1-2-3-jadval.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarda budjet siyosati” departamenti. Vazifalari va tuzilmasi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarida budjet siyosati – aholining zaif qatlamlari, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasbhunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik ko‘mak zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar va dasturlarni amalga oshirish va doimi ravishda tizimga islohatlarni amalga oshirish majmuasidir.
Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarida budjet siyosati Departamenti (keyingi o‘rinlarda - Departament) Moliya vazirligi markaziy appparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Departament, Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini rivojlantirish va moliyaviy ta’minlash bo‘limi va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish va takomillashtirish bo‘limidan tashkil topgan.
Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Moliya vazirigining buyruqlari va yo‘riqnomalariga amal qiladi.
Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishda Moliya vazirligining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, o‘ziga topshirilgan (yuklangan) va mutasaddilik qilinadigan tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.