Maktabda biologiya xonasini va tirik tabiat burchagini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar



Yüklə 32,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü32,01 Kb.
#204255
  1   2   3
maktabda-biologiya-xonasini-va-tirik-tabiat-burchagini-tashkil-etishda-zamonaviy-yondashuvlar



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 
ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 804
MAKTABDA BIOLOGIYA XONASINI VA TIRIK TABIAT BURCHAGINI 
TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR 
 
Dildora Ibrohimovna Rahimova 
Mavluda Bekchanovna Xayitboyeva 
Xorazm viloyat Qo’shkopir tumani 27-son 
umumiy o’rta ta’lim maktabining 
biologiya fani o’qituvchisi
 
Xorazm viloyat Qo’shkopir tumani 18-son 
umumiy o’rta ta’lim maktabining 
biologiya fani o’qituvchisi
 
 
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola bugungi zamonaviy ta’limdagi ba’zi muhim masalalarga 
bag’ishlangan bo’lib, unda maktabda biologiya xonasini va tirik tabiat burchagini 
tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
tirik tabiat burchagi, laboratoriya mashg’ulotlari, malaka, 
ko’nikma, DTS, pedagogik talablar, xavfsizlik va gigiyena talablari, estetik talablar. 
Tabiiy fanlar fanning olamni “u biror tabiiy qonunlarga bo‘ysunadi”, deb qarovchi 
va uni ratsional o‘rganuvchi bo‘limlaridir. Tabiiy fanlar uslubiyati ijtimoiy va aniq 
fanlar uslubiyatidan farq qiladi. Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, 
kimyo, biologiya kiradi. 
Bugungi zamonaviy ta’limda maktablarni o`quv va laboratoriya uskunalari, 
kompyuter texnikasi, darsliklar va o`quv uslubiy materiallar bilan ta`minlash zarurati 
har qachongidan ham dolzarb masaladir. Umumiy o`rta ta`lim maktablarиning moddiy 
texnika bazasini mustahkamlash orqali o`quvchilarda DTS talablariga mos holda 
bilimlarni shakllantirish, ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy 
yordam ko`rsatish uchun biologiya xonasini zamon talablari asosida tashkil etish zarur. 
Biologiya xonasi uchun yo`lakka yaqin joylashgan oxirgi xonani tanlash 
maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki bu joylarda tabiat muzeyi, ko`rgazmalar tashkil 
etish mumkin. Biologiya xonasi 2 ta: dars olib boriladigan o`quv xonasi, laboratoriya 
hamda tirik tabiat burchagi xonalaridan iborat bo`lishi kerak. 
Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi biologiya o`qituvchisi 
zimmasiga yuklatiladi.
Biologiya xonasi quyidagi asosiy vazizfalarni bajarishga yo`naltirilgan: 
- ta`limning samaradorligi oshirish maqsadida o`quv jarayonini tashkil 
etishda kerak bo`ladigan jihozlar bilan ta`minlash; dars va o`quv jarayonining boshqa 
shakllarida o`qitishning texnik vositalaridan foydalanish; 
- o`quvchilar bilimini aniqlash, nazorat qilish va baholashda EHMning 
nazorat dasturlaridan foydalanish; 
- biologiya bo`yicha sinf va maktabdan tashqari mashg`ulotlarni olib borishda 
kerak bo`ladigan jihozlar bilan ta`minlash; 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 32,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin