Maktabda ayniy shakl almashtirishlarni o’rgatish metodikasi Reja



Yüklə 8,07 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2023
ölçüsü8,07 Kb.
#187570
1   2   3   4
Maktabda ayniy shakl almashtirishlarni o’rgatish metodikasi Reja-www.hozir.org (1)

Yuqorida ta'rif va misollardan ko'rinadiki, birhad ko'phadning xususiy holi ekan. Ta'rif. Ko 'phadning o 'zaro koeffitsiyentlari bilangina farq qiladigan yoki butun koeffitsiyentli bo'lgan hadlari o'xshash hadlar deyiladi. O'xshash hadlarni arifmetik amallar yordamida birhad ko'rinishida ijodalashni ixchamlash deyiladi. Masalan: 1) 20yx+ 4zt -12yx - 3zt = (20yx -12yx)+ (4zt - 3zt) =8yx+zt 2) 24ab + 32cd -14ab – 25cd = (24ab -14ab)+(32cd – 25cd) = 10ab+ 7cd

Butun ifodalarni ayniy almashtirishda belgilangan ko'phadlar birhadlarga, birhadlar esa standart shaklga keltiriladi. Bu ishlarni bajarishda o'qituvchi o'quvchilarni bir xil hadlardan iborat ko'phadlarni standart shaklga keltirishdan boshlashi kerak. Ifodalarni soddalashtiring: 1) x + x + x = x * 3 = 3x; 2) x+x+x +x+x= (x+x) + (x+x+x)=2x+ 3x=5x Shundan keyin qisqa ko'paytirish formulalari yordamida soddalashtiriladigan misollarni ko'rsatish lozim. (2x+3y)^2+(4y-5x)^2=4x^2+ 12xy+9y^2+ 16y^2-40xy+25x^2=29x^2- 28xy+25y^2

Kasr ifodalarni ayniy almashtirish VII sinf algebra kursidan boshlab kasr ratsional ifodalami ayniy almashtirish bajariladi. Ta'rif. Agar algebraik ifoda qo'shish, ayrish, ko 'paytirish va bo‘lish amallari yordamida sonlar va o’zgaruvchilardan tuzilgan bo’lsa, u holda bunday ifodalarni kasr ratsional ifoda deyiladi. Masalan: (y-1)/y; (x+5)/x … Kasr ratsional ifodalami ayniy almashtirish jarayonida ana shu ifoda qatnashayotgan noma'lum sonlaming qabul qiladigan qiymatlarini aniqlash lozim.

Ta'rif. Kasr ratsional ifodadagi o'zgaruvchilarning ma'noga ega bo'ladigan qiymatlari o 'zgaruvchilarning qabul qiladigan qiymatlari deyiladi. Masalan: (2x-y)/4xy +(11y-2x)/4xy kasr ratsional ifodadagi x va y laming qabul qiladigan qiymatlari x=0, va y=0 dan boshqa barcha son qiymatlardan iboratdir. Agar x va y o'zgaruvchilardan biri nol qiymatini qabul qilsa, kasming maxraji nol bo'lib, o'zining ma'nosini yo'qotadi, chunki har qanday sonni nolga bo'lish mumkin emas. Kasr ratsional ifodalarni ayniy almashtirishdagi asosiy vazifa berilgan ifodaning surat va maxrajlarida turgan ko'phadlarni ayniy almashtirishlar bilan bir hadlar ko'rinishiga keltirishdan iboratdir.


Yüklə 8,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin