MAKTAB O’QUVCHILARINING INDIVIDUAL- PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARINI O’RGANISHNING AHAMIYATI
Nuriddinova Nazira Madaminovna
Namangan viloyati Chortoq tumani
9-sonli umumta’lim maktabi
Abduraxmanova Muxtasarxon Fazlitdin qizi
Xakimova Maftuna Yoqubjon qizi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya: O’quv jarayonini o’quvchi shaxsining yosh, psixologik va
indididual xolatlarini inobatga olgan holda tashkil etish, ’quvchining psixologik
xolatini yaxshilash va darsga nisbatan munosabatini muvofiqlashtirish kabi
ko’nikmalarni tashkil etishda psixologiyaning ahamiyati yuqori baholanadi. Usbu
maqolada maktab o’quvchilarining individual-psixologik xususiyatlari haqida bayon
etiladi.
Kalit so’zlar: ekzopsixil, endopsixik, individual-psixologik xususiyat, reflektor,
temperament, xarakter, emotsiyalar, motivatsion doiralar.
THE IMPORTANCE OF STUDYING THE INDIVIDUAL PSYCHOLOGICAL
CHARACTERISTICS OF SCHOOLCHILDREN
Nuriddinova Nazira Madaminovna
Namangan region Chartak district
Secondary School №9
Abdurahmanova Mukhtasarkhon Fazlitdin qizi
Khakimova Maftuna Yaqubjon qizi
Namangan Institute of Engineering and Technology
Abstract: The importance of psychology in organizing skills such as organizing
the learning process taking into account the age, psychological and individual
circumstances of the student, improving the psychological state of the student and
coordinating his attitude to the lesson is highly valued. This article describes the
individual psychological characteristics of schoolchildren.
Keywords: exopsychic, endopsychic, individual-psychological feature, reflex,
temperament, character, emotions, motivational circles.
Inson shaxsi taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillarni o’zaro nisbati
muammolari psixologiyada munozarali va murakkab masalalardan biri hisoblanadi.
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
508
www.openscience.uz
Shaxsning barcha psixik ko’rinishlari uning hayoti davomida shakllanib boradi.
Insonning individual–psixologik hususiyatlari deyilganda qobiliyatlar, temperament,
xarakter, emotsiyalar, motivatsion doiralar tushuniladi. Bu psixologik hususiyatlar
ajralmas tarzda mavjud bo’lib o’zaro bog’liq, shartlangan, inson faoliyatida bir–biriga
birikib ketadi. Kishilarning individual hususiyatlarini hisobga olgan xolda va ular
haqidagi bilimlar amaliy hayotda qo’llanilishi katta ahamiyatga ega bo’lib, ijtimoiy
faoliyat va qobiliyatlarni to’liq rivoj topishida muhim rol o’ynaydi.Tarixiy jarayonning
ayni bir vaqtda ham mahsuli, ham sub’ekti bo’lgan inson Shaxsi ijtimoiy tuzilishi bilan
yonma–yon joylashayotgan va teng huquqga ega bo’lgan biologik to’zilishni saqlab
qola olmaydi. Individ rivojlanishining tabiiy sharoitlari, uning jismoniy tuzilishi nerv
va ichki sekretsiya bezlari sistemasi, jismoniy tuzilishidagi afzalliklari va nuqsonlari
uning individual–psixologik hususiyatlari shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Lekin
biologik omillar kishi Shaxsining tarkibiga singib ijtimoiy omilga aylanib qoladi va
keyinchalik ijtimoiy shaklda mavjud bo’ladi. Shaxs shakllanishida uning ijtimoiy va
tabiiy xislatlari birlikni tashkil etadi va Shaxsning mustaqil kichik tuzilishi sifatida bir–
biriga o’zidan o’zi qarshi qo’yilmaydi. Psixologiyada shaxsda ikki omil biologik va
ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan ikkita asosiy kichik struktura mavjudligini
ta’kidlaydigan nazariya sezilarli o’rin egallaydi. Inson shaxsning o’zi «endopsixik» va
«ekzopsixil» tuzilishga ega, degan fikr ilgari surildi. Shaxs tuzilishining kichik
strukturasi sifatidagi «endopsixik» to’zilish bamisoli kishining nerv–psixik to’zilishga
o’xshash bo’lgan inson Shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va
funktsiyalarning o’zaro ichki bog’liqligini ifoda etadi. «Ekzopsixika»ning tashqi
muhitga munosabati bilan, ya’ni Shaxs qanday bo’lmasin, baribir munosabatga
kirishishi mumkin bo’lgan va Shaxsga qarama–qarshi turadigan to’zilishlarning
barchasiga munosabati bilan belgilanadi. «Endopsixika» moyillik, xotira tafakkur va
hayol hususiyatlari, irodaviy zo’r berish, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa
xislatlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari sistemasini va uning tajribasini,
ya’ni uning qiziqishlarini, ideallarini, moyilliklarini, ustun darajadagi his–tuyg’ularini,
shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o’z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi
«endopsixika» ijtimoiy omil bilan belgilanadi, «ekzopsixika» esa biologik jihat bilan
bog’liqdir.
Shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir qancha
psixologlar ilmiy ishlarida izchil o’rgangan bo’lib, ulardan bir qanchalarining fikr va
qarashlarini keltiramiz.
Amerikalik ruhshunos S.Xoll Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini psixologiyaga
ko’chirdi. Uning fikriga ko’ra, «irsiyat» filogenezni onogenezda takrorlaydi. Olimning
talqinicha, go’daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas, bolalik
esa asosiy mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan qadimgi kishilarning davriga
aynan mos keladi. 8-12 yoshlardagi o’sish davri yovvoyilikning oxiri va
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
509
www.openscience.uz
tsivilizatsiyaning boshlanishiga teng. O’spirinlik esa jinsiy yetilishdan boshlanib
yetuklik davrigacha romantizmga barobardir. Shveytsariyalik psixolog E.Klapared
S.Xolldan farqli ravishda, ontegenez va filogenezda Shaxs psixik funktsiyasini
o’rganish uchun quyidagi holatlarga ahamiyat beradi:
a) organizm ehtiyojini qondirish;
b) reflektor harakat to’siqqa duch kelsa, ongli harakat vujudga keladi;
v) unga nisbatan ehtiyoj sezsa, unda ma’lum faoliyat turiga yo’naltiriladi.
Frantsuz psixologi E.Dyurkgeym o’sish–kishilarning his–tuyg’usini o’zlashtirish
ekanini, shu tufayli, idrok qilingan tashqi fikrlar va emotsiyalar bolaning ruhiy
faoliyatini ifodalanishini, bola tajriba, an’ana, urf–odatlarni taqlid orqali egallashini,
biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo’lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o’rin
tutishini uqtiradi.
Shveytsariyalik psixolog J.Piaje insonning kamol topishini bir necha davrlarga
ajratib o’rganishi tavsiya etadi:
1. Bola–tashqi muhit–ma’lumotlarni qayta ishlash.
2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr.
3. Intellekt: a) sensomotor–2 yoshgacha b) operatsional davrgacha 2–7 yosh;
v) yaqqol operatsiyalar davri 8–12; g) rasman, formal operatsiya davri – 12–15
yoshgacha.
Shaxsning ekstrovert va introvert hususiyatlari shvetsariyalik medik va psixolog
Karl Gustav Yung tomonidan 1923 yilda asoslab berilgan. Hozirgi kunga kelib
psixologiya fanida Shaxsning iqtidor hususiyatlari, qobiliyatlarini aniqlash uchun
Kettel, Spirmen, Bine, Ayzenk, Raven va boshqa testlardan foydalaniladi.
Qiziqish biron-bir sohada to`g`ri yordam beradigan motivdir. Individ uchun
qiziqish, sub’ektiv tarzda olganda, bilish jarayoni tusini kashf etadigan ijobiy xissiy
ohangda, ob’ekt bilan chuqurroq tanishishga, u haqda ko`proq bilish, uni anglab
yetishga bo`lgan istakda namoyon bo`ladi. Qiziqishlar bilishning doimiy qo`zg`atuvchi
mexanizmi sifatida namoyon bo`ladi. Qiziqishlar mazmuniga, maqsadlariga,
miqyosiga va barqarorligiga ko`ra tasnif qilinishi mumkin. Kishidan ko`proq nimaga
qiziqish paydo bo`lishi va uning bilish ehtiyojlari ob’ektning ijtimoiy qimmati
psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Maktabning eng muhim vazifalaridan biri
- o`smirlik yoki yoshlarning faol bilish va mehnat faoliyatiga rag`batlantiradigan va
maktabdan tashqari ham saqlanib qolishi mumkin bo`lgan jiddiy va sermazmun
qiziqishlarini uyg`otishdan iboratdir.
Qiziqishlar o`zining kengligi bo`yicha ham farq qiladi. bir xil odamlarda
qiziqishlar bir sohaga qaratilgan bo`lishi mumkin, boshqalarda esa barqaror
ahamiyatga ega bo`lgan ko`plab ob’ektlarga bo`lingan bo`ladi. Qiziqishlarning
tarqoqligi ko`pincha Shaxsning salbiy xislati sifatida yo’zaga keladi, lekin ayni
chog`da qiziqishlarning keng miqyosliligi kamchilik tariqasida talqin qilish noto`g`ri
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
510
www.openscience.uz
bo`lur edi.Shaxsning ko`ngildagidek rivojlanishi, ko’zatishlar ko`rsatilganidek,
qiziqishlar miqyosining tor emas, aksincha keng bo`lishini taqozo etadi.
E’tiqod Shaxsni o`z qarashlariga, printsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda
ish ko`rishga da’vat etadigan motivlar tizimidir.
E’tiqod shaklida namoyon bo`ladigan ehtiyojlarning mazmuni-bu tabiat, tevarak-
atrofdagi olam to`g`risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilishi
demakdir. Bu bilimlar nuqtai nazarlar (falsafiy, estetik, ahloqiy, tabiiy-ilmiy va
hokazolar)ning tartibga solingan va ichki uyushgan tizimini tashkil etgan taqdirda
kishining dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi mumkin. Dunyoqarash sinfiy
xarakterga ega. Kishining fikrlari va g`oyalari, printsiplari uning butun hayoti mazmuni
bilan, uning qarashlari tizimiga zarur tarkibiy qismi sifatida kirgan bo`ladi, kishi uchun
alohida Shaxsiy mohiyat kasb etadi va shuning uchun ham u bu fikrlar va printsiplarni
qaror topshirishga, ularni himoya qilishga, ularni boshqa odamlar ham ma’qul
ko`rishlariga erishish uchun qat’iyan ehtiyoj sezadi.
Psixologiyada Shaxsning yo`l-yo`riqlari uning u yoki bu ehtiyoji qondirilishiga
yordam berishi mumkin bo`lgan faoliyatga tayyorligining, moyilligining o`zi
tomonidan
anglanilmaydigan
holatini
belgilaydi.
Masalan:
birinchi
sinf
o`quvchilarining muallimaga nisbatan uning har qanday hatti-harakatlariga, shu
jumladan biron bir boshqa kishida namoyon bo`lganida bolalarning qarshi harakatini
qo`zg`atishi mumkin bo`lgan hatti-harakatlariga nisbatan ham hech qanday tanqidiy
yondashish bo`lmaydi.
O`z “Men”ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloqligi paytidayoq
boshlanadigan va o’zoq davom etadigan hamda sobiq ittifoq psixologi I.S.Kon
“Men”ning kashf etilishi” deb juda o`rinli atagan shakllanish jarayonining sezgirligi
undan tashqaridagi buyumlar tufayli hosil bo`ladigan sezgilardan farqini anglay
boshlaydi. So`ngra 2-3 yoshida bola buyumlar bilan o`z xususiy harakatlari jarayoni
va natijasida hosil bo`ladigan hursandchilikning katta yoshdagilarning konkret
harakatlaridan farqini ajratadi va kattalarga qarata: “Yo`q, men o`zim qilaman!” deydi.
U endi o`zini atrofdagi muhitdan faqat ajratib olgan holda emas, balki o`zini
boshqalarning hammasiga qarama-qarshi (“Bu seniki emas, meniki!”) qo`ygan holda
o`zini birinchi marta o`zining xususiy harakatlari va hatti-harakatlari sub’ekti
(bolaning nutqida Shaxsiy olmosh paydo bo`ladi) sifatida anglay boshlaydi. Bolalarda
bog`cha bilan maktabga borishi oralig`ida va boshlang`ich sinflarda katta yoshdagilar,
ota-onalar va o`qituvchilar yordamida hali o`z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklarining
sabablarinianglab yetish darajasida (“Men hammasidan “Besh” olib kelaman,
matematikadan esa “uch” qo`yishgan, sababi men doskadan noto`g`ri
ko`chirarkanman. E’tiborsizligim uchun Anna Petrovna necha martalab menga “ikki”
qo`ygan”) o`zining psixik xislatlariga baho bera olish imkoniyatlari (xotira, tafakkur
va hokazolar) paydo bo`ladi. Nihoyat o`spirinlik davrida va yoshlik davrida ijtimoiy
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
511
www.openscience.uz
hayotga va mehnat faoliyatiga faol qo`shilib ketish natijasida o`ziga ijtimoiy-ahloqiy
jihatdan baho berishning kengaytirilgan tizimi shakllana boshlaydi, o`zini anglab
yetish tugallanadi va “Men”ning siymosi asosan tarkib topadi.
Insonning eng yorqin xususiyatlaridan biri bu gapira olish qobiliyatidir. So’z
inson psixikasi mavjudligining muhim shartidir. Muloqotsiz jamiyat xam mavjud
bo’lmaydi. Muloqot bilish va mehnat faoliyati bilan bir qatorda inson Shaxsini
shakllantiruvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraladi.
Muloqot insonga xos bo’lgan faoliyat turlaridan biridir. Kishilar o’rtasidagi
o’zaro ta’sirning muhim shakli bo’lib xisoblanadi. Muloqot-bu kishilar o’rtasidagi
aloqa. Muloqot mehnat, o’qish yoki o’yin jarayonida kishilarning amaliy jixatdan
o’zaro ta’sir etishi bilan tavsiflanadi. Birgalikda faoliyat muloqot bo’lishini talab
qiladi. Aynan birgalikdagi faoliyatda inson boshqa kishilar bilan o’zaro ta’sirga
kirishadi, ular bilan turli tuman aloqalar o’rnatadi, zarur natijaga erishish uchun
birgalikda harakat qiladi. Bu yerda muloqot faoliyatning tarkibiy qismi sifatida
namoyon bo’ladi.
Muloqot shaxsning rivojlanishida katta ahamiyatga ega ,muloqotsiz shaxsning
tarkib topishi shakllanishi mumkin emas. Aynan muloqot jarayonida tajriba
o’zlashtiriladi, bilmlar to’planadi, amaliy ko’nikma va malakalar shakllanadi, e’tiqod
va qarashlarga erishiladi. Faqat muloqot jarayonidagina ma’naviy ehtiyojlar ,axloqiy
siyosiy va estetik xislar tarkib topadi va xarakter shakllanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Har bir kishining shaxsi uning
individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos
birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik–kishining o’ziga xosligini, uning boshqa
odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlarning yig’indisidir. Individuallik
temperament va xarakter hususiyatlarida, odamlarda ustun darajadagi qiziqishlarda,
bilish jarayonlariga oid fazilatlarda, qobiliyatlarda, faoliyatning Shaxsga xos uslubi va
h.k.larda namoyon bo’ladi. Inson shaxsi o’z individualligiga ko’ra takrorlanmas.
Shaxsning individual–psixologik hususiyatlarini inobatga olish orqali u bilan
muloqot qilish shaxslararo muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, har bir
Shaxsda o’ziga xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati
borki, ular muloqot jarayonida kamroq xatolarga yo’l qo’yishni ta’minlaydi. Masalan,
bosiqlik, mulohazalilik, o’zgalarning ichki dunyosini gaplari, xatti–harakatlariga qarab
bilish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |