Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə7/21
tarix19.05.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)

Xalkaro faoliyat vazifasida: Yoshlarning xorijiy yoshlar va bolalar tashkilotlari bilan tajriba almashishlariga, chet ellardagi tengdoshlari bilan muloqot qilish orqali umumbashariy madaniy va ma'naviy qadriyatlardan baxramand bo‘lishlariga sharoit yaratish.
Harakatning ilg‘or insonparvarlik va demokratik yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy yoshlar tashkilotlari hamda harakatlari bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli xalqaro aloqalarini rivojlantirish.
Xorijiy va xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan delegatsiyalar ayirboshlash va tajriba almashish, mamlakatimiz yoshlarining munosib vakillarini xalqaro anjumanlar, ko‘rik-tanlovlar, festivallar va sport musobakalariga yuborishga ko‘maklashish.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda madaniy tadbirlarni amalga oshirish.
Yoshlar turizmini rivojlantirish, yosh sayoxlar guruhlarini tashkil etish va ularning chet ellarga safarlarini uyushtirish. Harakat O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligida Davdat ruyxatiga olingan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga, aloxida mol-mulkga, o‘z muxri, blanklari, boshqa ramz va belgilariga ega bo‘ladi. Harakat mustaqil balans yuritadi, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa xisob varaqlarini ochishi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarni olishi, sudlarda da'vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Ta'kidlash joizki, Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekistan Yoshlar ittifoqi” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq o‘tgan davr mobaynida mazkur tashkilot Markaziy Kengashi va uning joylardagi bo‘limlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Respublikamizning aksariyat tuman va shaharlarida «Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari» tashkil etilgani bo‘lib, yoshlarning oldida turgan muammolarni yechish, ularning madaniy saviyasini, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar, turli ko‘rik-tanlov va uchrashuvlarni uyushtirish, o‘quvchi va talabalar o‘rtasida faoliyatini tashviqot qilish bilan bog‘liq qator ishlar kilinganini aytib o‘tish lozim.
Yoshlar Ittifoqi” faoliyatining asosiy tamoyillari kuyidagilardan iborat:
- har bir a'zoning manfaatlarini ximoya etish, fikrini xisobga olish;
- jamoa bo‘lib faoliyat yuritish, qarorlar qabul qilish birlashish,
- ozchilikning fikr-muloxazalariga hurmat bilan qarash, qabul qilingan qarorlarni bajarish uchun to‘liq, mas'ullik;
- harakatning barcha organlari quyidan yuqorigacha saylab quyilishi;
- munozaralar erkinligi, barcha organ va tashkilotlarning ishida to‘la oshkoralik;
- saylab quyiladigan yuqori rahbar organning o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlarining quyi tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiyligi;
- jamoa tarzidagi a'zolarning o‘z ichki faoliyatini va mazkur Ustav doirasidagi faoliyatini yo‘lga kuyishdagi mustakilligi;
- barcha to‘zilmalarida ishlarning «tashabbus - muhokama - loyiha amalga oshirish», yuqori to‘zilmalar tomonidan boshlang‘ich tashkilotlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish tamoyillari asosida tashkil etilishi;
Harakatning saylab quyilgan rahbar organlarining yuqori organi hamda o‘z a'zolari oldida hisobot berib turishi, harakatning maxalliy (xududiy) bo‘limlari va boshlang‘ich tashkilotlari o‘z faoliyati to‘g‘risida yuqori organlarga axborot berib borishi.
Harakatga yakka tartibda va jamoa tarzida azo bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar ixtiyoriylik asosida harakatning yakka tartibdagi a'zolari bo‘lishlari mumkin.
Jinsi, irqi, millati, tili, diniy e'tikodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyeidan katiy nazar, harakatning maksadlarini qullab-kuvvatlaydigan o‘n turt yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar harakatning yakka tartibdagi a'zosi bo‘lishlari mumkin.
Harakatga yakka tartibdagi a'zolik shaxs o‘ttiz yoshga to‘lgandan keyin to‘xtatiladi, lekin, harakat a'zosining bergan arizasiga asosan harakat mahalliy (xududiy) bo‘limining saylab qo‘yiladigan rahbar organi yoki boshlang‘ich tashkilotining karori bilan o‘zaytirilishi mumkin.
Harakatning saylab qo‘yiladigan rahbar organlari tarkibiga saylangan shaxslar harakatning yakka tartibdagi a'zosi bo‘lib hisoblanadi.
Harakat a'zoligiga yakka tartibda qabul qilish boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishi, boshlang‘ich tashkilotlarning Kengashi yig‘ilishi tomonidan amalga oshiriladi. Harakatga a'zo bo‘lib kiruvchilar tegishli mazmundagi ariza beradilar.
Ustavida belgilangan maqsad va vazifalari harakatning Ustaviga zid bo‘lmagan yuridik shaxslar yoshlar va bolalar jamoat birlashmalari, nodavlat, notijorat tashkilotlari (a'zolari bolalar va yoshlardan iborat bo‘lgan yoki faoliyat ob'ekti bolalar va yoshlardan iborat) harakatning jamoa tarzidagi a'zolari bo‘lishlari mumkin. Harakatning jamoa tarzidagi a'zolari a'zolikka harakat mahalliy (xududiy) bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.
Yoshlar Ittifoqi” harakatga a'zolik quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

  • o‘z xoxishiga ko‘ra shaxsiy arizasi asosida;

- harakat a'zosining yoshi a'zolik yoshidan o‘tganda.
- harakatning jamoa tarzidagi a'zosi rahbar organining qarorini takdim etish orkali harakatdagi a'zoligini to‘xtatishi mumkin.
Yoshlar Ittifoqi” harakatning barcha a'zolari quyidagi teng huquqlarga egadirlar: umumiy yig‘ilishlar, Konferensiyalar, qurultoy, harakatning saylab qo‘yiladigan rahbar organlari majlislari va harakatning matbuot nashrlarida har qanday masalalarni muhokama qilishda o‘z fikrini erkin bildirish;

  • o‘zi yoki o‘zi saylagan vakil orqali harakatning saylab qo‘yiladigan organlari qarorlarini ishlab chiqishda qatnashish;

- harakatning xymoyasi va qullab-kuvvatlashidan foydalanish;
- harakatning saylab qo‘yiladigan rahbar va nazorat-taftish organlariga nomzod ko‘rsatish, saylash va saylanish;
- harakat organlari faoliyati tug‘risida axborot olish, o‘ziga taalluqli masalalar muhokamasida ishtirok etish va o‘z fikrini bildirish;
- harakatning har qanday organi va a'zosini tanqid qilish;
- harakatning Ustavi va Dasturi doirasidagi faoliyatida ishtirok etish, har qanday organiga ariza va takliflar bilan murojaat qilish;
- harakatning Ustavi va dasturiy vazifalarga zid bo‘lmagan hollarda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
Yoshlar Ittifoqi” harakat a'zolariiing burchlari quyidagilardan iborat:
- harakatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
- harakatning yoshlar o‘rtasida va jamiyatda ta'sir kuchi hamda obro‘sini oshirishga o‘z hissasini qo‘shish;
- harakatning organlari, boshlang‘ich tashkiloti yig‘ilishlari qarorlarini bajarish;
- harakatning boshlang‘ich tashkiloti ishida faol qatnashish.
Harakatning tashkiliy negizi boshlang‘ich tashkilotdir. Boshlang‘ich tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy - xududiy bo‘linishiga muvofik harakatning tuman va shahar bo‘limlariga birlashadilar.
Boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilarining maxalliy, idoraviy, tuman, viloyat va Respublika darajasidagi Kengashlari to‘zilishi mumkin. Boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari Kengashi o‘z faoliyatini Markaziy Kengash tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiradi.
Harakatning yakka tartibdagi a'zolari yoshlarning ish, o‘qish va xizmat joylarida tuziladigan Boshlang‘ich tashkilotiga birlashadilar.
Boshlang‘ich tashkilot kamida besh nafar harakat a'zosining xoxishiga asosan, ularning yig‘ilishi qarori bilan to‘ziladi.
“Yoshlar Ittifoqi” harakat Ijroiya qo‘mitasining qarori bilan boshlang‘ich tashkilotlarga yuridik shaxs maqomi berilipsh mumkin. Ushbu masalani ko‘rib chiqishda birinchi navbatda boshlang‘ich tashkilotning moliyaviy imkoniyatlari hisobga olinadi. Boshlang‘ich tashkilotdagi harakat a'zolarining umumiy yig‘ilishi uning rahbar organidir. Umumiy yig‘ilish bir yilda kamida ikki marta, xisobot-saylov yig‘ilishi bir yilda bir marta o‘tkaziladi. Umumiy yig‘ilish Boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga tegishli barcha masalalarni ko‘rib chiqish xuquqiga ega.
Boshlang‘ich tashkilot xisobot-saylov yig‘ilishining vakolatlari quyidagilardan iborat:
yetakchining xisobotini tinglaydi va baxolaydi;
Boshlang‘ich tashkilotning keyingi yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
Boshlag‘ich tashkilot yetakchisini, Kengashi tarkibini saylaydi;
Vakolat doirasiga kiradigan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi. A'zolar soni yuz nafardan ortganda kamida yetti kishidan iborat boshlang‘ich tashkilot Kengashi saylanadi. Kengash o‘z yig‘ilishlarini ikki oyda kamida bir marta o‘tkazadi.
1. Boshlang‘ich tashkilot Kengashining vakolat va vazifalari quyidagilardir:
2. O‘z yig‘ilishlarida vakolat doirasidagi masalalarni muhokama etish;
3. Ish rejalarni belgilash, mas'ullarning hisobotlarini eshitish;
4. Kengash a'zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
5. A'zolarning manfaatlarini himoya qilishga doir masalalarni ko‘rib chikish;
6. Boshlang‘ich tashkilot tarkibidagi yoshlar guruhlari o‘rtasida tanlovlar, musobakalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
7. O‘quv muassasasi (tashkilot, korxona) xududini obodonlashtirish tadbirlarini tashkil etish.
yetakchi boshlang‘ich tashkilotning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning umumiy yig‘ilishini chaqiradi, umumiy yig‘ilish va Kengashni boshqaradi, o‘quv yurti, korxona, tashkilot, muassasa ma'muriyati, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushma tashkilotlari, boshqa jamoat birlashmalari va fuqarolar bilan o‘zviy munosabatlarda boshlang‘ich tashkilot nomidan ish yuritadi.
Yuridik shaxs maqomini olgan boshlang‘ich tashkilotning yetakchisi quyidagi xuquqlarga ega bo‘ladi:

  • boshlang‘ich tashkilot nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;

  • boshlang‘ich tashkilotning mol-mulkini vakolati doirasida boshqaradi;

  • shartnomalar, shu jumladan xo‘jalik shartnomalari va mehnat bitimlari to‘zadi;

  • ishonchnoma beradi;

  • banklarda hisob-kitob varaqalari va boshqa varaqlarini ochadi, barcha bank, moliya hujjatlari va boshqa hujjatlarga birinchi imzo quyish xuquqiga ega bo‘ladi;

  • boshlang‘ich tashkilotning shtatidagi barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan farmoyishlar qabul qiladi va ko‘rsatmalar beradi;

  • o‘ziga berilgan vakolotlar doirasida O‘zbekistan Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga zid kelmaydigan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.

Harakat mahalliy (xududiy) bo‘limi Konferensiyasining vakolatlari quyidagilardan iborat:
- kengashning o‘tgan davr uchun hisobotini tinglaydi va baholaydi;
- bo‘limning keyingi davrdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
- vakolati doirasiga kiradigan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
- bo‘lim Kengashi raisi va uning o‘rinbosarlarini nazorat-taftish komissiyasining hisobotini tinglaydi va tasdiqlandi.
Yoshlar Ittifoqi” yuzasidan pedagogik ish yuritish: Markaziy boshqarmaning “Yoshlar Ittifoqi rahbarligini yanada yaxshilash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda uning rolini oshirish to‘g‘risida” gi qarorida yoshlar tashabbuskorligi va havaskorligini, ijtimoiy faolligini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni g‘oyaviylik va Vataniga sadokat ruhida tarbiyalash, mamlakatamiz bolalari va o‘smirlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda millionlab kishilar orasida yoshlar tashkiloti rolini oshirish zarur.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin