23
Yukni ko„tarish va o„z issiqlik manbaini sovitishdan boshqa biror ish
bajarmaydigan hamda muayyan davriylikka asoslanib ishlaydigan mashinani
yasashning iloji yo„q
.
.
Termodinamikaning birinchi bosh qonunidan ko„p o„tmay, uning ikkinchi
bosh qonuni ham shakllantirildi. Ikkinchi bosh qonun turli olimlar tilida turlicha
talqin qilinsa-da, lekin bu talqinlarning barchasi yagona mohiyatni iddao etardi.
Bizningcha, Klauziusning ta‟rifi kundalik amaliy tajribaga ko„proq mos keladi:
«
Yagona natijasi sovuqroq jismdan issiqroq jismga issiqlik miqdori tashishdan iborat
bo„lgan jarayon mavjud emas
». Boshqacha, oddiyroq aytganda esa, issiqlik faqatgina
harorati balandroq jismdan harorati pastroq jismga o„tadi xolos. Hech qachon
aksincha bo„lmaydi.
Ba‟zan, olingan barcha iq miqdorini to„laligicha ishga aylantira oladigan
hayoliy dvigatelni ikkinchi tur abadiy dvigatel deyiladi. Plank ta‟rifiga ko„ra, bunday
dvigatelni yasash inkonsizdir. Biroq, agar biz internetga nazar tashlaydigan bo„lsak,
o„zining termodinamika qonunlariga zid bo„lgan shunday abadiy dvigatel yasay
bilishini aytib jar solayotgan yuzlab odamlarni topamiz. Ulardan ayrimlari hatto
shunday abadiy dvigatellarni sotuvga ham chiqarishgan! Plank va Klauzius
ta‟riflarining shaklan va mazmunan turlichaligiga qaramay, termodinamika bo„yicha
istalgan boshlang„ich qo„llanmalar matnida ham, shunga o„xshash ekvivalent, o„zaro
muvofiq mohiyatli misralarni topish mumkin.
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni bilan, Klauzius tominidan fanga
kiritilgan
entropiya
tushunchasi uzviy bog„liqdir. Olim ushbu atama uchun, yunoncha
έντροπία, ya'ni, «almashinish» ma‟nosidagi so„zdan foydalandi. Entropiyani belgilash
uchun fanda odatda
S
belgisidan foydalaniladi. Entropiya – gap bitta jism haqidami,
yoki, bir necha jismlarning o„zaro ta‟siridan iborat sistema haqidami, bundan qat‟iy
nazar, barcha makroskopik fizik sistemalarga taaluqli bo„lgan xossadir. Biz biror
Dostları ilə paylaş: