Maktabgacha pedag


Bola tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə118/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   213
Maktabgacha pedag

Bola tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar


ta’limoti
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o'z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g'oyani ilgari surgan edilar.
Bu g'oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen Semon, Shari Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug'ullanishi kerak, degan g'oyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug'ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
Rizouddin ibn Fahriddinning "Oila” nomli risolasida bola tarbiyasi yomon niyat va qo'pollik bilan emas, balki sabr-toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, shafqat-u sezgirlik bilan bo'lishi kerak. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go'dakni nazoratsiz tutish ulug' xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o'rtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi haqida fikrlar berilgan (Rizouddin ibn Faxriddin. Oila. - Т.: Mehnat, 1991).
Ma’lumki, bola 2-3 yoshidan boshlab, o'z ehtiyojlari, fikr va talablarini birmuncha aniq ifoda etadigan bo'lib qoladi. U ko'zi- ga ko'ringan, aqli yetgan narsalarni so'ray va ularni sinchkovlik bilan tekshira boshlaydi. Ota-onalar milliy fazilatlarimizga muhabbat bilan qarash, razolatlardan nafrat qilish yo'llarini bolalarga o'rgatadilar. Xalqimiz orasidagi buyuk odamlarning kamolotlari to'g'risida so'zlab beradilar.
Bolalarni kamtarlik va donolikka o'rgatishda buyuk o'zbek mutafakkiri Abu Ali ibn Sino kabi olimlarimizning hayot namunalari va bizga meros qilib qoldirgan durdona fikrlarini asos qilib olish foydalidir. U manmanlik, maqtanchoqlik va o'zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi xususiyatlarni kishining axloqi past ekanligini ko'rsatuvchi belgilar deb ta'kidlaydi. Uning fikricha oilada bola yoshligidan boshlab faqat


429




yaxshi odatlarga o'rgatilishi kerak. Bu esa unda mustahkam xarakter shakllanishiga zamin yaratadi. Ibn Sino yosh bolalarni yaxshi axloqli jismoniy sog'lom qilib yetishtirishda ko'pgina foydali usullarni ko'rsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy namuna bo'lish usuli g'oyat katta ahamiyatga ega ekanligi qayta-qayta uqtirib o'tgan. Ibn Sino oilaviy tarbiya to'g'risidagi fikrlarning chuqur mazmunini va amaliy ahamiyatini uning quyidagi so'zlaridan bilib olish mumkin. Bolaning xulqini mo'tadillikda saqlashga alohida e'tibor berish kerak. Unga esa bolalarni qattiq g'azablanishdan, qo'rqish, xafalik, uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Bolani xohlagan va foydali narsasini darhol topib berishga hamda sevmagan narsasini ko'zdan uzoqlashtirishga doim tayyor boiib turish kerak. Bu ishning ikki xil foydasi bor. Bir tomondan bolaning ruhiga foyda qiladi, bola eng yosh chog'idanoq xushhulq odam boiib qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning tanasiga foyda qiladi. Chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlariga sabab boiadi. Shuningdek, agar yomon hulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Ibn Sino o'zining "Tadbirul manozil" asarining katta bir bobini oilaviy tarbiya masalalariga bag'ishlagan. U bu asarida kishilarning oilaviy munosabatlarning deyarli hamma tomonlarini ko'rib chiqadi. U oila boshlig'i oldiga katta talablar qo'yadi, u oilaviy tarbiyani ham amaliy, ham nazariy tomondan yaxshi bilish zarurligini uqtiradi.

Mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida ota- onalar va tarbiyachilar obro'yining bolaga ta'sir kuchi haqida ham fikr yurgizadi. Bu esa hozirgi talablarga ham javob beradi. U ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta'sirining bor kuchi obro'ga asoslanadi, deydi. Biroq bu obro' tabitan berilmaydi, sun'iy ravishda yaratilmaydi, qo'rquv, qo'rqitish, zo'rlik bilan erishilmaydi, balki ota-onaga nisbatan mehr oqibatdan kelib chiqadi, deb ta'kidlaydi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy xalqimiz rasm- rusumlarivamilliyodatlarnijudanoziktushunaredi.Shusabab-


430




li inson xulq-atvori, madaniyatining hatto eng oddiy masalalar ham uning diqqatidan chetda qolmadi. A.Navoiy tarbiyada xatolikka yo'l qo'yish mumkin emasligini uqtiradi. Haqiqatdan ham bolani tarbiyalshda shunday xatoliklar uchraydiki, ular faqat oilaning hayotida emas, balki jamiyat hayotida ham aks ettiradi. Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli-tumandir. Ular orasida keng tarqalganlardan biri ota- onalarning haddan tashqari hukmronlikka intilishlaridir; bolaning erka bo'lishi ularga nisbatan biror talabning yo'qligi bilan bog'liq; ota-ona, buvilar tomonidan tarbiyada yagona talablarning yo'qligidir; oilaviy tarbiyadagi barqaror xatolar oilaning tuzilishi va oilaviy munosabatlar bilan, kattalarning o'z fuqarolik burchlarga munosabati, ularning g'oyaviy yo'nalishi, mehnatga munosabati bilan bog'liq munosabatlar bilan, kattalarni o'z fuqarolik burchlariga munosabati, ularni g'oyaviy yo'nalishi, mehnatga munosabati bilan bog'liq. Bu belgilarga ko'ra oilaning bir necha turini ajratish mumkin. Tarbiyachilarga oila turlarini bilish va u bilan o'ziga xos holda ishlash va munosabatda bo'lish uchun zarur. Oila turlari Rizouddin Ibn Faxriddinning "Oila" nomli risolasida ko'rsatilgan.

Birinchi turi. Tinch oilalar mehnat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotda faol ishtrok etayotgan ko'pchilik oilalar kiradi. Bu turdagi oilaga ota-onalar va bolalar o'rtasida ma’naviy yaqinlik, aqlli va me’yordagi talablar bolaning ijtimoiy munosabati me’yorlarini muvaffaqiyatli o'zlashtirishi xosdir.
Ikkinchi turi. Yuzaki tinch oilalar. Bu turdagi oilalarga oila a'zolari tomonidan bolalarga qo'yiladigan talablar bir xilda bo'lmasdan, stixiyali tarzda bo'ladi. Bunda bolanig imkoniyatlari hisobga olinmaydi. Bolaning hayoti noto'g'ri tashkil etiladi. Tarbiyaning bu turida ota-onaga nisbatan hurmatsizlik, ularning talabini bajarmaslik kabi holatlar rivojlanishi mumkin. Yuzaki tinch oilalar bilan ishlashda tarbiyachi ota-ona diqqat-e’tiborini oiladagi psixologik vaziyatni, ota-onalar o'rtasidagi munosabat yo'nalishini o'zlashtirishga qaratadi.




Notinch oilalar. Bunday turdagi oilalarda ma'naviy qiziqishlar kam bo'ladi. Bunday oilalarga ishlab chiqarish, oilaviy vazifalarga befarq munosabatda bo'lish, oilaviy an’analarga e'tibor bermaslik, uy ishlariga Ioqayd munosabatda bo'lish xos bo'ladi. Bola qo'rs, qo'pol, urishqoq bo'lib qoladi. Kattalar va jamoa tartiblariga bo'ysunmaydi. "Tarbiyasi og'ir” bolalarning ko'p qismi ana shunday oilalarda yetishadi. Zamonaviy sharoitlarda notinch oila muammosi eng dolzarb muammolardandir. Oila - maktabgacha ta'lim yoshidagi bola uchun birinchi ijtimoiy muhitdir. Agar u notinch bo'lsa, bolaning sog'lig'iga ham, uning xulqiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu xildagi oilalarning bolalari taqdiriga ular qatnaydigan maktabgacha ta'lim muassasasi befarq qaramasligi kerak. Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi o'z tengdoshlari bilan munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga qanday kechinmalar yuz berayotganini sezadilar.

To'Iiqmas oilalar. Bu turdagi oilada ota-onadan biri bo'lmay­di. Bunday oilalarda ota-onalardan birining yo'qligini bildir- maslik uchun oila a’zolaridan har birining bolaga ta’sirini kuchaytirish, bola o'zaro munosabatlarda kamchilik sezmas- ligi uchun bola tarbiyasiga oiladan ketgan a'zoni boshqa qa- rindoshlarini jalb qilish muhimdir. Shunday qilib maktabga­cha ta'lim muassasalarida oila bilan ishlash o'ziga xos xususi- yatga ega bo'lib, oilaning turiga bog'liq holda o'tkaziladi. Mak­tabgacha ta'lim muassasining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo'lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma-xil va o'zaro bog'liq bo'lgan shakl va usullar yordamida rejali ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin