Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar


Faol ruhiy ta'sir etish qobiliyati



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə12/21
tarix19.05.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117091
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)

Faol ruhiy ta'sir etish qobiliyati — boshqa kishilarga istehzoli kulgidan qat'iy buyruqgacha bo‘lgan vositalardan foydalangan holda ta'sir ko‘rsata olish.
Tashkilotchilik ishlariga bo‘lgan qobiliyat — bu o‘z ustiga ixtiyoriy ravishda tashkilotchilik majburiyatlarini yuklash bo‘lib, atrofni o‘rab turganlarning ixtiyoridan qat'i nazar, tashkilotchi­lik ishlariga mustaqil kirisha olish.
Tashkilolchi shaxsining yo‘nalganligi — bu tashkilotchining axloqiy qiyofasi, uning fuqarolik yetukligi, g‘oyaviy e'tiqodi.
Tashkilotchining individualligi. Tashkilotchilarning (shartli ravishda) “tashkilotchi-san'atkorlar”, “tashkilotchi-mutafakkirlar”, “tashkilotchi-amaliyotchilar” tiplari mavjud. “Tashkilotchi-san'atkorlar” boshqalarga jo‘shqin nutqi va imo-ishoralar, “qalb harorati”, istiqbol yutuqlarining obrazli suratlari bilan ta'sir ko‘rsatadi. Unda orzular, xayollar, hissiy ko‘tarinkilik nihoyatda ko‘p.
“Tashkilotchi-mutafakkirlar” isbot etish mantiqiga, tafakkurdagi izchilikka tayangan holda harakat qiladilar, ishdagi qonuniyatlarni topishga intiladilar. Hodisaning tashqi tomoni ikkinchi darajaga surib qo‘yiladi. Muhimi - mazmun, maqsadga muvofiqlik topish, ishning oqilona mohiyatini ko‘ra olish.
“Tashkilotchi-amaliyotchilar” o‘zlarining namunalari bilan ishtiyoq uyg‘otishga, qanday ishlashni isbotlash va gapirishdan ko‘ra, uni amalda ko‘rsatishga intiladilar. Ularni amaliy tirishqoqlik, asoslilik ko‘proq xarakterlaydi.
Sinf rahbarining ish faoliyati:
O‘quv yili boshida: Sinf ro‘yxatini tuzadi va jurnalni rasmiylashtiradi (o‘quv haftasining birinchi yarmida);

  • o‘quvchilar bilan hamkorlikda guruhning ish rejasini tu­zadi va maktabning ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan muvofiqlashtiradi (sentabr oyi ichida).

  • Har kuni:

  • sinf jurnalida qatnashmayotgan o‘quvchilarni belgilaydi, ularning darslarga qatnashishlari bilan qiziqadi;

  • sinf o‘quvchilarini o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga pe­dagogik yordam ko‘rsatadi;

  • o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishini nazorat qiladi;

  • sinfda navbatchilikni joriy etadi va uni nazorat qiladi.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin