1-MAVZU. MAKROIQTISODIYOT FANINIG PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Tahlilga xorijiy sektorni qo’shilishi ochiq iqtisodiyotni olishga imkon beradi.
Bozorlarni umumlashtirish ularning xar birini amal qilish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida, aynan esa xar bir bozorda talab va taklif hamda uning muvozanat shartlarini shakllanish xususiyatlarini tadqiq qilish; talab va taklif nisbati asosida muvozanatli narx va muvozanatli miqdorni aniqlash; xar bir bozorda muvozanatni o’zgarish oqibatlarini tahlili uchun amalga oshiriladi
Bozorlarni umumlashtirish to’rtta makroiqtisodiy bozorni ajratish imkonini beradi:
tovar va xizmatlar bozori (haqiqiy bozor),
1) tovar va xizmatlarning umumlashtirilgan bozorini (goodsmarket) olish uchun biz iqtisodiyot tomonidan ishlab chiqariladigan turli-tuman tovarlardan abstraktlashimiz va bu bozor amal qilishining eng muhim qonuniyatlarini, ya’ni tovar va xizmatlarga talab va taklifni shakllanish qonuniyatlarini ajratishimiz lozim. Talab va taklifning nisbati tovar va xizmatlarning muvozanatli narx darajasi miqdorini hamda ularni ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini olish imkoniyatini beradi. Tovar va xizmatlar bozorini shuningdek haqiqiy bozor deb ham yuritiladi (realmarket), chunki u erda haqiqiy aktivlar (haqiqiy qimmatliklar) sotiladi va sotib olinadi.
2) Moliya bozori (qarz mablag’lari bozori) (financial assets market) – bu moliyaviy aktivlar (pullar, aksiyalar va obligatsiyalar)sotiladigan va sotib olinadigan bozordir. Bu bozor ikkiqismga bo’linadi:
a) pul bozori (money market) yoki pul ko’rinishidagi moliyaviy aktivlar bozori;
b) qimmatli qog’ozlar bozori (bonds market) yoki pul ko’rinishida bo’lmagan moliyaviy aktivlar bozori. Pul bozorida olish va sotish jarayonlari yuz bermaydi (pulni pulga sotib olish ma’nosizdir), biroq pul bozori amal qilishi, pulga bo’lgan talab hamda taklifni shakllanishi qonuniyatlarini tadqiq qilish makroiqtisodiy tahlil uchun juda muhimdir. Pul bozorini, uning muvozanat shartlarini o’rganish «pul narxi» (kredit narxi) sifatida qatnashuvchi muvozanatli foiz stavkasini va pul massasining muvozanatli miqdorini olish, shuningdek pul bozorida muvozanatni o’zgarish oqibatlari va uni tovar hamda xizmatlar bozoriga ta’sirini ko’rib chiqish imkoniyatini beradi. Pul bozorida asosiy vositachilar bo’lib pul omonatlarini qabul qiluvchi va kreditlar beruvchi banklar hisoblanadilar. Qimmatli qog’ozlar bozorida aktsiyalar va obligatsiyalar sotiladi hamda sotib olinadi. Qimmatli qog’ozlarning xaridorlari bo’lib, birinchi navbatda o’z jamg’armalarini daromad olish (aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar bo’yicha foizlar) maqsadida sarflovchi uy xo’jaliklari hisoblanadilar. Aktsiyalarni sotuvchilari (emitentlari) sifatida firmalar, obligatsiyalarni sotuvchilari sifatida firmalar va davlat qatnashadilar. Firmalar o’z investitsion xarajatlarini moliyalashtirish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun mablag’lar olish maqsadida aktsiya va obligatsiyalarni chiqaradilar, davlat esa davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun obligatsiyalar chiqaradi.
3)Makroiqtisodiy modellarda resurslar bozori mehnat bozori bilan ifoda etilgan, chunki uning amal qilish (mehnatga talab va mehnat taklifini shakllanishi) qonuniyatlari makroiqtisodiy jarayonlarni, ayniqsa qisqa muddatli davrda tushuntirish imkoniyatini beradi. Mehnat bozorini o’rganishda biz turli mehnat ko’rinishlaridan, malaka va mutaxassis tayyorlash darajasidagi farqlardan abstraktlashimiz lozim. Uzoq muddatli makroiqtisodiy modellarda shuningdek kapital bozori ham tadqiq qilinadi. Mehnat bozori muvozanati iqtisodiyotda muozanatli mehnat miqdorini va muvozanatli «mehnat narxi» - ish haqi stavkasini aniqlash imkoniyatini beradi. Mehnat bozorida muvozanat bo’lmagan holat tahlili ishsizlik sabablari va shakllarini aniqlashga imkon beradi.
4) Valyuta bozori (foreign exchange market) – bu turli mamlakatlar milliy pul birliklari (valyutalar) bir biri bilan ayirboshlanadigan (dollarni ienaga, evroni funtga va shu kabi) bozor. Bir milliy valyutani boshqasiga ayirboshlash natijasida ayirboshlash (valyuta)kursi (exchange rate).shakllanadi.