Makroiqtisodiyot



Yüklə 26,45 Kb.
səhifə3/5
tarix23.06.2023
ölçüsü26,45 Kb.
#134655
1   2   3   4   5
Makroiqtisodiyot 12

NEOKEYSNSCHA MODELLARI
Reja:
14.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi.
14.2. Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari
14.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli
14.4. Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli
14.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi.
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial
ishlab chiqa-rish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini
anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish yalpi taklifning o‘sishini yoki boshqacha
aytganimizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi.
Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish
tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish
muammosiga echim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish
hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi,
shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini
ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan
o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan
o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy
imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda joriy yildagi real YaIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1)
(asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi aniqlanadi:
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
real YaIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va
yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi
resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning
moddiylashishini anglatadi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida etarlicha
muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi
investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish
imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga,
ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangiyangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan,
xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.

Yüklə 26,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin