Taklifinflyasiyasibu,
mamlakatiqtisodiyotidatovarvaxizmatlartaklifiningkamayishinatijasidatovarvaxizm
atlarbaholariningoshishidanpaydobo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa
ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab
chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining
asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi.
Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida
ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyasiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining
buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab
chiqarish omillari bahosining keskin ko’payishidan kelib chiqadi.
Inflyasiyanirealdaromadlardarajasigata’siriukutilayotganyokikutilmayotgani
gahambog’liq.