Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar


Yoshlar Ittifoqi” yig‘ilishlarini tayyorlash va o‘tkazishda yetakchilarga pedagogik yordam berish



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə8/21
tarix19.05.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117091
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)

Yoshlar Ittifoqi” yig‘ilishlarini tayyorlash va o‘tkazishda yetakchilarga pedagogik yordam berish: Yoshlar Ittifoqi yig‘ilishlari-bo‘linmalarda o‘z-o‘zini boshqarishning oliy organlaridir. Yig‘ilishlarda yoshlar jamoasining barcha muhim ishlari hal etiladi, kundalik ishlar uchun o‘z-o‘zini boshqarish organlari saylanadi. Bo‘linmalarning yig‘ilishlarida tashkilotga yangi a'zolar qabul qilinadi. Yig‘ilish barcha kamolatlarni jamoaga rahbarlik qilishga jalb etadi. Yoshlar tashkiloti hayoti va faoliyatining asosiy masalalari yuzasidan yagona fikrni shakllantiradi, har bir kamolatchiga barcha masalalarni hal etiщda ishtirok etish bo‘lim boshlig‘i yoki kengash a'zoligiga saylash va saylanish teng huquqini ta'minlaydi. Yig‘iliщda ish rejasi muhokama qilinadi va tasdiklanadi, saylab quyiladigan organlarning va har bir yoshlarning faoliyatiga baho beriladi.
Yoshlar Ittifoqi yig‘ilishini tayyorlash va o‘tkazishning pedagogik jihatdan asoslangan metodikasi uning bilimlar faoliyatiga, jamoaning umumiy ishlarida yoshlarning faol yo‘lini shakllantirishga ta'sir ko‘rsatish samaradorligini ta'minlaydi. Shuning uchun ham yetakchilarga va faollarga pedagogik yordam ko‘rsatish yig‘ilish mavzuni aniqlashga, uni tayyorlash va o‘tkazish rejasini ishlab chiqishga, bu ishga imkoni boricha ko‘proq yoshlarni jalb etishga, yig‘ilishda muhokama qilingan muhim ma'lumotlar xususida yoshlarning mahalla fikrini shakllantirishga, yig‘ilishning qat'iy ifodalangan qarorini yoki ish rejasini tayyorlashga qaratiladi.
5. “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti faolligi va havaskorligini rag‘batlantirish: Maktab va sinf Yoshlar ittifoqi tashkilotlari ijtimoiy faolligini va havaskorligini rag‘batlantirishni agar maktab rahbarlari va pedagoglar jamoasi Yoshlar ittifoqi tashkilotining ijtimoiy-siyosiy va faollik xususiyatini chuqur anglab yetshgan bo‘lishsa; maktab yoshlari huquqlarini hurmat qilishsa; Yoshlar ittifoqi tashkilotida o‘quvchilar jamoasini jipslashtirish va maktab o‘quvchisi shaxsini shakllantirishning ta'sirchan chorasini ko‘rishsa; Yoshlar ittifoqi tashkiloti va o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqaruvi saylab qo‘yiladigan organlarining maktab o‘qituvchilari va sinf rahbarlari, maktab ota-onalar komiteti bilan aniq tashkiliy hamkorligini ta'minlashsa, u Yoshlar ittifoqi aktivligi va havaskorligini rivojlantirishning samarali omili bo‘ladi.
Talabaning ta'lim-tarbiya jarayonidagi munosabat bilan maktab direkgori, ta'lim-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy iщlar tashkilotchisi ishni rejalashtirishda, o‘qituvchilar va ota-onalarni, mahallani xilma-xil o‘quvchilar ishlariga jalb etishda Yoshlar ittifoqi tashkilotining saylab qo‘yiladigan organlariga yordam beradilar. Ular o‘quvchilarning foydali tashabbuskorlik asosidagi ishlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Yoshlar tashkiloti o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan birgalikdagi ishlarini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadilar. Sinf rahbarlari, o‘qituvchilarning aniq ishlarni tayyorlash va o‘tkaziщda, sinflarning jamoalarida prinsipial mahalla fikrini shakllantirishda ko‘rsatadigan pedagogik yordami kattadir.
Yoshlar ittifoqi”faollariga pedagogik yordam ko‘rsatish: Maktab va sinf majlislarida aniq kundalik ish mazmuni va shakllariga doir masalalarni muhokama qilishda g‘oyaviy-tarbiyaviy ishga, o‘quvchilarni yuksak g‘oyaviylik, o‘qishga, mehnatga, jamoat mulkiga ongli munosabat, o‘z o‘qishi va mehnati sifati uchun yuksak mas'uliyat, so‘z va ish birligi ruhida tarbiyalashga, davlat yosh fukarosining jamoachilik, insonparvar, faol va amaliy axloqini shakllantirishga katta o‘rin beriladi.
Maktab Yoshlar ittifoqi kengashi, sinf tashkiloti majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilib, uni tayyorlash rejasini to‘zadi. Shu paytda beriladigan pedagogik maslahat majlis kun tartibi mavzui va ta'rifini, ma'ruzachi va bir qancha so‘zga chiquvchilarni, majlisni o‘tkazish vaqti va joyini tashkiliy masalalar e'lon, mehmonlarni taklif etish, ro‘yxatga olish, navbatchilik, zalni bezatish uchun mas'ul kishilarni aniq belgilashga qaratalgandir. Bunday rejani maktab rahbarlari bilan kelishib olish, bo‘lajak majlis haqida tuman, shahar yoshlar bo‘limini xabardor qilish kerak.
Sinf rahbarlarining Yoshlar ittifoqi faollariga pedagogik yordam ko‘rsatishi ayniqsa muhimdir, chunki ular maktab o‘quvchilarining o‘ziga xos va yosh xususiyatlarini, o‘z sinf jamoasining o‘ziga xosligini, faollarning haqiqiy imkoniyatlarini, har bir muayyan o‘quv yili davomida sinf va umuman maktab oldida turgan ta'lim-tarbiya vazifalari mazmunini yaxshi biladilar.
O‘z vaqtida pedagogik maslahat o‘tkazish shaxsiy kompleks rejalarida «o‘z saviyasini oshirish» «o‘qishni kuchaytirish», «o‘z fe'li-atvorini yaxshilab borish», «mehnatni hurmat qilish», ishda faol qatnashish» kabi umumiy tariflardan qochish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning batafsil va yakka tartibdagi aniq shaxsiy programmasiga manfaatdorlik va mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lish o‘rniga rejalar «bir xil nusxada», ba'zan esa aytib turib yozilishidek rasmiyatchilikni bartaraf etish imkonini beradi. Sinf rahbari “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti a'zolari bilan birgalikda o‘quvchilarga o‘z rejalari va majburiyatlarini maktab Yoshlar ittifoqi tashkiloti u yoki bu o‘quv yilida amalga oshirayotgan vazifalar bilan, sinf Yoshlar ittifoqi jamoasi hayoti va faoliyati, istiqbollari bilan qanday muvofiqlashtirish kerakligini aytib beradi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi haqida ma'lumot. O‘zbekistonda “O‘zbekiston” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirok etgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138 sonli qarori, Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida PF-5106 sonli farmoni imzolandi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan solom, ma'nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta'siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta'minlash, yigit-qizlarning ma'naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat'iy e'tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
– yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqyealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
– yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
– iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
– yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida solom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
– yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta'siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta'sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.
Ittifoqga yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan a'zo bo‘lish mumkin. Ya'ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a'zosi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta'sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqga a'zo bo‘lishi mumkin.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin