Makroiqtisodiy statistika sotsial salohiyat (resurslar)ni o’rganishni aholi sonini o’rganishdan boshlaydi. Aholi sonini aniqlash manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi



Yüklə 19,92 Kb.
səhifə9/9
tarix02.01.2022
ölçüsü19,92 Kb.
#41814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
statistika

Aholi harakati ko’rsatkichlari

Aholi harakati ko’rsatkichlarini Toshkent shahri misolida ko’rib chiqamiz:

Aholi harakati ko’rsatkichlarini Toshkent shahri misolida ko’rib chiqamiz:

1. Tug’ilish koeffitsiyenti:

Buning uchun bizga 2018 yilda tug’ilganlar soni - 45548 va aholining 2018 yil uchun o’rtacha soni ko’rsatkichlari zarur bo’ladi.

Ā(2018) = (2 464 900 + 2 509 900)/2 =

= 4 974 800/2 = 2 487 400

Kt = (45 548 * 1 000)/2 487 400 = 18,3

Javob: 2018 yilda Toshkent shahrida tug’ilish koeffitsiyenti 18,3 ‰ ga teng.

2. O’lish koeffitsiyenti:

2. O’lish koeffitsiyenti:

Ko’ = (15 745 * 1 000)/2 487 400 = 6,3

3. Mutloq tabiiy o’zgarish:

∆TK = T – O’ = 45 548 – 15 745 = 29 803

4. Tabiiy o’zgarishi koeffitsiyenti:

Kto’ = 18,3 – 6,3 = 12 yoki

Kto’ = ((45 548 – 15 745) * 1 000) / 2 487 400 =

= 29 803 000 / 2 487 400 = 12

Izoh: Toshkent shahri aholisi to’g’risida ma’lumotlar www.stat.uz saytidan olingan.

MEXANIK HARAKAT KO’RSATKICHLARI

1. Kelganlar koeffitsiyenti:

KKel = (25 473 * 1 000)/2 487 400 = 10,2

2. Ketganlar koeffitsiyenti:

KKet = (10 240 * 1 000)/2 487 400 = 4,1

3. Mutloq mexanik o’zgarishi:

∆MO’ = 25 473 – 10 240 = 15 233

4. Mexanik o’zgarishi koeffitsiyenti:

Kmo’ = (15 233 * 1000)/2 487 400 = 6,1

Kmo’ = 10,2 – 4,1 = 6,1

Xulosa

Aholi statistikasiga doir hisob-kitoblar yordamida biz har yili butun mamlakatdagi va ayrim viloyat, tuman hamda shahar va qishloq aholisining umumiy soni, undagi o’zgarishlar kabi axborotlarni hosil qilamiz. Makroiqtisodiy tahlil ko’rsatkichlarida aholi soni, undagi o’zgarishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi statistikasida aholi harakat ko’rsatkichlari 2 turga: tabiiy harakat ko’rsatkichlari hamda mexanik harakat ko’rsatkichlariga bo’linar ekan. Ushbu ko’rsatkichlarni Toshkent shahri aholisining 2018 yildagi holati misolida ko’rib chiqdim va ma’lum qiymatlar hosil bo’ldi, ya’ni Toshkent shahrida shahar aholisining umumiy soni – 2 509 936 kishiga, 2014-2018 yillar uchun aholining jami yillar bo’yicha o’rtacha soni 2 399 125 kishiga, tug’ilish koeffitsiyenti 18,3 ‰ , O’lish koeffitsiyenti 6,3‰, Tabiiy o’zgarishi koeffitsiyenti 12‰, Mutloq tabiiy o’zgarish 29803 taga, Kelganlar koeffitsiyenti 10,2‰, Ketganlar koeffitsiyenti 4,1‰, Mexanik o’zgarishi koeffitsiyenti 6,1‰, Mutloq mexanik o’zgarishi 15233 taga teng ekanligi ma’lum bo’ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


  • X.Shodiyev, Y.Abdullayev, Z.Toshmatov, M.Xamroyev, X.Xo’jaqulov, T.Boltayev, R.Urunov “Statistika” darslik, Toshkent moliya instituti 2004

  • www.stat.uz

Yüklə 19,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin