1. Ma'ruza matnini o'qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo'yib chiqing: В./ В. /В. texnologiyasi В - bilaman В - men uchun yangi ma'lumot В - men bilgan ma’lumotni inkor etadi ? - noaniq (aniqlashtirish talab etiladigan) qo'shimcha ma’lumot. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
486
Mavzu savollari
В
В
В
1. Maktabgacha ta'limning mazmun- mohiyati va taiim tizimida tutgan o'rni
2. O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari
3. Mustaqillik yillarida maktabgacha taiim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari
4. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari.
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasasi - davlat tomonidan tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasasi. Tipovoy loyiha - Maktabgacha taiim vazirligi tomonidan belgilangan namunaviy loyiha. Direktiv hujjat- me’yoriy yo'riqnoma, ko'rsatma. Me’yoriy hujjat - maktabgacha taiim sohasiga oid qonunlar, farmonlar, qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar, qonunosti hujjatlar. Nazorat uchun savollar: Maktabgacha taiim tizimining mazmun-mohiyati nimada namoyon boiadi?
«Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida maktabgacha taiim tizimiga qanday ahamiyat berilgan?
Ijtimoiy maktabgacha ta'limning rivojlanish tarixini yoritib bering.
Maktabgacha ta’limning vazifalari nimalardan iborat?
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning qanday tamoyillarini bilasiz?
487
Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy ish hujjatlarini izohlab bering.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi qaysi javobda to'g'ri berilgan? yasli-bog'cha, maktabgacha muassasa-maktab bog'cha-maktab-litsey majmuasi
v) maktabgacha ta'lim muassasasi-maktab-litsey, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari g) maktab, litsey, bog'cha-maktab Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish tamoyillari qaysi me'yoriy hujjatda belgilab berilgan? «Ta'lim to'g'ri sida»gi Qonunda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
v] O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida g) «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Nizomda «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 18-moddasi ta'limning qaysi turiga bag'ishlangan? o'rta maxsus, kasb-hunar tizimiga
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
v) maktabdan tashqari ta'lim g) oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta'lim olish «O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Nizomning maqsadi qaysi bandda to'g'ri keltirilgan? bola shaxsini, maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq, sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish
maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan sog'lom va etuk qilib tarbiyalash
488
v) 6-7 yoshli bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, aqliy- axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash g) maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab taiimiga tayyorlash Maktabgacha taiim muassasasining yuridik shaxs huquqi qaysi qonunda belgilab berilgan? Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
«Maktabgacha taiim to‘g‘risida»gi Nizomda v) «Taiim to‘g'risida»gi Qonunda
g) Maktabgacha taiim konsepsiyasida
489
BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI REJALASHTIRISH, MOLIYAVIY TA'MINLASH, BOSHQARISH TAMOYILLARI
Xalq xo'jaligini ilmiy asosda rejalashtirish - iqtisodiy taraqqiyot asosi Maktabgacha ta'lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xo'jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi shu asosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiril- gan va o'z nomi davlat tilidayozilgan muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqla- riga ega bo'ladi. Unda maktabgacha ta’lim muassasasi yo'nalishi bo'yicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va bolalarning o'rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladigan nazorat raqamlari, ko'rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya me'yorlari orqali muassasani saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablag'lardan foydalanishda: Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan mol- mulk uning operativ boshqarish huquqida bo'ladi. Muassasa o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo'yicha o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag'larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi. Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim
490
muassasalari faoliyati O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagiari hisobiga moliyalashtiriladi.