Maktabgacha ta'lim vazirligining funksiyalari Maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: -maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
594
-yagona davlat siyosatining asosiy yo'nalishlariga, shu jumladan, maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir takliflarni ko'rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog'liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Vazirlik tizimiga kiradigan maktabgacha ta'lim muassasalarini rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari sifatli bajarilishini ta'minlash borasida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari, maktabgacha ta'lim tizimi mutaxassislariga qo'yiladigan malaka talablari bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
tarbiyalanuvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini hamda ularning o'zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ilmiy-texnik taraqqiyotdan, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’limga qo'yiladigan davlat talablari, o'quv dasturlari, darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etadi;
shu jumladan, axborot texnologiyalarini va moliyaviy nazoratning e'tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish yo'li bilan idoraviy mansub ta'lim muassasalarida byudjet qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va uning oldini olishga qaratilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini belgilaydi, maktabgacha ta’limning holatini qiyosiy tahlil qiladi;
595
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog'i faoliyat ko'rsatishining ta'lim bilan bog'liq va ijtimoiy samaradorligini tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
jurnallar,blankalar,o'quv-metodikkomplekslar,byulleten- lar nashr etilishini va Vazirlik tizimi faoliyatiga taalluqli bo'lgan o'quv qo'llanmalari e'lon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil etadi;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi;
idoraviy mansub ta'lim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtiradi;
ta'mirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarini kuz-qish fasliga tayyorlash bo'yicha ishlarni, maktabgacha ta'lim muassasalari binolari va inshootlarining joriy ish holatini saqlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim muassasalarining ehtiyojlarini aniq- laydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O'zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan maktabgacha ta'lim obyektlarida har yili olib boriladigan qurilish-ta'mirlash ishlarining tizimli monitorin- gini olib boradi;
maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’naviy-axloqiy va intellektual saviyasini oshirish maqsadida
596
bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni oshirish va maktabgacha ta'lim sohasidagi muammolarni aniqlash bo'yicha jamoatchilik fikri o'rganilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta’lim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko'makla- shadi, maktabgacha ta’lim masalalari bo'yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar va hamkorlik o'rnatadi.