Liderlik hodisasi to'g'risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari haqida ham qisqacha to'xtalib o'tish o'rinlidir. Hozirgi kunga qadar boshqaruv psixologiyasi fanida liderlik to'g'risida asosan uchta nazariya mavjud. Birinchisi - “liderlik sifatlari nazariyasfdir yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo'la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig'indisi tug'ma mavjud bo'lib, bu sifatlar majmuyi uning guruhda lider bo'lishini ta'minlaydi. Masalan, 1940-yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo'lgan liderlik qirralari ro'yxatini tuzdi. Bu ro'yxatda, jumladan, tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o'ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo'Iadi-yu, qanday shakllanishi tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, so'roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlaq ko'p marta qayd etilmadi. Tadqiqot nihoyasida o'sha boshida taklif etilgan sifatlarning atigi 5% igina aksariyat respondentlar javobida qayd etildi. Bu liderlik modelini yaratish oson emasligi to'g'risida xulosaga kelishni taqozo etdi. Ikkinchi nazariya - liderlikning vaziyatga bog'liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy g'oya - lider vaziyatning mahsuli degan g'oyadir, Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ba'zi vaziyatlar ayrim shaxslarning o'zlarini ko'rsatishlari, lider bo'lishlari uchun qulay muhit bo'lib xizmat qiladi. Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo'lgan uchinchi nazariya - liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya lider guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli, deb hisoblaydi hamda uning ro'yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
580
Oxirgi yiliarda ko'plab olimlar, jumladan, rossiyalik ijtimoiy psixologlar A.N.Leontevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan me’yorlar hamda ijtimoiy kutilmalarga kim ko'proq darajada javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin, deb hisoblashmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy kutilmalar nazariyasi hozirda ko'pchilik tomonidan ma’qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun dunyoda ishlab chiqarish va uni boshqarish borasida modernizatsiya siyosatining tan olinishi, barcha davlatlarning o'ziga xos demokratiya tamoyillari asosida jamiyatni, xususan, mehnat jamoalarini boshqarish siyosatiga o'tishi munosabati bilan boshqaruv masalalariga ham munosabat o'zgardi. Jumladan, mustaqil O'zbekistonda ham erkin fuqarolik jamiyati qurish tamoyillarining yangidan belgilanganligi, Prezidentimiz tomonidan barcha jabhalarda, xususan, ijtimoiy sohalarda insonparvarlik siyosatining keng singdirilishi munosabati bilan rahbar va lider shaxslarga nisbatan ijtimoiy fikrda ham muayyan o'zgarishlar ro'y berdi. Bugun O'zbekiston sharoitida bunyodkorlik sifatlariga ega bo'lgan, o'z oilasi, mahallasi, shaxsan o'zi va jamiyat manfaatini o'ylab mehnat qilayotgan fuqaro jamiyat tomonidan ijtimoiy himoyada bo'lib, uning faoliyatini muvofiqlashtirish, unga yetarli darajada ish sharoitlarini yaratishga mas’ul bo'lgan rahbar, eng avvalo, unga g'amxo'r bir inson sifatida qarashi, mehnatdan manfaatdorlik psixologiyasini uning ongiga singdira bilishi lozim. Xalqqa yaqin bo'lib, uning dardi bilan yashash, har bir ishning istiqbolini yaqqol tasavvur qila olish - zamonaviy rahbar-liderga xos fazilatlardir. Zamonaviy psixologiya fani tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, boshqaruvda, ayniqsa, uning uslublarini tanlashda sintetik tanlovning bo'lishi ko'proq ahamiyat kasb etadi.
581
METODISTNING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo'llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi. Pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim vazirligi, maktabgacha ta’lim bo'yicha buyruq, yo'l-yo'riq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta'lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo'yicha «Ilk qadam» dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg'or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi. Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarb- ligini ta'minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo'ladi. Pedagogik kengash tarkibiga: metodist, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, ota- onalar qo'mitasining raisi hamda vasiylik kengash raislari kiradi. Pedagogik kengash yig'ilishiga jamoat tashkilotlarining
582
vakillari, maktablar o'qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo'yicha ishlaydilar. Maktabgacha ta'lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan Pedagogik kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta'lim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Pedagogik kengash maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko’rsatadigan organ hisoblanadi. Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
ta'lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari"ning bajarilishini ta'minlash;
ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul Iozim-sharoitlar yaratishga doir qaroiiar qabul qilish;
pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
pedagogik jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;
ilg'or pedagoglarning ish tajribalarini o'rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko'rsatish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash;
583
"Ustoz-shogird" an'analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
ta’lim oluvchilarni ma'naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o'z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.
PEDAGOGIKA KENGASHI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA UNING ISH MAZMUNI
Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari Kengashning raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi.
kengash yig'ilishlari o'quv yili avvalidan boshlanib, har chorakda bir marta o'tkaziladi. Zaruriyat bo'lgan hollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o'tkazilishi mumkin.
kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko'pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo'lgan taqdirda, Kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi.
navbatdan tashqari chaqirilgan yig'ilishda esa kengash a'zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.
ovoz berish tartibi kengash yig'ilishida ochiq ovoz berish yo'li bilan belgilanadi.
pedagogika kengashi tarkibiga muassasa shifokori va hamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar (vasiylik kengashi) qo'mitasi raisi, mahalla fuqarolar yig'ini a’zolari kirishi mumkin.
kengashni o'tkazish vaqti, joyi va kun tartibi muassasada bir oy oldin e’lon qilinadi.
584
kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki muassasa ma’muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.
kengashda muassasaning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo'yicha o'rganish xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o'zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigiyenik ahvoli va tarbiyalanuvchilarning sog'lig'i va muassasa faoliyatining boshqa masalalari ko'rib chiqiladi.
kengash pedagoglarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilaydi.
kengashda mashg'ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo'llari muhokama qilinadi, tarbiyalashning ilg'or usullarini joriy etish bo'yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta’lim institutlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik qilish yo'nalishlarini belgilaydi.
-kengash ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik jamoaning ma’lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning hisobotlarini tinglaydi.
kengashda kun tartibidagi masalalarni ko'rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarning ijrosi haqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi.
kengash kun tartibida ko'rilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bo'lishi, masalalar o'quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim. Kengashda ko'riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur.
Kengash qarori ijrosini nazorat qilish muassasa rahbari zimmasiga yuklatiladi.