TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi 1.O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajaraëtganda u ëlg‘iz emas, shu sinfda dars beraëtgan turli fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunëqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O‘quvchilarni darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2.O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqish va qobiliyatini o‘stirish har bir o‘quvchining individual psixik xususiyatlairni hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va haëtiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o‘quvchining sog‘ligini mustahkamlashga ham e'tibor beradi.
3.Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning yuqori darajada o‘zlashtirishini ta'minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolaëtgan o‘quvchilarga o‘z vaqtidan kechiktirmay ërdam uyushtiradi.
4. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta'min etadi, maktab miqësida uyushtirilaëtgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta'minlaydi.
5.Sinf o‘quvchilarining ota onalari, o‘quv kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.
6.Sinf rahbari shu sinfda dars beraëtgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7.Sinf rahbari o‘z sinfidagi turli hujjatlarini, sinf jurnali, o‘quvchilarning kundaliklari, tabelar, shaxsiy ma'lmuotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Ko‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablari o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma'naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo‘lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o‘ynaydi.
Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siësiyligining darajasiga bog‘liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam, egallab borishi bilan o‘zining bilimini, ongini oshiradi.
Sinf rahbarining axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma'naviy qiëfasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni o‘zi yetrali emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta'sir o‘tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobiliyati juda ko‘p sifatlarni chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon jaxti bilan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomala nazokatlilik, qalb ëshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo‘shimacha ishda muvaffaqiyat ta'minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.
Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish, o‘z muomalasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy ëndashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o‘zi bolalarni tarbiyalamoqchi bo‘lgan g‘oyaviy axloqiy barkamollikka mos bo‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko‘pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qo‘yilaëtgan talablar tarbiyachi xarakterida hamisha ham namoën bo‘lavermasligidadir.
Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko‘rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ qobiliyatga ega bo‘lishi, ro‘y beraëtgan voqyea va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog‘lab baholashgina emas, balki ro‘y berishni sababiga qarab hukm ham chiqarishni, ijod qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Sinf rahbari maktabdagi eng yetuk pedagog hisoblanib, u bajaradigan mehnatning o‘lchovi, chegarsi yo‘q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo‘lmaydi. Shu bilan bir qatorda, u beg‘araz, xolis shaxs bo‘lib, jamoatchilik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar otaonalar va o‘quvchilarni o‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarining nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarini bir markazga birlashtirish, o‘zaro aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta'sir o‘tkazish va ayni vaqtda o‘zining o‘rnini aniq ta'minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta'minlashga garov bo‘ladi. Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularni fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib boradi. Hatto o‘zlashtirish yuqori bo‘lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta'lim sifatini oshirishga harakat qilish zarur.
Ayrim maktablarda yuqori o‘zlashtirishga erishishda o‘quv-didaktik masala sifatida maktabda ta'lim tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga boliq bo‘ladi. O‘qish jaraënida bolalarda mehnatsevarlik, diqqatni, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni muvaffaqiyali o‘zlashtirishga ërdam beradi.
Maktabda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar sistemasi to‘g‘ri va bevosita sinfda o‘zlashtirishni ko‘tarishga ta'sir etadi. Sinf rahbari o‘qituvchilar bilan hamkorlikda bolalarni o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. O‘quvchilarning o‘qishlarini nazorat qiladi, darslarga kiradi, kuzatadi va o‘z sinfdagi o‘quvchilar bilan birgalikda sinfda o‘quv ishlarining sifatini oshirish choratadbirlarini belgilaydi. Yuqori sinflarda yuqori o‘zlashtirish uchun kurash susaymaydi, aksincha u yana ko‘proq ahamiyat kasb etib boradi.
1. O‘quv mehnatiga ongli munosabatda va unga ma'lumot bilan ëndashish hissini tarbiyalash bilimning sifatli bo‘lishi bolaning o‘qishga bo‘lgan intilishiga, qiziqishiga ularning harakatchanligiga, diqqatiga, faoliyatiga, tashabbuskorligiga, mustaqilligiga bog‘liqdir. Bunday sifatlarni o‘quvchilarda shakllantirishni ularga o‘quv mehnatining ijodiy ahamiyati tushuntirish va o‘quv mashg‘ulotlariga mas'uliyat bilan ëndashish o‘quvchilardan talab etish sinf rahbarining faoliyatiga muhim o‘rin egallaydi. Sinf rahbari ular oldida o‘qish bolalarni ochib berishga ijtimoiy foydali mehnat bilan bog‘lanish o‘qish bilan haët o‘rtasidagi mehnat faoliyati o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatish, vatanni himoya qilish hissini tarbiyalash orqali erishiladi.
2. Har narsani bilishga qiziqish va bilimga muhabbat uyg‘otish.
Bola bilimga qiziqmay turib, o‘qishga intilmay turib, muvaffaqiyatli o‘qiy olmaydi. Birinchi navbatda qiyinchilik bilan o‘zlashtirilgan fanlariga nisbatan bolaning qiziqishini uyg‘otish kerak. Boladagi o‘qish, mehnatga nisbatan havas va qiziqish o‘qishidagi qiyinchiliklarni yengishga. Bilim foaliyatini oshirishga qiziquvchanlik va mustaqilligini kamol topishiga olib keladi.
3. O‘quv mehnati madaniyatini oshirish.
O‘zlashtirishning past bo‘lishi aksariyat, o‘quv mehnatini sistemali va rejali olib borishda, iqtidorli bolalarning kam bo‘lishi, yetarli imkoniyat shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va o‘qituvchining asosiy vazifasi har bir o‘quvchining fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Ayniqsa bolalarda o‘qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib o‘qish va kitob bilan mustaqil ishlash uy vazifalarini bajarishda rioya qilishi, olgan bilimlarini amalda qo‘llash kabi, bilim olish uchun zarur bo‘lgan sifatlarini shaklalntirish katta ahamiyatga egadir. O‘quvchilarning aqliy va jismoniy taraqqiy etishga madaniyatli bo‘lib harakat qilish va hamisha bu haqda g‘amxo‘rlik qilish lozim.
4.O‘quvchilarni o‘quv mehnatida muayyan rejaga itoat etishga o‘rgatish.
O‘quv mehnati bilan dam olishni to‘g‘ri tashkil etish, tashkiliy ravishda uy vazifalarini bajarish, ta'lim samaradorligini oshiradi. O‘quvchilar rejimga itoat etishlarini o‘qituvchi, sinf rahbari va otaonalar muntazam ravishda nazorat qilib borishlari kerak. Shu yo‘l bilan ularni muvaffaqiyatli o‘qishga, o‘quv mehnatida saramjonlikka o‘rgatish mumkin.
5.O‘quv jaraënida o‘rtoqlariga ërdam berishni uyushtirish.
O‘rtoqlariga o‘zaro ërdam, sinfda ulgurmovchilikni, ikkichillikni va maktabni tashlab ketish hollarining oldini olishga ërdam beradi. Shu bilan birga sinfda o‘rtoqlik, do‘stlik va bir jamoa bo‘lib shaklalnishiga olib keladi.
6.Sinf o‘quvchilari bilan birga bo‘lishi va yaxshi hamkorlik.
Sinf rahbari ta'lim tarbiyaviy ishlarni yakka o‘zi emas, balki shu sinflarda dars beruvchi boshqa o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etadi. O‘quv ishlarida sinf rahbarining va shu sinfda ishlaydigan boshqa o‘qituvchilarning bir ëqadan bosh chiqarib ishlashi, o‘quvchilarga nisbatan yagona talabni amalga oshirish va o‘quvchilarning bir biriga o‘zaro ërdamlari ta'lim tarbiya sifatini oshiradi.