Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, agar e’tibor bergan bo’lsangiz ba’zi geometrik shakllar o’xshash, shu
bilan birga ularning farqli jihatlari ham bor. Bu shakllar nima deb ataladi?
Bolalar: To’g’ri to’rtburchak va kvadrat.
Tarbiyachi: Biz kvadrat bilan to’g’ri to’rtburchakni taqqoslab, ular nimasi bilan o’xshash va
nimasi bilan farq qilishini bilib olamiz. Bolalar qo’lingizga kvadratni oling va uning chetidan
barmoq yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (Bolalar kvadratning tomonlari va
burchaklarini topishadi hamda ko’rsatishadi.)
Tarbiyachi: Endi to’g’ri to’rtburchakni qo’lingizga oling va uning atrofidan barmoq yuritib
chiqing. To’g’ri to’rtburchakda nimalar bor? To’g’ri to’rtburchakda va kvadratda nechtadan
tomon va nechtadan burchak bor?
Bolalar tomon va burchaklarni sanab chiqadilar.
Tarbiyachi: Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakda burchaklar soni tengmi?
Dostları ilə paylaş: |