Maktabda bulling xavfi boʻyicha tashxis vositalari (maktab psixologi ish rejasiga ilova) Toshkent- 2022-2023 Mundarija



Yüklə 98,8 Kb.
səhifə3/3
tarix21.05.2023
ölçüsü98,8 Kb.
#119102
1   2   3
Maktabda bulling xavfi boʻyicha tashxis vositalari (2)

TASDIQNOMA

Ha

Yoʻq

1

Sizning sinfingizda odatiy holdir ...







1.1.

Bir-biriga halaqit berish, jigʻiga tegish?







1.2.

Darsdan keyin birga zavqlanish, birga oʻynash







1.3.

Butun sinfdagilar kulishi uchun kimgadir hazillashish







1.4.

Kurashish







1.5.

Bir-biringiznikiga mehmonga borish







1.6.

Ayrim qiyin holatlarda ular uchun turib berish







1.7.

Masxara qilish







1.8.

Xohlagan biror ish bilan shugʻullanib turganda, bir biroviga halaqit bermaslik







2

Sizning sinfingizda ... kimdir bormi?







2.1.

Hamma uni hurmat qiladigan







2.2.

Hamma undan qoʻrqadigan







2.3.

Hamma uni ustidan kuladigan







2.4.

Har doim oʻqituvchilar norozi boʻladigan







2.5.

Unga oʻxshashni xohlaydigan







2.6.

U bilan baxslashish foydasiz boʻlgan







2.7.

Darslarni qoldiradigan







2.8.

Oʻqituvchi ham bas kela olmaydigan







3

Odatda oʻqituvchilar siz bilan sinfda qanday munosabatda?







3.1.

Ismim orqali







3.2.

Ismim va otamning ismi orqali







3.3.

Familiyam orqali







3.4.

Taxallusim orqali







4

Maktabda janjal boʻlganda siz....







4.1.

Hayron qolasiz







4.2.

E’tibor bermaysiz, bu oddiy holat







4.3.

Kimnidir tomonidan turib aralashasiz







4.4.

Darsda bir-biringiz bilan buni juda koʻp muhokama qilasiz







5

Qadrli narsalar ...







5.1.

Maktabga olib kelmaslikka harakat qilaman







5.2.

Tinchgina sinfga qoʻyishim mumkin







5.3.

Koridorda saqlasam ham boʻladi







5.4.

Oʻgʻirlik holatlari boʻlgan







5.5.

Yechinish xonasida saqlayman







6

Direktorning chaqiruvi - bu ...







6.1.

Nimadandir ragʻbatlatirish maqsadida







7

Maktabingizda qoʻpol haqoratlar ...







7.1.

Tanaffuslarda va shaxsiy suhbatlarda







7.2.

Aslo mumkin emas







8

Maktabingizda ...







8.1.

Xojatxonalarda va zinalar tagida chekishadi







9

Maktabingiz devorlari va jihozlarida ...







9.1.

Yozuvlar bilan boʻyalgan, ifloslangan







10

Agar kimdir qichqirishni, janjallashishni boshlasa, sinf “koʻtarilib ketadi”; buni toʻxtashi uchun nima kerak:







10.1.

Oʻquvchilardan birortasi turib «bas qiling» deb aytishi kerak







10.2.

Direktor kelishi kerak







10.3.

Hamma charchab qolgandan keyin bu holat toʻxtatiladi







11

Maktabingiz sizga ...







11.1.

Umuman olganda yoqadi, qiziqarli va yoqimli







11.2.

Umuman olganda, yomon, oʻzaro doʻstlik yoʻq







12

Tanaffusda men sarflayman....







12.1.

Boshqa sinfdagi doʻstlarimning oldiga boraman







13

Sinfingiz oʻqituvchilar bilan sayohat qilganda:







13.1.

Bu odatiy vaziyat







13.2.

Bu sizga yoqadi, zavq bagʻishlaydi







13.3.

Bormaslikga harakat qilasiz







13.4.

Oʻqituvchilar uchun bu murakkab, ularning har biri bu “oxirgi marta”ligini ta’kidlashadi.







14

Sizning sinfingiz mavqeiga ega







14.1.

A’lochilar hisobiga







14.2.

Bezorilar hisobiga







14.3.

Oddiy, maktabdagi boshqa sinflardan farq qilmaydi







14.4.

Hech qaysi oʻqituvchi sinf rahbari boʻlishni istamaydigan sinf







Soʻrovnomaning kalitlari quyidagi koʻrinishda (R harfi qaytariladigan elementni bildiradi, ya’ni javobni teskarisi deb hisoblash kerak boʻlgan narsani bildiradi).


Xavfsizlik shkalasi: 1,1; 1,3; 1,7; 1,8R; 2,3; 2,4; 2,8; 3,4; 4,1R; 7,1; 7,2R, 8,1; 9,1; 10,1R; 10,2; 14,2;
Barqarorlik shkalasi: 2,7; 3,1; 3,3R; 5,1R; 5,2; 5,3; 5,4R; 13,1; 13,4R; 14,3; 14,4R;
Tarqoqlik shkalasi: 1,2R; 1,4; 1,5R; 1,6R; 4,2; 10,3; 11,1R; 11,2; 13,2R; 13,3;
Teng huquqlilik shkalasi: 2,1; 2,2; 2,5; 2,6; 3,2; 4,3; 4,4; 5,5; 6,1; 12,1; 14,1.
Bashorat shkalasi:
Xavfsizlik shkalasi psixologik muhitning salbiy tomonini, munosabatlarning past sifati va aloqa qoidalariga rioya qilish bilan bogʻliq boʻlgan guruhdagi holat tarangligini aks ettiradi, bu esa aloqaga nisbatan salbiy munosabatlarga olib keladi: oʻtmishdan nafratlanish, gʻazablanish, aloqaning istiqbollari bilan bogʻliqlik va shubhada negativizm va kelishmovchilik.
Tarqoqlik shkalasi holatni emas, balki muloqotga boʻlgan salbiy, tajovuzkor munosabatlarda va shu bilan birga yolgʻizlik tajribasi bilan birgalikda yuqori darajadagi xavotirda aks ettirilgan haqiqiy va zudlik bilan yuzaga kelgan vaziyatni (masalan, janjal tufayli) baholaydi. ...
Anti-bashorat shkalasi.
Barqarorlik shkalasi maktabda ishonch muhitini va ochiq muloqotni ta’minlaydigan va natijada bezorilik ehtimolini kamaytiradigan omillarni ochib beradi. U atrof-muhitdagi aloqa chegaralari va qoidalarining barqarorligini baholaydi, bu oʻzaro ta’sirlashish va muloqotga nisbatan salbiy munosabat darajasining pasayishini ta’minlaydi.
Teng huquqlilik shkalasi shuningdek, guruhdagi shaxslararo munosabatlarni barqarorlashtirishning mumkin boʻlgan usullarini baholaydi: ushbu oʻlchov jismoniy va ogʻzaki tajovuz bilan bogʻliqligiga qaramay, u boshqa tajovuzkorlik yoki tashvish koʻrsatkichlari bilan oʻzaro bogʻliq emas. Aytishimiz mumkinki, guruhda muntazam ravishda tajovuzkorlik namoyishlari mavjud, ammo ular shunday shaklga ega, ular guruh a’zolarini qoʻrqitmaydi va ularning bir-biridan ajralib turishiga hissa qoʻshmaydi, aksincha, hurmatli va qabul qiluvchi munosabatlar bilan birlashtirilgan.

Oʻqituvchiga sinfda psixologik pozitiv muhitni shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun maslahatlar
Intizomni saqlash va ta’lim jarayonini boshqarish uchun ijobiy yondashuvdan foydalaning: iloji boricha oʻquvchilar uchun xatti-harakatlar qoidalarini va talablarini “qilmaslik” oʻrniga “qanday qilish” shaklida shakllantirish. Oʻquvchilarning konstruktiv xatti-harakatlarini koʻz bilan aloqa qilish, ma’qullash yoki tabassum bilan mustahkamlash.
Oʻquvchilarni turli xil qoʻshma tadbirlarga jalb qiling, shunda har bir kishi umumiy muammolarni hal qilishda oʻzlarini his qiladilar: tadbirlarni tayyorlash, navbatchilikda boʻlish, ekskursiyalar, shanbaliklar tashkil etish, aktsiyalar oʻtkazish va xokazo. Uyatchang va jur’atsiz bolalar va oʻspirinlarning ishtirokini ragʻbatlantiring. Ularga oʻzlarini toʻliq bajarish va uyatchanlikni yengish uchun topshiriqlar bering. Oʻquvchilarni uy vazifalari, test sinovlariga tayyorgarlik, fitnes mashgʻulotlari va boshqa masalalarda bir-birlariga yordam berishga undang.
Turlilikning ahamiyati (madaniy, milliy, diniy va boshqalar) va qiymatiga, shuningdek har xil qobiliyat va koʻnikmalariga, did va imtiyozlariga, jismoniy va intellektual qobiliyatlariga urgʻu bering. Umuman olganda barcha odamlar va shu sinf oʻquvchilari bir-biridan qaysidir ma’noda farq qilishlarini ta’kidlab oʻting va aynan shu narsa ularning oʻziga xos ekanligini bildiring. Kerak boʻlsa, ba’zi oʻquvchilarning boshqalardan farq qilishini uning sabablarini tushuntiring, ularning bilim olishida qiynalishini, rivojlanishida nuqsonlar yoki kasallik tufayli sport va oʻyinlarda cheklovlar borligini tushuntiring.
Oʻzingiz hamda boshqalar tomonidan ham, maxsus ehtiyoj talab etadigan, ayniqsa jismoniy yoki aqliy rivojlanishida, tashqi qiyofasida, xulq-atvorida, yoki jinsiga mos kelmagan, maktabda kam muvaffaqiyatga erishgan yoki jismoniy jihatdan rivojlanmay qolgan oʻquvchilarga, migrant oʻquvchilarga, milliy yoki diniy ozchilikni tashkil etgan oila vakillari bolalariga, ijtimoiy va moddiy mavqeiga ega boʻlmagangan bolalarga nisbatan har qanday masxara va haqoratli izoh va fikrlar yuborilishiga yoʻl qoʻymang.
Oʻquvchini ham ijobiy, ham salbiy tomondan jamoatchilikka qarshi qoʻymang. Oʻquvchiga hasad qilmaslik uchun uni eng qobiliyatli, aqlli, mas’uliyatli deb ortiqcha maqtamang. Shuningdek, oʻquvchini uni kamsitmaslik yoki uni kulgiga qoldirmaslik uchun, qandaydir muammoni hal qilmagan, masofani bosib oʻtmagan, tadbirda qatnashmagan yagona kishi sifatida ajratmang. Sinfda (guruhda) “sevimlilar” yoki oʻqituvchi yoqtirmaydiganlari boʻlmasligi kerak.
Oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini butun sinf oldida muhokama qilmang yoki baholamang: oʻquvchilarni, ularning qobiliyatlarini, mahoratlarini, yutuqlarini taqqoslamang, oʻquvchilarning masxara va bezoriligini keltirib chiqarmaslik uchun ularning kamchiliklari va zaif tomonlarini muhokama qilmang. Sinov qogʻozlari uchun baholarni ommaviy ravishda e’lon qilish mumkin emas va siz xato qilganlarni ismini nomlamasdan yoki har bir oʻquvchi bilan alohida-alohida tahlil qilishingiz mumkin. Sinfda raqobatni emas, balki hamkorlikni ragʻbatlantiring.
Oʻzingizning namuna boʻlgan holda, oʻquv guruhining barcha a’zolariga hurmat koʻrsatib, oʻquvchilarga oʻzini tutish va hurmat bilan gaplashish (muloqot qilish) usullarini tushuntiring. Jinsi, etnik kelib chiqishi, millati, tili, dini, ijtimoiy-iqtisodiy holati, nogironligi yoki kasalligi, jinsi oʻziga xosligi sababli insonning qadr-qimmatini kamsitadigan biron bir hurmatsizlik (kamsituvchi) xatti-harakat yoki nutqni e’tiborsiz qoldirmang.
Intizomiy jazo choralarini emas, balki tarbiyaviy choralarni qoʻllang. Oʻquvchi uchun tanbeh berayotganda, uning shaxsini emas, balki uning qilmishi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini tavsiflab bering. Nima boʻlganini muhokama qiling, oʻquvchi har doim oʻzini shunday tutadi deb oʻylamang. Bu faqat salbiy xatti-harakatlarni kuchaytiradi.
Har qanday notoʻgʻri bajarilgan shaxsiy xatti-harakatlar yoki guruh topshirigʻini bajarmaganlik uchun butun sinfni jamoaviy javobgarlikka tortmang.
Sinfga qabul qilinmagan oʻquvchi yoki darsda tartibni muntazam ravishda buzadigan kishi, sinfdoshlar orasida ma’lum bir obroʻga ega boʻlgan oʻziga ishongan va tajovuzkor boʻlmagan tengdoshning yoniga oʻtirishi mumkin. Rad etilgan oʻquvchilarni alohida joylashtirib, ularni izolyatsiyasini oshirmang. Agar koʻproq faol va tajovuzkor oʻquvchi doimo bezorilik qilsa, tinchgina qoʻshnisini xafa qilsa, bunday xatti-harakatlarning davom etishiga yoʻl qoʻymasdan ularni bir- biridan uzoыlashtirib alohida joy ajrating.
Eng faol bolalarga boshqalarni kamsitish hisobiga emas, balki oʻzlarining qobiliyatlari hisobiga oʻzini namoyon qilish imkoniyatini bering.
Rad etilgan bolalar boʻlgan sinfda jamoaviy yoki guruhli mashgʻulotlarni olib borishda oʻquvchilarni oldindan tayinlanglar, chunki hech bir jamoa ularni qabul qilishni istamaydi. Bunday darsda raqobat paydo bщladi. Raqobatdan imkon qadar uzoqroq turing, shundagina bunday bolalar (rad etilganlar) muvaffaqiyatsizlikda ayblanmaydi.
Unchalik ham mashhur boʻlmagan oʻquvchiga uning jamoaga foydali ekanligini koʻrsatishga yordam bering. Uni oʻz qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishi mumkin boʻlgan sinf mashgʻulotlarida qatnashishga taklif qiling. Qoʻshma tadbirlar jamoani birlashtiradi.
Ba’zi sabablarga koʻra obroʻsiga putur yetkazgan oʻquvchini tiklashga yordam bering, oʻzini yaxshi tomondan namoyish etishini chorlang. Agar u notoʻgʻri ish qilgan boʻlsa yoki noqulay ahvolda boʻlsa, oʻzini yaxshilash imkoniyatini bering. Masalan, agar siz oʻquvchi sinfdoshining sumkasidan tortib olayotganini koʻrsangiz, u bilan alohida gaplashing va agar oʻquvchi bundan buyon bunday ishni qilmaslik vadasini bersa, siz ham voqeani ommaga oshkor qilmaslikka va’da bering.
Oʻgʻil bolalarni zoʻravonlikni keltirib chiqaradigan gender stereotiplari va me’yorlarini oʻzgartirish agentlari sifatida jalb qiling.
Oʻquvchilarning shikoyatlarini e’tiborsiz qoldirmang. Agar hodisa unchalik katta boʻlmagan taqdirda ham, darhol chora koʻrishni talab etmasa ham, vaziyatni yaxshiroq anglab olish uchun oʻz vaqtida yechimlarini uylab koʻring. Oʻquvchilarning bir-biriga nisbatan dushmanona bayonotlari, haqoratli yozuvlari va rasmlari, tajovuzkorlikning boshqa koʻrinishlariga beparvo boʻlmaslik kerak. Zoʻravonlik toʻgʻrisidagi xabarga yoki ta’qibga oid shikoyatga javoban: “Shikoyat qilishni toʻxtating!”, “Oʻzingizni himoya qilishni oʻrganing!”, “Oʻzingiz hal qiling” deb aytish mutlaqo mumkin emas.
Yüklə 98,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin