fan o‘qituvchilari tomonidan sinf jurnalining olib borilishini nazoratdan o‘tkazadi;
tarbiyaviy soat haqida muloqot o‘tkazadi.
Har oyda:
sinf jamoasining turli tadbirlar va ishlarda ishtirok etishini tashkil etadi;
maktabda sinf jamoasi uchun ajratilgan hududni tozalashni tashkil etadi.
Yil davomida:
Sinfda uch oyda bir marotaba ota-onalar yig‘ilishini o‘tkazadi:
zaruriyat bo‘lsa, har oyda bir marotaba;
sinfda ota-onalar qo‘mitasi ishini tashkil etadi.
Yil oxirida:
sinfning o‘tgan bir yil davomida o‘quv natijalari va faoliyatini yakuniy tahlil qiladi;
ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bajarilgan ishlar haqida hisobot beradi;
sinf faoliyatining yakuniy natijalarini e'lon qilishni tashkil etadi;
o‘quv xonalarini ta'mirlashni tashkil etadi.
Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirishga qo‘ygan talablari.Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi, bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. O‘quvchilarning ayrim xatti-harakatlariga bu xatti-harakatlar namoyon bo‘lishining tashkil etishi tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish asosida o‘quvchilarni o‘rganishda amal qilishi lozim bo‘lgan talablarni shunday ifodalamoq mumkin:
Bolalarni o‘rganish ularga tarbiya va ta'lim berish sifatini oshirishga bo‘ysindirmog‘i lozim. O‘quvchilarni muntazam tarzda o‘rganish asosida boshlang‘ich jamoaga hamda alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishning yanada samarali usul va metodlarni tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, mayilari hamda qiziqishlarini qayd qilib borish bilangina cheklanib qolish noto‘g‘ri. Bu o‘rganish asosida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni tashkil etish muhimdir. O‘z o‘quvchilarini yaxshi o‘rganish, demak, tashqi tomoniga emas, balki ularning xulq-atvor sabablarini o‘rganishga e'tibor bermoq darkor.
O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘rganish. O‘quvchi ta'lim jarayonida ijtimoiy foydali mehnatga va jamoa ishiga o‘rganishi lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan ota-onalar va tevarak-atrofdagi kishilar bilan bo‘ladigan munosabatlarini o‘rganish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxsning qirralari yanada to‘la ochiladi. O‘quvchilarni tabiy ish va kundalik xatti-harakat jarayonida o‘rganish o‘quvchiga haqiqiy baho berishga yordam beradi.