2-ko‘rinish. Qo‘lqopning ikki chekka va o‘rtasidagi qismlari olib tashlanadi. Qirqilgan joyi tikib qo‘yiladi. Undan quyonni yasash mumkin.
3-ko‘rinish. Qo‘lqopning faqat o‘rtadagi qismi qirqib tashlansa, undan echkini yasash mumkin. Shuningdek, har bir har bir qirqib o‘rni tikilgan qo‘lqopning ichi paxta (paralon yoki material qirqimlari bo‘lishi ham mumkin) bilan to‘ldiriladi. Har bir hayvonning tashqi ko‘rinish xususiyatiga qarab bezak beriladi. Bundan tashqari bolalar qo‘g‘irchoqlarni qo‘llariga kiyib harakatlantirishlari uchun qo‘lqopga maxsus moslama tikishham mumkin.
4-ko‘rinish. Uzun paypoq ichi ham paxta (paralon yoki material qirqimlari bo‘lishi ham mumkin) bilan to‘ldiriladi. Ilonning tashqi ko‘rinish xususiyatiga qarab bezak beriladi. Ilonning bosh va bel qismiga sim o‘rnatib, uni o‘rnatish mumkin.
5. Qutili qo‘g‘irchoqlar. Qutili qo‘g‘irchoqlar ham oddiy sharoitda yasash mumin bo‘lgan qo‘g‘irchoqlardir. Bu ayniqsa, bolalarning ijodiy faoliyati uchun juda qiziqarlidir.
Kerakli jihozlar: tabiiy (uy) sharoitidagi tashlandiq (ishlatilmayotgan), lekin butun qutilar (gugurt, choy va boshqa narsa-buyum qutilari), qaychi, bezash uchun rangli qog‘ozlar, yelim.
Tayyorlash jarayoni: masalan, xo‘rozni yasash uchun katta-kichik o‘lchamda uch xil quti olinadi. Dastlab katta quti, o‘rta va yana sal kattaroq qutilar birin-ketin joylashtiriladi. So‘ngra yupqa qog‘ozdan xo‘rozning toji, ikki yon boshiga qanotlari, ko‘zi, qoshi dum qismi, og‘zi yasalib, yopishtiriladi:
Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘g‘irchoq teatrini tashkil qilishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur: birinchi navbatda ertak bilan tanishib chiqiladi. Ertakning voqea bo‘lgan joylari, sahna ko‘rinishlari eskiz qilinadi. Bu eskiz qo‘g‘irchoq teatri “tili”da dekoratsiya eskizi deyiladi. Masalan: uy, daraxt, stol, stul va hokazo narsalar bunga misol bo‘lishi mumkin. qahramonlar esa bitta-bitta o‘rganilib, xarakterlari va ularga xos obrazlar yaratiladi.