O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Insituti
MAKRO VA MIKRO IQTISODIYOT FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi.
Salbiy tashqi ta’sirlar.
Bajardi:
Qabul qildi:
Qarshi– 2021
Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi. Salbiy tashqi ta’sirlar
Ushbu bo`limda biz tashqi ta’sirlar iqtisodiy farovonlikka qanday ta’sir
ko`rsatishini o`rganish uchun farovonlik iqtisodiyoti usullaridan foydalanamiz. Bu
tahlil nima uchun tashqi ta’sirlar bozorlarni resurslarni samarasiz taqsimlashiga
olib kelishini aniq ko`rsatadi. Bobning oxirida, biz bu turdagi bozor
muvaffaqiyatsizliklarini shaxslar va jamiyat siyosatchilari bartaraf qiladigan turli
yo`llarni ko`rib chiqamiz.
Biz 7-bobdan farovonlik iqtisodiyoti asosiy darslarini eslashdan boshlaymiz.
Tahlilimizni aniq qilish uchun biz ma’lum bozor – alyuminiy bozorini ko`rib
chiqamiz. 1-rasm alyuminiy bozori talab va taklif chizig`ini ko`rsatadi.
Agar eslasangiz, talab va taklif chizig`i harajatlar va daromadlar haqida
muhim ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Alyuminiy uchun talab chizig`i
iste'molchilar to`lashga tayyor narxlarda o`lchanadigan alyuminiy miqdorini aks
ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, talab chizig`i balandligi chekli xaridor
to`lashga tayyor bo`lgan narxni ko`rsatadi. Boshqa so`z bilan aytganda, u
iste'molchiga oxirgi sotib olingan alyuminiy birligining narxini ko`rsatadi. Xuddi
shunday, taklif chizig`i alyuminiy ishlab chiqarish harajatlarini aks ettiradi. Har
qanday berilgan miqdorda, taklif chizig`i balandligi chekli sotuvchi harajatlarni ko`rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqaruvchi uchun oxirgi sotilgan
alyuminiy birligining harajatlarini ko`rsatadi.
Hukumat aralashuvi bo`lmasa, narx alyuminiy uchun taklif va talab
muvozanatini to`g`irlaydi. Ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan alyuminiyning
bozordagi miqdori 1-rasmdagi Qbozor sifatida ko`rsatilgan bozor muvozanatida u
ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning umumiy ortiqchaligini maksimallashtirishi
ma’nosida samaralidir. Bu shuni anglatadiki, bozor resurslarni shunday
taqsimlaydiki, alyuminiyning iste'molchilar ushun umumiy qiymatidan ishlab
chiqaruvchilar sotadigan alyuminiyning umumiy harajatlari ayrilgani (qiymat –
harajat) maksimal darajaga yetadi.
Dostları ilə paylaş: |