Bolalarning javobi.
Tarbiyachi: Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning tomonlari nechtadan?
Bolalarning javobi.
Tarbiyachi: Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak tomonlarining uzunligi haqida nima deyish
mumkin? Ularning tomonlarini qanday o’lchash mumkin? Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakni
ustma-ust qo’yib o’lchaymiz. Ularning tomonlari teng ekanmi? Bolajonlar, kvadrat bilan
to’g’ri to’rtburchakning farqini bilib oldik. Demak, kvadratning hamma tomonlari teng ekan.
To’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari teng bo’lib, ikki tomoni uzun, ikki tomoni
kalta ekan.
Bolajonlar, hammamiz qo’limizga kvadrat shaklidagi sariq rangli qog’oz varag’ini
olamiz va uni to’g’ri to’rtburchak shakliga keltirish uchun bir tomonidan ozginasini
qo’limizda yirtib tashlaymiz. Kvadratimiz to’g’ri to’rtburchak shakliga aylandi.
Endi to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qizil rangli qog’oz varag’ini olamiz va uni kvadrat
shakliga keltirish uchun avval bir tomonidan ikkinchi tomonga teng qilib o’ lchaymiz, bunda
ikkita teng uchburchaklar hosil bo’ladi. Mana shu uchburchaklardan ortgan joyini chizib
olamiz. Keyin chizilgan joyidan qayirib belgilab olamiz. Belgilab olgan chizig’imizdan yirtib
olib tashlasak to’g’ri to’rtburchagimiz kvadrat shakliga aylanadi.
6
|