifə5/5
tarix02.06.2023
ölçüsü420,61 Kb.
#122223
1   2   3   4   5
MAKROFARM HISOBOT

AHOLINING MAHALLIY DORILARGA ISHONCHI NEGA PAST?
— Buning sabablari koʻp, — deydi agentlik axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi. — Oʻzbekistonda farmatsevtika hali yosh, endi rivojlanayotgan soha. Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan dori mahsulotlari, asosan, generik, yaʼni qayta ishlab chiqilgan dorilar. Masalaning iqtisodiy jihati ham bor. Ishlab chiqaruvchilar, deylik, Xitoy yoki Hindistondan substansiya — taʼsir qiluvchi moddalar olib keladi, substansiya turli holat va narxda boʻladi. Barcha farmatsevtik talablarga mos kelgani holda sifat jihatidan oʻta tozalangan, tozalangan va kamroq tozalangan turga boʻlinadi. Undan dori tayyorlashda foydalaniladi. Kimyoviy tahlillar boʻyicha u barcha talablarga javob beradi, tarkibida haqiqatan ham taʼsir qiluvchi modda bor. Lekin odam organizmiga kirganidan keyin baʼzisining samaradorligi pastroq boʻladi. Bu — dastlabki sabab. Keyingi sabab esa reklama bilan bogʻliq. Butun dunyoda, jumladan, mamlakatimizda ham dori-darmon savdosi koʻp jihatdan reklamaga bogʻliq. Reklama qancha koʻp qilinsa, dori isteʼmoli shuncha koʻp boʻladi. Rasmiy reklama bilan birga norasmiy, samaradorligi pastroq dori vositalarini targʻib qilish holatlari ham kuzatiladi.
Ammo bu mahalliy dorilarning barchasi samarasiz, degani emas. Yurtimizda sifat nazorati qatʼiy olib boriladi. Yangi dorini roʻyxatga olish jarayonida juda koʻp hujjat talab qilinadi. Uning sifati, dori ishlab chiqarishda qoʻllanayotgan xomashyo, ishlab chiqarish texnologiyasi, klinik tekshiruvlar qanday oʻtgani va natijasi, qaysi turdosh dorilardan afzalligi kabilar oʻrganilib, ijobiy baho olsa, tibbiyotda foydalanishga ruxsat etiladi.
Ayni paytda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon nafaqat ichki ehtiyojni qondirmoqda, balki eksport ham qilinyapti. Oʻtgan yili 50 million dollarlik mahsulot eksport qilingan boʻlsa, joriy yilda eksport hajmi koʻproq boʻlishi kutilmoqda. Eksport qilinadigan mamlakatlar soni yigirmataga yetdi. Bu ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar tayyorlayotgan dorilarning samaradorligidan dalolat beradi.
— Ayni paytda butun dunyoda dori sifatiga eʼtibor kuchaytirilgan. Biz ham shunday talablarni joriy qilyapmiz, — deydi Alisher Temirov. — Bu talab qatʼiyligi oxir-oqibat mahsulotlarimizning sifati va eksport salohiyati oshishiga sabab boʻladi.
Misol uchun, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan bitta dorini Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtkazish uchun u yerdan inspeksiya vakillari kelib korxonadagi shart-sharoit, sifat menejmenti tizimi qanday yoʻlga qoʻyilganini koʻzdan kechiradi. Bu bilan chet davlatdan kelgan mutaxassislar nafaqat bir korxonaga baho beradi, balki mamlakatimizda joriy qilingan sifat tizimi haqida ham xulosa chiqaradi.
— Hozircha dorining nojoʻya taʼsiri monitoringi yuritilmayapti, — deydi Muhabbat Ibrohimova. — Eʼtibor bergan boʻlsangiz, chet el dorisidagi yoʻriqnoma 4-5 varaqdan iborat. MDH davlatlari va bizda ishlab chiqarilgan dorilarda esa kamroq. Agar yoʻriqnomada dorining nojoʻya taʼsiri haqida koʻproq maʼlumot yozilgan boʻlsa, isteʼmolchida qoʻrquv paydo boʻladi. Yevropada esa rivojlangan farmatsevtik firmalar tomonidan dori qancha koʻp oʻrganilgan, barcha maʼlumotlar batafsil yozilganiga qarab unga ishonch koʻproq boʻladi. Agar dorining nojoʻya taʼsiri sezilsa, shifokor, isteʼmolchi va dorixona vakili sogʻliqni saqlash tizimiga yozma ravishda xabar beradi. Tizimning alohida vakolatga ega tuzilmasi bu dorini qoʻllashni davom ettirish yoki umuman toʻxtatish haqida qaror qabul qiladi.
Yevropa mamlakatlari sogʻliqni saqlash vazirliklariga bir yilda taxminan 25-30 ming marta shunday xabar kelib tushar ekan. Dorining samarasizligi haqidagi xabarni kim yozganiga eʼtibor berilmaydi. Dorining nomi va ishlab chiqaruvchiga eʼtibor qaratiladi va bu katta ogohlantirish, deb qabul qilinadi. Samarasiz dorini qoʻllash toʻxtatiladi. Bu ham bir mexanizm. Tasavvur qiling, Yevropa farmatsevtika bozori — sifatli dorilar aylanadigan ishonchli bozor. Shunda ham aholi dorining xususiyatlariga befarq emas. Bizning bozorimizda ham sifatli, samarador va bezarar dori aylanishi uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerak.
Odatda farmatsevtikada asl dori patenti muddati 20-25 yil. Shu davrda hech qaysi boshqa tashkilot shu nom, shu texnologiya va shu tarkib bilan dori chiqarishga haqli emas. Patent muddati tugaganidan soʻng asl preparatning egasi oʻz ishini davom ettirib, bu dori tarkibiga nimadir yangilik kiritadi va u yana keyingi yigirma yilga patent olishi mumkin. Yoki farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida litsenziyasi va dori ishlab chiqarishga xohishi boʻlgan korxonaga bu dorini qayta ishlab chiqarishga ruxsat beradi. Bu generik ishlab chiqarish boʻladi. Oʻzbekistonda 95 foizdan ortiq aylanayotgan dorilar generikdir. Chunki qayta ishlangan dorining narxi arzon. Nima uchun arzon? Asl dori yaratishga juda katta xarajat ketadi. Bu mablagʻ yangi dorining narxiga qoʻshiladi. Generik 20 yildan keyin odamlar oʻrgangan dori boʻladi va narxi tabiiy past boʻladi. Shu sabab generiklar koʻproq isteʼmol qilinadi. Isteʼmol qilinishi ham farmatsevtika bozorida har xil. Masalan, AQSH va Yaponiyada 95 foizdan ortiq asl preparatlar aylanadi. MDH davlatlarida esa koʻproq generik dorilar ustuvor.
Aholining tibbiy madaniyati, yaʼni bu sohadagi xabardorligi, bilimi dori-darmonlardan foydalanish, salomatligini tiklashda katta ahamiyatga ega. Xastalikka chalinganda yoki yaqin kishisiga tibbiyot vositalarini oʻz bilganicha emas, bevosita mutaxassis koʻrigi va tashxisidan soʻng, rasmiy retseptlar orqali dorixonalardan xarid qilish ana shu jarayonning oqilona yoʻli. Xulosa qilib aytganda, farmatsevtika sanoati, dorixonalar va aholi oʻrtasidagi ishonch, oʻzaro tushunish eng katta boylik deb taʼriflangan sogʻligʻimizni asrash va tiklashda katta samara berishi shubhasiz.

«MAKRO FARM ANDIJON»: shpris zavodidan futbol klubigacha bor muvaffaqiyatli korxona


Kun.uz mamlakatda muvaffaqiyatli biznes yuritib kelayotgan korxonalar bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi tanishtiruv Andijondagi 1 200 kishi ishlaydigan «MAKRO FARM ANDIJON» korxonasi haqida.


MAKRO FARM ANDIJON» jamiyati rahbari Jur’atbek Quvvatov korxona faoliyati va rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishtirdi.
Korxonamiz tarixi 2008 yil Toshkent farmasevtika institutini bitirib, Andijonga qaytib dorixona ochganimdan boshlangan. Sekin-sekin dorixonalar sonini ko‘paytirdik. So‘ngra ishlarimiz yurishib, o‘zimizga joylar sotib olganmiz. Shu bilan ish faoliyatimiz boshlangan.
Tadbirkorlar bilan tanishdik. Viloyat hokimligi ma’lumotlar taqdim etdi, birinchi o‘rinda import bo‘lib kelayotgan dori vositalari ro‘yxatini oldik. Qaysi dori vositalari O‘zbekistonga ko‘p import bo‘lib kelyapti, shularni o‘rgandik. Ulardan qaysi birini chiqarsak bo‘ladi, ularning ichidan tanlash imkoniyati bor edi, biz tibbiy buyumlar chiqarishni tanladik. Boshlang‘ich bosqichda ikkilik, beshlik, o‘nlik shprislar, qolaversa, infuzion sistemalar chiqarishni boshladik.
Bilsak, bozor juda katta, Xitoydan juda ko‘p import bo‘lib kelyapti, yetkazib bo‘lmayapti. Bozori naqdligi uchun shu narsani tanlaganmiz.
2017 yilda yurtboshimizning Andijonga bo‘lgan tashriflari chog‘ida shu loyihamiz taqdimotini o‘tkazganmiz. Yurtboshimiz ma’qullab, bu loyihani tezlatish kerakligi haqida topshiriq berganlar.
Hamma korxonalarimizni hisobga olganda, 1 200 nafardan ortiq ishchimiz bor. Lekin boshlanishi kichkina-kichkina narsalardan boshlangan. Shuni aytib o‘tishimiz kerakki, Andijon viloyatida sanoat rivojlanishiga bo‘layotgan e’tibor katta. Juda yaxshi sharoitlar yaratib berishgan. Endi hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, to‘g‘risi, ba’zida o‘zimga ham ertakka o‘xshab ketadi. Mana, 2016 yilda bitta korxonani ochdik, 2018 yilda ikkinchisini ochdik, hozirgi kunga kelib, ulardan tashqari shu sohamiz tibbiyotga bog‘liq bo‘lgani uchun, farmasevtika bo‘lgani uchun, o‘yladik, xususiy tibbiyot muassasalari qurishimiz kerak ekan. Hozirgi kunda uchta tibbiyot muassasasini qurib bitkazib, foydalanishga topshirdik.
Hammasini, koykalar sonini hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, 700 nafar bemorga joylarimiz bor. Kerakli jihozlarimiz, asbob-uskunalarimiz bor. Yaxshi malakali shifokorlarimiz, mutaxassislarimiz va hamshiralarimiz bor. Qolaversa, oziq-ovqat sanoatida o‘zimizning ishlab chiqarishimizni yo‘lga qo‘yganmiz: qandolat seximiz bor, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish seximiz bor.
O‘zbekistondagi tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, har xil turdagi elastik bintlar, korsetlar kabi 23 turdagi tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Farmasevtika sohasida ishlab chiqarayotgan hamma mahsulotlarimiz hozirgi kunda 57 xildan oshdi.
Ishlab chiqarishga kirgandan keyin baraka va foyda katta ekanligini bildik. Qolaversa, birinchi o‘rinda odamlarga foydamiz tegyapti. Qanchadir odam ishlatyapmiz, ular biz orqali oilasini boqyapti. Yangi ish o‘rinlari yaratilyapti.
Hozirgi kunga kelib, umumiy ish yo‘limizda hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, 25 mln AQSh dollariga yaqin qurilish ishlarini amalga oshirdik. Buning orqasidan 1 200 ish o‘rni yaratildi, yangi loyihalarimiz ko‘p», deydi Jur’atbek Quvvatov.
«MAKRO FARM ANDIJON» Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlariga yiliga 2 mln dollarlik shpris eksport qilmoqda. Korxona ayni paytda ILAK degan sertifikatni olish jarayonida turibdi. Mazkur sertifikat mahsulotlarni Yevropa davlatlariga ham sotish imkoniyatini beradi.
«MAKRO FARM ANDIJON» tomonidan bunyod etilgan «Med Siti» sog‘lomlashtirish majmuasida bo‘ldik. Maskan qarovsiz holda yotgan binolar o‘rniga qurilgan bo‘lib, Andijondagi eng ko‘rkam, tibbiy xizmatlari sifatli bo‘lgan sihatgohlardan biridir. Majmuadagi xodimlarning katta qismi xorijda ta’lim olgan malakali mutaxassislardir. Davolanish bir bemor uchun kuniga 200 ming so‘m. Uch mahal ovqat, fizioterapiya muolajalari, basseyn, sauna kabi sharoitlar mavjud. Shu 200 ming so‘mning ichida.
«Majmuamizning qurilishi, jihozlanishi oliy darajada deb o‘ylayman. Bu to‘lanadigan haqqa xalqimiz og‘rinmasdan, xursand bo‘lib kelib, davolanib ketishyapti. Har kuni dolzarb mavzu – joy bormi? To‘g‘risi, telefonni ba’zida o‘chirib qo‘ygimiz keladi shu joy muammosi tufayli. Hozir endi reja qilib turibmiz. Yana bino-inshoot qurib, bemorlar uchun joylar sonini kamida 300 taga olib chiqish rejamizda bor. Qimmat bo‘lmagan narxlarda, albatta», deydi J.Quvvatov.
«MAKRO FARM ANDIJON» hozirda «Andijon» futbol klubining ta’sischisi hisoblanadi. Jur’atbek Quvvatov futbol klubining buguni va ertasi haqida shunday dedi:
«Yillar davomida o‘zimizning futbol jamoamizni tuzishni, uni birinchi ligada o‘ynatishni, keyinchalik Oliy Ligaga olib chiqishni o‘ylardik. Qolaversa, xodimlarimiz ko‘pligi uchun ular o‘rtasida muntazam chempionat o‘tkaziladi. Bu chempionatda 16 jamoa ishtirok etadi. «Andijon» klubining sobiq rahbariyati moliyaviy bankrotlik e’lon qilgach, bizga klubni qabul qilib olish taklifi bildirildi va biz rozi bo‘ldik.
O‘tgan yili avgust oyida klubni qabul qilib olganmiz. To‘g‘ri, hozirgi kunda natijalarni zo‘r deb bo‘lmaydi. Lekin o‘ziga yarasha rejalarimiz bor. Bular bir yil yoki ikki yilda o‘z mevasini ko‘rsatadigan rejalar emas. Chunki biz bunga hali tayyor bo‘lmagandik. Kerakli jamoani tuzyapmiz. Muxlislarga ham va’da berganmiz, uch yilda boshqacha «Andijon»ni ko‘ramiz. Uni ko‘rish uchun o‘ziga yarasha chig‘iriqlardan o‘tish kerak ekan. Akademiyamiz bo‘lishi kerak, infratuzilmamiz yaxshi bo‘lishi lozim. Sekin-sekin bu o‘zining natijasini beradi, degan umiddaman».
«MAKRO FARM ANDIJON» rahbari asosiy maqsadi jamiyatni gigant korxonaga aylantirish ekanini aytdi.
«Maqsadimiz xodimlarimiz sonini ko‘paytirish, «MAKRO FARM ANDIJON» oilasini yanada kengaytirish. Oilamiz kengaysa, korxonamiz barqaror bo‘lsa, xodimlar yaxshi-yaxshi oylik oladi, yaxshi oylik olsa, uyida tinchlik bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekistonimiz rivojlanishiga o‘zimizning qo‘limizdan kelgancha hissamizni qo‘shishni xohlaymiz», deydi.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytamanki, farmasevtika O’zbekistonning, balki jahonning eng dolzarb rivojlangan sohalaridan biridir. Ushbu amaliyot jarayonida “Makrofarm Andijon” faoliyati bilan tanishdim va faoliyatini tubdan o’rgandim. “Makrofarm Andijon” MCHJ kelgusida yuksak marralarni zabt etishiga ishonaman.

ADABIYOTLAR

https://kun.uz/news/2021/08/23/makro-farm-andijon-shprits-zavodidan-futbol-klubigacha-bor-muvaffaqiyatli-korxona


https://yuz.uz/uz/news/farmatsevtika-avval-va-hozir
Yüklə 420,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin