«makroiqtisodiyoT» Fanidan yakuniy nazorat savollari



Yüklə 231,94 Kb.
səhifə1/8
tarix23.02.2023
ölçüsü231,94 Kb.
#85274
  1   2   3   4   5   6   7   8
МАКРОИҚТИСОДИЁТ


«MAKROIQTISODIYoT» FaniDAN yakuniy nazorat SAVOLLARI

1.Makroiqtisodiyot fanining predmeti va tahlil uslublarini izohlab bering.


1. Fanning predmeti
Makroiqtisodiyot - bu mamlakat iqtisodiyotini bir butun tizim sifatida o‘rganadigan fandir. U mamlakatdagi makroiqtisodiy muammolarni, jumladan, ishlab chiqarishning sikllik tebranish sabablarini, inflyatsiya bilan bandlikning bog‘liqligini, iqtisodiy o‘sish dinamikasining nimalarga bog‘liqligini o‘rganadi.
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish,
analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy
matematik modellashtirish usullari kiradi. .
Istalgan muammo yoki iqtisodiy sektorni o‘rganar ekanlar iqtisodchilar induktiv uslubdan foydalanadilar, ya’ni, ular ma’lumotlar, dalillarni tahlillaydilar, tartibga soladilar va umumlashtiradilar. Aksincha, deduktiv uslub avval taxmin (gipoteza)ning ilgari surilishi va uning dallillar bilan taqqoslanishini anglatadi.
Ushbu uslublar yordamida olingan umumlashtirishni faqat iqtisodiy hatti-harakatni tushuntirish uchungina emas, iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish uchun ham foydalidir.
2.Makroiqtisodiyot fanining boshqa noiqtisodiy fanlar bilan aloqadorligini tushuntirib bering.
"Makroiqtisodiyot" fani faqatgina iqtisodiy fanlar bilan emas, balki umumta’lim, ijtimoiy, siyosiy, texnologik va boshqa fanlar, ayniqsa ayrim tarmoqlar iqtisodiyotiga bog‘liq bo‘lgan fanlar bilan doimiy aloqada bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot iqtisodiyotni bir butun o‘rganadi. Bunda ayrim birliklariga ahamiyat berilmasdan, bir butun o‘rganishga qaratilgan.
3.YaIMni hisoblashning asosiy shartlarini tushuntirib bering.
Yalpi ichki mahsulot - mamlakat hududida ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan iborat.
YaIM uch xil usul bilan hioblanadi:
1) ishlab chiqarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistic xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YaIM ko‘rsatkichni hisoblashda o‘ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning asosiy shartlari quyidagilar:
-yakuniy tovarlar va xizmatlar bahosini ifodalaydi;
-bozor baholarida hisoblanadi;
-faqat joriy yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar bahosini o’z ichiga oladi;
-sof moliyaviy bitimlar bahosini o’z ichiga olmaydi.

Yüklə 231,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin