19.5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri
Real valyuta kurslari jamg’arma va sarmoyalar o’rtasidagi farqni
ko’rsatuvchi vertikal to’g’ri chiziq va sof eksport miqdorini ko’rsatuvchi, o’ngdan
pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (16.1.-chizma).
Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko’rsatilgan milliy valyuta taklifi,
xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur
bo’ladigan milliy valyuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valyuta
kursi kapital bilan bo’ladigan operasiyalar bo’yicha milliy valyuta taklifini joriy
operasiyalar uchun unga bo’lgan talabni tenglashtiradi.
Davlat xarajatlarining oshishi (yoki soliqlarning kamayishi) milliy
jamg’armalarni kamaytiradi va (S-I) egri chiziq chapga suriladi (16.2.-chizma). Bu
siljishlar xorijiy investisiyalar uchun milliy valyuta taklifining kamayishini
ko’rsatadi.
E
S-I