Maktabda biologiya xonasini va tirik tabiat burchagini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar



Yüklə 32,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü32,01 Kb.
#204255
1   2   3
maktabda-biologiya-xonasini-va-tirik-tabiat-burchagini-tashkil-etishda-zamonaviy-yondashuvlar

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 805
Biologiya o`quv xonasi quyidagilar zarur bo`lgan mebel va maxsus jihozlar 
bilan jihozlanadi: doska, o`qituvchi stoli va stuli, namoyish stoli, o`quvchilar uchun 
parta va stul, preparat va mulyaj saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya xonasini 
bezatishda predmetining etika va estetik talablariga ahamiyat berish kerak. Xonada 
o`simlik va hayvonot dunyosining evolyutsion rivojlanish tarixini, ko`zga ko`ringan 
biologlarning portretlari qo`yilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Biologiya xonasining 
barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish va kuzatishlar o`tkazishda, jadvallar, 
videofilm diapozitivlarini o`z vaqtida namoyish etish, amaliy ishlarda material va 
asboblarni tarqatish hamda yig`ib olishga moslashgan bo`lishi kerak. Bu o`z navbatida 
o`quv qurollarini muayyan tizimda saqlashga, ularni darsda foydalanish uchun tez 
topish va tayyorlashga imkon beradi. Bularning hammasi o`quvchilarda o`quv 
mehnatini tashkil qilish madaniyatini tarbiyalaydi. 
Laboratoriya xonasi biologiya xonasining ajralmas tarkibiy qismidir. Unda 
asosan o`quv ko`rgazma qurollar, asboblar, idishlar, ya`ni o`qitish jarayonini tashkil 
etishga kerak bo`lgan barcha qo`llanmalar saqlanadi. Audio va videokassetalar, 
videodisklar, didaktik materiallar, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar olib borish 
uchun yo`riqnoma berish hamda ko`rsatmalarni hammasi ma`lum bir mavzu yuzasidan 
tuzilgan bibliografik kartatekalar tizimiga kiritiladi. Bulardan tashqari, laboratoriya 
xonasidagi stolda tajribalar o`tkazish uchun zarur materiallar tayyorlanadi,
ko`rgazmalar ta`mirlanadi. Stolda jo`mrakli suv krani bo`ladi. Undan idishlarni 
yuvishda foydalaniladi. 
Biologiya o`qitish xonasi, laboratoriya xonasidan tashqari, tirik tabiat 
burchagini tashkil qilish lozim. Tirik tabiat burchagida faqat tirik o`simlik va 
hayvonlarni saqlash, ular ustida tajribalar o`tkazish hamda darslarda namoyish etish 
uchungina emas, balki darslardan va sinfdan tashqari ishlarni bajarish uchun foydalidir. 
Tirik tabiat burchagini imkon darajasida biologiya xonasining yaqinidagi tashkil qilish 
mumkin.
Umumta`lim maktablarida biologik ta`limning samaradorligi ta`lim-tarbiya 
jarayonini tashkil etish shakllari bo`lgan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, 
ekskursiyalarni talab darajasida o`tkazishga bog`liq. Mazkur mashg`ulotlarni talab 
darajasida tashkil etilishi, avvalo biologiya o`quv xonasi, laboratoriya, tirik tabiat 
burchaklarini to`liq jihozlashga bog`liqdir. 
Biologiya o`quv fani asosan tirik organizmlar to`g`risida bilim beruvchi fan. 
Biologiya o`quv fanini DTS talablari asosida o`qitish, tirik organizmlar ustida 
ko`rgazmali va amaliy usullarni qo`llash asosida mashg`ulotlar o`tkazishga imkon 
beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab etadi
Biologiya darsida o`quv asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo`lgan 
umumiy talablar mavjud. 
1. Pedagogik talablar: 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 32,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin