Fon LAUE VA RENTGEN NURLARI DIFRAKSUYASI
Rentgen nurlarining kristall panjaralardagi atomlararo masofaga nisbatan juda qisqa
to„lqin uzunligiga ega ekanidan kelib chiqib, Maks fon Laue, bunday kristall
panjarada nurlar difraksiyalanishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Kristall
panjaradagi atomlararo masofa taxminan 1.2 nanometrni tashkil etadi. (Nanometr –
metrning milliarddan bir qismi, ya'ni, 10
−9
m belgisi
nm
). Fon Laue xuddi ko„rinadigan nurlarning difraksion
panjarada difraksiyalanishi singari, rentgen nurlari ham
trkiban kristall panjaraga ega bo„lgan qattiq moddalarda
difraksiyaga uchrashini ilmiy bashorat qilgan edi. Bu
hodisa amalda kashf qilinib, fon Laue farazi haq ekani
isbotlangach, undan muhim ilmiy-amaliy maqsadlar
yo„lida foydalanish mumkinligi oydinlashdi. Chunonchi
rentgen
nurlarining
difraksiyalanishi,
kristall
panjaralarning strukturasini aniqlashda juda qo„l keldi.
Xususan bu usuldan murakkab makromolekulalar
strukturasining fazoviy modelini hosil qilishda beqiyos
vosita o„laroq, kimyogar mutaxassislarning dastyoriga
aylangan. Bu boradagi amalga oshirilgan eng katta
ilmiy kashfiyot esa, DNK molekulalarining qo„shaloq spirali strukturasini rentgen
nurlari difraksiyasi orqali aniqlanishi bo„lgan. Bunday strukturani, Rozalinda Franklin
natijalari asosida Uotson va Krik aniqlashgan.
Maks Plankning 1901 yilda «Fizika solnomalari» jurnalida nashr qilingan va
tarixda kvant nazariyasi haqida ilk ma‟lumotlarni bayon qiluvchi maqolasi, ilmiy
jamoatchilik orasida kutilgan aks-sadoni bermadi. Birinchidan, olimlar ichida mazkur
olasmshumul ilmiy kashfiyotning mohiyatini tushunadiganlar ham sanoqli edi;
ikkinchidan esa, rentgen nurlarining va radiokativlikning kashf etilishi sinagri buyuk
fizik kashfiyotlar zamonasida, Plankning ishlari soyada qolib ketishi, ikkinchi
darajaga o„tib qolishi tabiiydek tuyuladi. Keyingi yillarda Plankning zamondoshlari
tomonidan uning ishlariga nisbatan ikki xil qarash shakllandi. Bir tarafdan, masalan
Jeyms Jins (1877-1946), Erenfest va Lorents, Maks Plankni tanqid ostiga olishdi va
uning qora jism nurlanishi borasidagi tasdiq va mulohazalari mavjud postulatlar
doirasida asoslanmaganini ta‟kidlashdi. Ularning fikricha, kvant nazariyasi, o„sha
davr fizikasi uchun begona element o„laroq gavdalangandi. Ikkinchi tarafda esa,
Plankning kvant nazariyasini va undan kelib chiquvchi xulosalarni, fizikadagi
69
ko„ndalang turgan qator muammolarga tadbiq etish orqali, mavjud masalalarni hal
etishda muvaffaqiyatga erishish mumkinligini ta‟kidlovchi, ya'ni, xayrixoh olimlar
bo„lib, ular orasidan xususan Albert Eynshteynni alohida ajratib ko„rsatish joizdir.
Lekin nima bo„lganda ham, Maks Plank va uning kvant nazariyasi endilikda fizika
uchun yangi istiqbollar va tadqiqot yo„nalishlarini ochib bergan edi. vaqt o„tishi bilan
esa kvant nazariyasi zamona fizikasining konseptual mohiyatini butunlay o„zgartirib
yubordi...
70
Kvant nazariyasi haqidagi qarashlar shakllana boshlaganidan o„n yilcha
muddat o„tib, yosh fizik Albert Eynshteyn, Maks Plankning natijalarini
umumlashtirdi va yorug„lik kvantining mavjudligi haqidagi nazariyani taklif
etdi. Ushbu kashfiyot, hamda, Bor, Geyzenberg, va Shryodingerning qo„shgan
xissalari, kvant nazariyasi imoratining barpo etilishida mustahkam poydevor
bo„lib xizmat qildi va ko„z oldimizda, Koinotning mumtoz fizika chegarasidan
naridagi manzarasini namoyon qilib beruvchi
maftunkor ilmiy vositaga aylandi.
71
Daun sindromiga chalingan va Amsterdamdagi kasalxonalardan birida
davolanayotgan o„g„li Vasiliyni xabar olish uchun Pol Erenfest, 1933 yil 25-sentyabr
kuni oqshomda, uning huzuriga keladi. U o„g„lini yaqin oradagi hiyobonda sayr qilish
uchun olib chiqadi. Ko„zdan panaroq joyga borgach, cho„ntagidan revolverini
chiqaradi va avval o„g„lini otib tashlab, keyin o„zini ham o„zi otib o„ldiradi. Ushbu
dahshatli voqeada, daunga chalingan bechora bola ko„zidan ayriladi, lekin umridan
bor ekan, o„q yegach ham tirik qoladi...
Erenfest bilan Albert Eynshteyn qalin do„st bo„lishgan. Uning kuchli
zo„riqishlar tobida tobora tushkunlashib borayotgan ruhiy holatidan havotir bo„lgan
Eynshteyn, bir yilcha avvalroq Leyden universiteti ma‟muriyatiga xat yozib,
do„stining chuqur ruhiy tushkunlikda ekani va boshiga mushkulot tushgani haqida
ogohlantirgan edi...
Pol Erenfest XX asr dastlabki choragi Yevropa nazariy fizikasining eng
nomdor vakillaridan edi. U muhim nazariy naztijalarni tanqidiy ko„z bilan tekshirib
chiqar, ularning nuqsonlari, paradokslari va kamchiliklarini ko„rsatib, asoslanmagan
farazlarni inkor etishdan cho„chimaydigan keskin taniqdchi bo„lgan. Boltsmanning
shogirdi bo„lgan Erenfest, o„z davri uchun statik mexanika sohasining eng yetuk
olimi bo„lib yetishdi. U Leyden universiteti nazariy fizika kafedrasida ishlab,
Lorentsning izdoshiga aylandi va elketron nazariyasi borasida ham eng kuchli
mutaxassislardan biriga aylandi. Erenfest o„zu yashagan davrda bajarilgan barcha
buyuk fizik kashfiyotlarning ochilishida, tekshirilishida va tasdiqlanishida u, yoki bu
darajada ishtirok etgan, eng kamida guvohlik beruvchi bo„lgan olimdir. Yevropaning
deyarli barcha ilg„or olimlari bilan shaxsan tanish bo„lgan Erenfest, ularning ilmiy
ishlarining ham eng asosiy tanqidchisi bo„lgan. U amalga oshgan kashfiyotlar
borasida ularning mualliflari bilan ochiq munozaralarga kirishar va bu orqali ularga
xatoliklarini ko„rsatib berar edi. Biroq uning o„zi, fizika fani uchun aytarli darajadagi,
arzigulik biror kashfiyot qilgan emas. Bu holat esa unga, o„zining ilmiy salohiyati
borasidagi shaxsiy fikrini juda past tutishiga sabab bo„lgan va o„ziga nisbatan
hurmatini kamaytirib yuborgan. Chunonchi u, kvant fizikasining taraqqiyoti
yo„nalishini kuzatib borish uchun o„z aqliy salohiyati yetmasligini aytar edi. Uning
ayanchli o„limidan keyin Eynshteyn shunday yozgan edi:
«
Uning fojeasi shunda ediki... o„ziga nisbatan ishonchi haddan ziyod, kasallik
darajasida past edi. Unda tanqid qilish qobiliyati, xolis baholay olish
hislatidan doim ustunroq turardi. Tanqidchilik shijoati unda paydo bo„lgan
aqliy ijod va ilm mahsullarini ham kurtak yozmasidanoq o„ldirardi
».
Erenfestning baxtsizligi shunda ediki, u o„zini qurshab turgan fizik ollimlar
jamoatchiligining qay darajada ulkan salohiyat egalari ekanini anglab yetmas edi.
qanday qilib odam, Eynshteyn, Puankare, Lorents va Plank kabi insonlar davrasida
bo„la turib, na ularning va na o„zining ilmiga ishonmasligi mumkin?
|