moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol taʼsir koʻrsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning oʻsishini taʼminlash, moliya-kredit vositalarining xoʻjalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustivor yoʻnalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan yaxlit xalq xoʻjaligi dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish;
rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli meʼyorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning oʻzini oʻzi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qoʻshib olib borish asosida moliya, sugʻurta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish;
moliya va narx mexanizmining aksil xarajat yoʻnalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish tomon yoʻnaltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni koʻpaytirish;
sugʻurta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sugʻurta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish.
Vazirlik huzuridagi tashkilotlar:
Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi
Respublika yoʻl jamgʻarmasi
Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi
Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi
Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi