Tajriba qurilmasi. Tajriba qurilmasini 2.1-rasmga asosan yigʻing. Dastlab yoʻrugʻlik toʻsilishi sezuvchi
datchikli ramka oʻrnatiladigan poʻlat ustunlarni yigʻing. Keyin Maksvel diskli sterjenni shunday
oʻrnatingki, disk oʻqi ikki uchi bir sathda boʻlsin. Tajribani boshlashdan oldin diskni pastga va
yuqoriga bir necha marta harakatlantirsangiz yaxshi natijaga erishasiz.
Ulash kalitini boshaqarish blokiga ulang. Shkalali oʻlchagichni U-simon tutgichga
oʻrnating. Shkala koʻrsatkichi yuqoridan disk oʻqining eng yuqori holatiga toʻgʻrilangan boʻlsin.
Bunday holati tajriba davomida oʻzgarmasligi kerak. Eng quyi koʻrsatkichi esa yorugʻlik nurini
toʻsish nuqtasi oʻrni bilan barobar boʻlsin.
Tajribaning oʻtkazish tartibi: Tajribada disk boshlangʻich holatdan yorugʻlik datchigigacha boʻlgan masofani oʻtguncha
ketgan vaqt t oʻlchanadi va s masofa oʻtgandagi disk tezligi aniqlanadi.
Masofa 15 sm dan 55 sm gacha boʻlib 5 sm oralatib oʻzgartirib boriladi.
a) Boshlangʻich holatdan yoʻrugʻlik datchigigacha boʻlgan s masofada t harakat vaqtini
oʻlchash
- Klavishli kalitni sanagichning E portiga ulang. Yorugʻlik datchigini F portga ualang.
-
𝑡
E →
𝐹
rejimini tanlang - Diskni yuqori nuqtasiga kalit tugmasini bosguncha koʻtaring (2.2-
rasm).
- START tugmasini bosing.
- Diskni qoʻyib yuboring (sanagich hisoblashni boshlaydi).
- Disk yorugʻlik datchigidan oʻtishi bilan oʻlchash toʻxtaydi.
- t tushish vaqtini yozib oling.
2.1-rasm: Maksvel disklari yordamida 2.2-rasm: Diskning boshlangʻich holati.
energiya saqlanishi qonunini tekshirish
uchun moʻljallangan tajriba qurilmasi.
b) Yorugʻlik datchigi yaqinidagi
𝜗
tezlikni aniqlash
- Yorugʻlik datchigini elektron sanagichning E portiga ulang
- t
E
rejimini tanlang
- Diskni yuqqori nuqtasiga kalit tugmasini bosguncha koʻtaring (2.1-rasm).
- Start tugmasini bosing.
- Diskni qoʻyib yuboring (sanagich hali hisoblashni boshlamaydi) Disk yorugʻlik
datchigidan oʻtishi davomida oʻlchash amalga oshiriladi.
- ∆
𝑡
vaqtini yozib oling.
-
𝜗
tezlik qiymatini quyidagi ifodadan aniqlang.
𝜗 =
𝑑
∆𝑡
(2.6)
shpindel diametri d = 6 mm.