Bolalar faoliyati.
Tarbiyachi: Bolajonlar, mana bu daraxt shoxidagi olmaxonlarni sanangchi ular nechta ekan.
(5 ta) Olmaxonlarning har birida nechtadan yong’oq bor? (1 tadan) Hamma olmaxonda nechta
yong’oq bor? Qani bolajonlar, yong’oqlarni sanab chiqamiz. Yong’oqlar nechta ekan? (5 ta).
Tarbiyachi: Bolajonlar, o’rmonda shunday chiroyli ko’l bor ekan-a! Ko’lda nechta oqqushlar
suzib yurishibdi. Qani sanab ko’ringlarchi. (6 ta) Endi yo’lda davom etamiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar, qaranglar, 100 yoshga kirgan daraxt yonidan chiqib qoldik. Uning
tagida qo’ziqorinlar o’sadi. Daraxtning o’ng tomonidagi 6 ta qo’ziqorin ko’rinib turibdi-yu,
chap tomonidagi 1 ta qo’ziqorin ko’rinmay turibdi. Siz o’zingiz daraxtning chap tomoniga 1 ta
qo’ziqorin chizib qo’ya qoling. Endi sanab chiqing, jami qo’ziqorinlar nechta bo’ldi? (7 ta).
Tarbiyachi: Daraxtda 8 ta chumchuq bor edi. “Pir” etib hammasi uchib ketdi. Lekin
rasmdagidek,-osmonda ularning ettitasi ko’rindi. Jami 8 ta bo’lishi uchun nechta qush
chizishingiz kerak? (1 ta) Endi hammasini sanang, nechta bo’ldi? (8 ta).
Dostları ilə paylaş: |