VIII. Sinf rahbari ish rejalari va ularni tashkil etish: Sinf rahbarining ishi reja asosida olib boriladi. Uning ish rejasini maktabning umumiy rejasi asosida direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Sinf rahbarining yillik ishlarini rejalashtirish, sinfda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga yordam berish, ular samaradorligini oshirish, sinf rahbarlari ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida maktabda sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmalariga maktabdagi barcha sinf rahbarlari a'zo bo‘ladilar. Sinf rahbarlarida oylik, (o‘quv yili bo‘yicha) choraklik va yillik rejalari, umumxalq bayramlarini o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejalari va ssenariylari, tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mashg‘ulot ishlanmalari, o‘quvchilarni qiziqishlari asosida ijodiy birlashmalar (to‘garaklar, sport seksiyalari, klublar va boshqalar)ga jalb etish daftari, tarbiyasi og‘ir (muntazam dars qoldiradigan) o‘quvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash rejalari, ota-onalar majlisi bayonnomalari, ota-onalar bilan suhbat daftari, o‘quvchilarning turar joylari, ularning ota-onalari haqida batafsil ma'lumotlar kabi ish hujjatlari yuritilishi lozim.
Shuningdek, sinf rahbari o‘quvchilar shaxsiga oid ma'lumotlar (shaxsiy delo) ni shakllantiradi va saqlaydi. O‘quv yili choraklari va yakuni bo‘yicha hisobotlar beradi. Sinf rahbarlari faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha hisobotlarini ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga topshiradi.
Sinf rahbari o‘quvchilarning birinchi tarbiyachisi va murabbiysi.Hozirgi vaqtda maktab va uydagi o‘quv tarbiya ishlarini amalga oshiraëtgan pedagogik jamoa oldiga katta vaizfalar qo‘ymoqda. Maktab yosh avlodning dunëqarashini tarkib toptirish, g‘oyaviy, siesiy jihatdan chiniqtirish, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilish, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayërlash lozim. Bu vaziflaarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o‘ynaydi. Chunki, u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi.