Maktabda tabiiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi


Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/3
tarix01.12.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#71720
1   2   3
rnz2YP50LGJEgYavH6WKjY3yu0d8xpWN9IMBquNn

Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
• Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.
• Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi.
• Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.
• Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.
• O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi.
• Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.

Platforma statistikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak: ishtirok etayotgan o‘quvchilar soni: 2813065 nafar, test yechishlar soni 4 519 500 ta, ishtirok etayotgan maktablar soni 7750 ta, PISA yo‘nalishida 30 ta blok, 489 ta topshiriq, TIMSS yo‘nalishida 8 ta fandan 583 ta topshiriq, PIRLS yo‘nalishida 30 ta blok, 377 ta topshiriq joylashtirilgan.
Tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha ilmiy tahlil natijalari quyidagicha:

  • hodisalarni ilmiy jihatdantushuntirish kompetensiyasi qisman shakllangan, chunki savollar darsliklarda berilgan ma’lumotlarga mos keladi va o‘quvchi bilimlarni eslash hamda egallagan bilimidan foydalanish ko‘nikmasini namoyish etadi.

  • ilmiytadqiqotlarniloyihalashvabaholash kompetensiyasi o‘quvchilarda deyarli shakllanmagan, chunki, bu topshiriqlarni bajarish uchun bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi talab etiladi, aksariyat maktablarda laboratoriya va amaliy ishlar talab darajasida bajarilmaydi, yoki bilimlar faqat nazariy shaklda beriladi.

Bunda o‘quvchilardan berilgan muammoni ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash, berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini taklif etish, o‘rganilayotgan muammoni aniqlashda muammolarga duch kelganlar.

  • ma’lumotlarvadalillarni ilmiy talqinqilish kompetensiyasini baholashga oid topshiriqlarni bajarish darajasi juda past, bunday topshiriqlar asosan ochiq savollar shaklida beriladi, o‘quvchi o‘z fikrini, topshiriqda berilayotgan muammoga yechim topishdi, ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalarini namoyish etishi talab etiladi. Lekin natijalarga ko‘ra bunday ko‘nikmalar o‘quvchilarda shakllanmaganligini bilish mumkin.

Tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalari bir qator ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasiga quyidagi ko‘nikmalar kiradi:
• Tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish;
• Izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish;
• Tegishli pragnozlar qilish va asoslash;
• Izohlovchi farazlarni taklif etish;
• Ilmiy bilishning jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish;
Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasiga oid ko‘nikmalar quyidagilardir:
• Berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash;
• Ma’lumotlarning ob’yektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan qo‘llniladigan usullarni tavsiflash va baholash;
• Ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash;
• Berilgan muammoni ilmiy tadqiq qilish usulini taklif etish;
• Berilgan ilmiy tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni aniqlash;
Ma’lumotlani va dalilarni ilmiy talqin qilish kompetensiyaga oid ko‘nikmalar quyidagicha:
• malumotlarni tahlil va talqin qilsh hamda tegishli xulosalar chiqarish;
• ma’lum bir ko‘rinishdagi ma’lumotlarni boshqa ko‘rinishda ifodalash;
• ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo‘lmagan qarashlardan farqlay olish;
• ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash; • turli manbalar (masalan, gazeta jurnal, internet) dan olingan ilmiy mulohaza va dalillarni baholash
Fizik sistemalarga oid (fizika, kimyo, geografiya) Yoqilg‘i qazilma boyliklar, Katalitik konverter, Jismoniy mashqlar kabi topshiriqlarning ochiq formatdagi savollariga javob topishda qiynalishgan.
Tirik sistemalarga oid (biologiya, geografiya) Evolyutsiya, Tikanbaliqning hatti-harakatlari, Asalari oilalarining nobud bo‘lish sindromi kabi topshiriqlarning ochiq formatdagi savollariga javob topishda qiynalishgan.
Chunki topshiriq shartida o‘quvchidan o‘z fikrini yozma bayon etish, tahlil qilish, taqqoslash, munosabat bildirish kabi ko‘nikmalarni namoyish etish talab qilinadi.
Natijalar o‘rganib chiqilganda15-16-yoshli o‘quvchilarda bunday ko‘nikmalar yetarli darajada shakllanmaganligi aniqlandi.
O‘quvchilarda fanning mazmuniga oid bilimlar yetarli darajada egallangan: fanga oid tushunchalar, atamalar, qoidalar va qonuniyatlarni topishga qaratilgan savollarga 80-90% to‘g‘ri javob berishgan.
Masalan ichimlik suvi, shamol hisobiga energiya olish, issiq ish kiyim kabi topshiriqlarga to‘g‘ri javob berishgan.
Atrof-muhit muhofazasi, odam salomatligi, tabiiy resurslar bilan bog‘liq savollarga qisman t o‘g‘ri yondoshgan.
Ammo bu topshiriqlarning fikrlashga yo‘naltirilgan savollariga yechim topish va mustaqil qaror qabul qilish, xulosa qilishni talab qiluvchi ochiq javobli savollarida qiynalishgan.
O‘quvchilarda metodolik bilimlarning sayozligi, ya’ni ilmiy tadqiqotni qanday amalga oshirish, ularning maqsadi hamda qanday usul va vositalardan foydalanish haqidagi topshiriqlarni bajarish holati 10-15% bo‘lib, bundan ko‘rinadiki, maktablarda fizika, kimyo, geografiya, biologiya fanlaridan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar yetarli darajada tashkil qilinmagan, o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasi past.
Asalarilar oilasining nobud bo‘lish sindromi. O‘quvchilar mazkur topshiriqni bajarishlari uchun insektitsid konsentratsiyasi va muayyan vaqt davomida asalari oilalari nobud bo‘lishining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi grafikni talqin qila olishlari kerak. Ammo o‘quvchilarimizda grafik va diagrammalar bilan ishlash ko‘nikmasini yo‘qligini ko‘rishimiz mumkin
Quyida keltirilgan jadvalda PISA tabiiy-ilmiy savodxonlik tadqiqotida uch turdagi bilimlarning foiz ko‘rsatkichlari tasvirlangan.



Berilgan jadvalga topshiriqlarni ilmiy bilish turlari, mazmun sohasi, kognitiv darajalari boʻyicha guruhlab chiqamiz.
Ilmiy bilish turlari kesimida topshiriqlarning mos ravishda taqsimlanishi

Fanning mazmuniga oid bilimlar - fandagi asosiy tushunchalar, nazariyalar, qonuniyatlar;
Metodologik bilimlar - ilmiy tadqiqot metodlari va tadqiqot jarayonlari;
Epistemik bilimlar - ilmiy tadqiqot metodlarining imkoniyatlari va tadqiqotlarning ahamiyati

TIMSS

O‘quvchilar tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishidagi O‘quvchilarning bergan javoblari tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:



  • O‘quvchilar eng oddiy tushunchalarni ham yangi vaziyatlarda qo‘llashda, yoki fikrlarini taklif qilish so'ralganda qiyinchilikka duch kelishdi.

  • O‘quvchilardan topshiriqda berilgan grafik ma'lumotlarga asoslangan savolga javob berish so'ralganda, ular ko'pincha bunday ko'rsatmalarni tushunmaydilar.

  • O‘quvchilardan topshiriqni tushuntirish yoki asoslashni so'ralganda, ular buni tushunmagandek taassurot qoldiradilar. Bu esa o‘quvchilarning badiiy adabiyotlarni ko‘p o‘qimaganliklaridan va topshiriqlarni o‘qib tushunishda muammolari borligidan dalolat beradi.

  • Ular hodisalarni jiddiy tahlil qilmasdan, fikrlamasdan tez javob berishni afzal ko'radilar va xatolikka yo‘l qo‘yadilar.

  • O‘quvchilarda amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi hamda qanday usul va vositalardan foydalanish haqidagi topshiriqlarni bajarish holati 10-15%. Bundan ko‘rinadiki, maktablarda fizika, kimyo, geografiya, biologiya fanlaridan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar yetarli darajada tashkil qilinmagan, o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarning rivojlanishi past darajada.

  • O‘quvchilarda kompyuter savodxonligining yetishmasligi ham ma’lum bo‘ldi.

  • O‘quvchilarda kreativ fikrlash namoyon bo'lishining past darajasi, ularda fanlar bo‘yicha bilimlarning yetarli darajada shakllanmaganligi bilan ham bog'liq


O‘quvchilarda fanning mazmuniga oid bilimlar yetarli darajada egallangan: fanga oid tushunchalar, atamalar, qoidalar va qonuniyatlarni topishga qaratilgan savollarga 80-90% to‘g‘ri javob berishgan.
Masalan ichimlik suvi, shamol hisobiga energiya olish, issiq ish kiyim kabi topshiriqlarga to‘g‘ri javob berishgan.
Atrof-muhit muhofazasi, odam salomatligi, tabiiy resurslar bilan bog‘liq savollarga qisman t o‘g‘ri yondoshgan.
Ammo bu topshiriqlarning fikrlashga yo‘naltirilgan savollariga yechim topish va mustaqil qaror qabul qilish, xulosa qilishni talab qiluvchi ochiq javobli savollarida qiynalishgan.
O‘quvchilarda metodolik bilimlarning sayozligi, ya’ni ilmiy tadqiqotni qanday amalga oshirish, ularning maqsadi hamda qanday usul va vositalardan foydalanish haqidagi topshiriqlarni bajarish holati 10-15% bo‘lib, bundan ko‘rinadiki, maktablarda fizika, kimyo, geografiya, biologiya fanlaridan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar yetarli darajada tashkil qilinmagan, o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasi past.
O‘quvchilarda ilmiy loyihalarni baholash hamda ma’lumot va dalillarni talqin qilish kompetensiyalarini baholashga qaratilgan, tanqidiy va strategik fikrlashni talab qiluvchi savollarga javob berilmagan.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, tabiiy yo‘nalishdagi o‘quv fanlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, o‘quv-metodik majmualar sifatini oshirish, o‘quvchilarda tadqiqotchilik, mantiqiy fikrlash, kompyuterda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘qitishning dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlari shakllaridan samarali foydalanish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, muammoli ta’lim, hamkorlikda o‘qitish kabi ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni tavsiya etamiz.
O‘quvchilar va o‘qituvchilar ushbu elektron platformadan foydalanib:

  • egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini hamda tahlil va talqin qila olish, mulohaza yuritish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • xalqaro baholash dasturlari topshiriqlarini bajarish orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rish;

  • o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik doirasidagi video mahsulotlar bilan tanishib chiqish;

  • taʼlim jarayonida fanlararo integratsiyani taʼminlashda elektron platforma materiallarini bepul yuklab olish va foydalanish;

  • o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalari (funksional savodxonlik, muammolarni hal qilish, shaxsiy fazilatlar)ni shaklllantirish yuzasidan metodik yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin