Nutq o’stirish metodikasi o’quv fani.
Reja:
1. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish ona tili o’qituvchisining asosiy vazifasi.
2. O’quvchilar nutqiga qo’yilgan asosiy talablar.
3. O’quvchilar nutqini o’stirishda qo’llanadigan amaliy tadbirlar
4. Maktabda yagona orfografiya va nutq rejimi
1.Og’zaki nutq odatdagi tovushli so’zlashuv nutqi bo’lib, bu nutq ko’proq ohang va turli imo – ishoralar bilan ifodalanadi.
2.Yozma nutq harf va so’zlarning ma’lum qonuniyat asosida o’zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlari: abzaslar, paragraflar orqali voqelanadi.
3.Ichki nutq odamning o’z ichida gapiradigan passiv nutqi bo’lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi.
4.Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo’lgan faol nutqdir.
Inson nutq yordamida o’zining fikrlari, his-tuyg’ulari, istaklaririni bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg’ulari, istaklarini anglab yetadi. Nutq og’zaki va yozma bo’ladi. Og’zaki nutq odatdagi so’zlashuv nutqi bo’lib, bu nutq ko’proq ohang va turli imlo-ishoralarga aloqadordir. Unda murakkab grammatik qurilmalar, qo’shma gaplar deyarli qo’llanmaydi.
Yozma nutq tuzish esa murakkabroq jarajon bo’lib, u o’quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to’g’ri jumla qurishni, har bir so’zni o’z o’rinida to’g’ri qo’llashni, imlo va tinish belgilariga rioya qilishni talab etadi.
Avvalo shuni qayd qilish lozimki, maktabda o’qitiladigan barcha o’quv fanlari o’quvchi nutqi ustida ishlashga qaratilgan bo’ladi. Ona tili fani esa bular orasida eng asosiy va muhim sanaladi.
O’quvchining bilimi, dunyoqarashi rivojlana borgan sari, uning nutqi va tafakkuri ham muttasil o’sib boradi. Ravon, ixcham, ta’sirli nutq tinglovchiga huzur bag’ishlaydi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri o’z o’quvchilarini ana shunday so’zlashga o’rgatishdir.
Maktab o’qituvchilarining, birinchi navbatda, ona tili o’qituvchisining vazifasi o’quvchilar nutqidagi nuqsonlarning oldini olib, nutqini sheva ta’siridan, har xil vulgar so’zlar ta’siridan tozalash va adabiy til meyorlariga amal qilgan holda so’zlashga o’rgatishdir.
O’quvchilar nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1.Nutqning nutq sharoitiga mosligi.
Nutq sharoiti deganda nutq yaratilayotgan paytda so’zlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Masalan, so’zlovchi bitta, tinglovchi ko’p bo’lsa, so’zlovchining baland ovozda to’xtam (pauza)larga rioya qilib, fikrni izchil va bir-biriga bog’liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning o’ziga xos ko’rinishi o’quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki uy topshiriqlarini bajarish jarayonidagi javoblarida, ma’lum bir mavzuni sinfda, biror yig’inda ochib berishdagi nutqida o’z aksini topadi.
Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri so’zlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga olishi hamdir.
2.Nutqning mazmundorligi
O’quvchi nutqi nutq sharoitiga mos tushsa hamda uning o’zi bilgan va xabordor bo’lgan voqea-hodisalarni og’zaki va yozma shakllarda bayon qilsagina mazmunli bo’ladi.
Aniq dalillar, o’quvchining shaxsiy kuzatish yoki taassurotlari, his-tuyg’ulari asosida yuritgan fikrlari o’zgalar diqqatini o’ziga tortadi.
3.Nutqning mantiqan tog’ri, aniq va izchil bo’lishi.
Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo’lsagina, uning ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir o’quvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga tog’ri baho bera olish, shu yo’l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi. O’quvchi fikrni bayon etayotganda bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan to’g’ri bog’lay olishi, mavzuga aloqador bo’lgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi, qaytariq fikrlarga yo’l qo’ymasligi kerak.
4.Nutqning boy va rang-barang bo’lishi
Nutqning boy va rang-barangligi, avvalo, fikrni bayon qilishda o’zbek tilining leksik imkoniyatlari: ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so’zlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, maqol va matallardan, ko’chma ma’noli so’zlardan, o’xshatish, sifatlash kabi badiiy til vositalaridan keng va o’rinli foydalanishda namoyon bo’ladi. Maktabgachakattayoshdagibolalarnutqinirivojlantirishningyuqoridarajasigaquyidagilarevazigaerishilishimumkinekan:
- tilningadabiyme’yorlarivaqoidalaridanxabardorlik;
- o’zfikr-mulohazalarinierkinbayonetaolish;
- muloqotgakirabilish,kattalarvatengdoshlarbilanmuomalaqilaolish;
- suhbatdoshnitinglaybilish,so’rash(savollarnito’g’riberaolish),
javobberish,e’tirozbildirish,zarurbo’lgandaesatushuntirish,izohlash.
Maktabgachakattayoshdagibolalarnutqinio’stirishdanutq-dialogikvamonologiknutqnirivojlantirishgaalohidae’tiborberishzarurbo’ladi.
Maktabgachakattayoshdagibolalardialogiknutqninisbatanosono’rganadilar.Buquyidagilarbilanifodalanadi:bolalaruyda, bolalarbog’chasidadoimodiologiknutqnieshitadi. Bundantashqari, bolalaro’zaromuloqotdabo’lib,asosandialogiknutqdanfoydalanadilar.
Metodikadabiyotlardabayonqilinishicha,adabiytilnegizidaasosanmonologiknutqyotadi. Shuninguchunhamnutqnirivojlantirishta’lim- tarbiyatizimidamuhimahamiyatkasbetadi.
Monologiknutq,muayyanmavzugaoidmantiqiyizchilgaplarshaklida
ifodalangan.Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Korsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o’stirish fanining o’rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o’zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar tilda o’z aksini topadi.
Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o’z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi fanining o'qitilishi, nutq o’stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o’stirish vazifalarini to’g’ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o’zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda.
Respublikamiz mustaqilligi o’zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirish ularga ona tilini amaliy o'rganish demakdir.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so’ng mustaqil fan sifatida shakllandi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan “Ilk qadam” tayanch dasturini o’quv jarayoniga joriy etish, nutq o’stirish metodikasi bo'yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi, nutq o’stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo'llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o’rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o’zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to’g’ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so’z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o'rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi.
Demak, nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda nutq o’stirish vazifasini amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, lo nda va obrazli so’zlashishni shakllantirish orqali ona tilini amaliy o’rgatadi, bolalarga ta'lim beradi.
Nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og’zaki nutqini o’stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so’zdan to’g’ri va o'rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo’lish kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so’zlash odobini egallashni shakllantiradi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. Ya'ni usulika bolalar nutqini o’stirish orqali ularning nutq a'zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo’lishini ta'minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi, ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq tushunarli ta'sirchan bo'ladi, bola o’z nutqini to’zatib boradi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida bolalar nutqini o’stirishning pedagogik qonuniyatlari, pedagogik faoliyatning shakllanishi va talablarini o'rganadi, nutq o’stirishning eng samarali omillari, vositalarini, usul va usullarini hozirgi zamon pedagogikasining yutuqlari, ilmiy pedagogik talablari asosida ishlab chiqadi, ta'limga, fanga tavsiya etadi. Nutq o’stirish metodikasi ana shu pedagogik vazifadan kelib chiqqan holda pedagogikaning quyidagi asosiy savollariga javob beradi.
Nimani o’rgatish kerak? Bunda maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda qanday nutqiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish lozimligini nazarda tutiladi. Bu vazifa O’zbekiston Respublikasining ta'lim mazmunini zaruriy o’zagi hisoblangan ta'lim standarti asosida amalga oshiriladi, bunda ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti bajariladi. O’quv yuklamalari meyyorga keltiriladi, tarbiyachi bolalarning o’quv faoliyati darajasi, shaxs sifatlari rivojlanishi, uning nutqiy faoliyatini nazarda tutgan holda ta'lim jarayonini tashkil etadi.
Qanday o'qitish kerak degan pedagogik savolga javob beradi. Buning uchun maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning nutqini o’stirish usul va usullarini qo'llash imkoniyati, o’rni, qo'llangan usullar samarasi nazarda tutiladi, usul va usullarni takomillashtirishga zamonaviy texnologiyani joriy etishga alohida diqqat qilinadi.
“Ta'lim to’g’risi”dagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda an'anaviy usullar bilan bir qatorda noan'anaviy, o'yin usulining qo'llanishi, mujassam mashg’ulotlarni tashkil etilishi, ayniqsa, hozirgi zamon yaxshi pedagogik texnologiyani ta'limda qo'llash kabilar bunga misol bola oladi.
Nima uchun aynan shunday o'qitish kerak? savoliga usulika fani nutq o’stirishning nazariy va amaliy asoslangan omillari, vositalarini qo'llash zarurligini ifoda etadi.
Nutq o’stirish metodikasining asosiy vazifasi tarbiyachilarni maktabgacha ta'limda nutq o’stirishning ilmiy pedagogik asoslangan, eng samarali natija beradigan omillari, vositalari va usullarini ishlab chiqish, tarbiyachi, pedagog, ota-onalarni nutq o’stirish usullari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, eng qulay usullardan foydalanish, nutq o’stirish mashg’ulotlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga doir bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Nutq o’stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og’zaki nutqini o’stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala qilishni bilishga o’rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so’z boyligiga ega bo’lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko'rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo'yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so’zlar yordamida hikoya tuzishga o’rgatiladi. Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to’g’ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so’zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo’lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi.
5.Nutqning grammatik jihatdan to’g’ri qurilgan bo’lishi.
O’quvchi so’z, so’z birikmasi va gaplarni bir-biriga bog’lash, kelishik va egalik qo’shimchalarini o’rinli qo’llash, gapning ega va kesimini moslashtira bilish kabi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi shart.
6.Nutqning ohangdor bo’lishi.
Ohang o’quvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish vositasi sanaladi. O’quvchi har bir she’riy yoki nasriy asarni ohangdorlikka amal qilgan holda, sintagmalarga rioya qilib, mantiqiy urg’uni to’g’ri qo’llab o’qishi zarur.
O’quvchilar nutqini o’stirishda quyidagi amaliy tadbirlar qo’llanadi:
1.Adabiiy talaffuzni har bir darsda o’rganiladigan qoidalarga bog’lab o’rgatish.
2.Boshqa fanlarni o’qitishda ham nutq o’stirishga e’tibor berish.
3.O’quvchi nutqidagi adabiiy tilga xos bo’lmagan dalillarni tushuntira bilish.
4.Fonetika o’qitishda aytilishi bilan yozilishi farq qiladigan tovushlar talaffuziga e’tibor berish.
5.Orfografik malakalarni mustahkamlashga oid darslar.
6.O’quvchilarni turli tadbirlarda va yig’inlarda chiqib so’zlashga odatlantirish.
7.She’riy va nasriy asarlardan parchalar yod oldirib borish.
Maktabda yagona orfografiya va nutq rejimi maktab ma’muriyati va o’qituvchilar jamoasi oldiga o’quvchilarning savodxonligini oshirish, ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish ishida faol ishtirok etish vazifasini qo’yadi. Bunda savodxonlik va nutq madaniyatini o’stirishda yagona talab amalga oshiriladi.
Yagona orfografiya va nutq rejimi quyidagilarga alohida e’tibor berishni talab qiladi:
1) o’qituvchining adabiiy talaffuz meyorlariga to’la rioya qilishi, darsda orfografik va punktuatsion talablarga hamda chiroyli yozuv qoidalariga to’la amal qilgan holda yozish;
2) buni o’quvchilardan ham talab qilish: og’zaki javoblarida bo’ladigan orfoepik, shevaga xos va gap qurilishiga oid xatolarni tuzatib borish;
3) barcha fanlar bo’yicha tutgan daftarlarida xatoning bo’lmasligi, kalligrafiya qoidalariga rioya qilish;
4) maktabda mavjud turli jadval, e’lon va ro’yxatlar, shiorlarni orfografik-punktuatsion va stilistik jihatdan savodli yozish;
5) “Imlo lug’ati”dan muntazam foydalanishni barcha fan o’qituvchilaridan talab qilish;
6) maktabda “Lug’at doskasi”, o’quvchilarda “Notanish so’zlar lug’ati” mavjud bo’lishi lozim.
Yagona orfografiya va nutq rejimini amalga oshirishda ona tili va adabiyot o’qituvchilari tashabbuskor bo’ladilar.
Inson nutq yordamida o’zining fikrlari, his-tuyg’ulari, istaklaririni bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg’ulari, istaklarini anglab yetadi. Nutq og’zaki va yozma bo’ladi. Og’zaki nutq odatdagi so’zlashuv nutqi bo’lib, bu nutq ko’proq ohang va turli imlo-ishoralarga aloqadordir. Unda murakkab grammatik qurilmalar, qo’shma gaplar deyarli qo’llanmaydi.
Yozma nutq tuzish esa murakkabroq jarajon bo’lib, u o’quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to’g’ri jumla qurishni, har bir so’zni o’z o’rinida to’g’ri qo’llashni, imlo va tinish belgilariga rioya qilishni talab etadi.
Avvalo shuni qayd qilish lozimki, maktabda o’qitiladigan barcha o’quv fanlari o’quvchi nutqi ustida ishlashga qaratilgan bo’ladi. Ona tili fani esa bular orasida eng asosiy va muhim sanaladi.
O’quvchining bilimi, dunyoqarashi rivojlana borgan sari, uning nutqi va tafakkuri ham muttasil o’sib boradi. Ravon, ixcham, ta’sirli nutq tinglovchiga huzur bag’ishlaydi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri o’z o’quvchilarini ana shunday so’zlashga o’rgatishdir.
Maktab o’qituvchilarining, birinchi navbatda, ona tili o’qituvchisining vazifasi o’quvchilar nutqidagi nuqsonlarning oldini olib, nutqini sheva ta’siridan, har xil vulgar so’zlar ta’siridan tozalash va adabiy til meyorlariga amal qilgan holda so’zlashga o’rgatishdir.
O’quvchilar nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1.Nutqning nutq sharoitiga mosligi.
Nutq sharoiti deganda nutq yaratilayotgan paytda so’zlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Masalan, so’zlovchi bitta, tinglovchi ko’p bo’lsa, so’zlovchining baland ovozda to’xtam (pauza)larga rioya qilib, fikrni izchil va bir-biriga bog’liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning o’ziga xos ko’rinishi o’quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki uy topshiriqlarini bajarish jarayonidagi javoblarida, ma’lum bir mavzuni sinfda, biror yig’inda ochib berishdagi nutqida o’z aksini topadi.
Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri so’zlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga olishi hamdir.
Respublikamiz mustaqilligi o’zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirish ularga ona tilini amaliy o'rganish demakdir.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so’ng mustaqil fan sifatida shakllandi.
Dostları ilə paylaş: |