Maktabgacha pedag


Maktabgacha ta'lim muassasalarini frontal yalpi tekshirishning asosiy yo'Ilari



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə191/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   213
Maktabgacha pedag

Maktabgacha ta'lim muassasalarini frontal yalpi tekshirishning asosiy yo'Ilari
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal-yalpi va tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi
Frontal-valpi tekshirishi - bu maktabgacha ta’lim muassa­sasi ishini hayotiy har tomonlama, atroflicha tekshirish shaklidir. Ya'ni, muassasaning kadrlar tarkibi, maktabgacha ta’lim dasturi talablarini bajarilishi, mudira va metodistning ta’lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy-xo'jalik ishlariga, ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish shakllari, tibbiy yordam xizmati, maktab bilan aloqa, ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal-yalpi tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat'i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga ahamiyatni ko'proq jalb qilishi lozimdir.
Frontal-yalpi tekshirish 4 yilda bir marta maktabgacha ta’lim bo'limlari (viloyat MTM, shahar, tuman MTM) tomonidan o'tkaziladi.
Frontal-yalpi tekshirish o'tkazishda avval to'la-to'kis tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plani, unda nazariyadagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi, tekshiruvchiiarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati ko'rsatiladi
So'ngranazoratchi-metodistyanabirbormaktabgachata'iim bo'yicha chiqarilgan qaror, ko'rsatma, buyruqiarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko'zdan kechirib, maktabgacha ta’lim dasturi talablarini yaxshilab o'qib oladi, shu muassasa hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u


637




bu muassasada xalq xo'jaligi rejasi, bolalarning muassasaga qatnash rejasining bajarilishi tahlil qilinadi. Kadrlar, ularning tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka oshirish ishlarini qarab, o'rganib chiqadi.

Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda avvalgi tekshirish materiallari yaxshi o'rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo'qotish bo'yicha qabul qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchi- metodist nimalarga ko'proq ahamiyat berish kerakligini belgilab beradi.
Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selkengash, organlari bilan, korkabinet va tashkilotlarga qarashli bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasalar bilan aloqa o'rnatiladi.
Nazorat qilishni, albatta, mudiraning ishtirok bilan o'tkazish kerak, tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta'lim muassasalarda esa shu korkabinetning vakili qatnashadi.
Frontal-yalpi tekshirish olib borishning asosiy yo'llari. Frontal-yalpi tekshirish nazoratchi-metodist va brigada a’zolarining mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiri­ladi. So'ngra mudira muassasa haqida, nechta guruhdan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, muassasaning texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar tarkibi (pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi) xodimlar bilan, ularning ta'lim-tarbiyaviy ishlariga baho berib, xodimlarning g'oyaviy-siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mehnat va ishlab chiqarish intizomining ahvoli, jamoaning yutuq va kamchiligi, kamchiliklar o'sishdan ko'rilayotgan tadbir- choralar xususida, tuman maktabgacha ta'lim bo'limi va boshqa tashkilotlardan iltimoslar so'raydi.
Bu suhbat muassasa to'g'risidagi tekshirish ishiga dastlabki taassurot beradi. So'ngra nazoratchi-metodist turli bo'limlar


638




bo'yicha tekshirish, o'rganish ishlarini boshlaydi. Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.

Maktabgacha ta'lim muassasadagi ta'lim-tarbiyaviy ishlarning ahvoli va «Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim- tarbiya dasturi» talablarining bajarilishi, bolalarning ko'nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari»;
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar, metod kabinet faoliyati;
Tashkiliy-pedagogik va moliyaviy-xo'jalik ishlarning ahvoli. Xalq xo'jalik rejalarning bajarilishi, yo'llanmalar soni, bolalarning davomati (bolalarning muassasaga qatnashi) ishlarning bajaralishi;
Bolalarga tibbiy yordam tomonidan xizmat ko'rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;
Ota-onalarning pedagogik, maorif ishlari;
Mudiraning maktabgacha ta'lim muassasasiga rahbarligi, rahbarlik uslubi. Mudira va metodist tomonidan ta'lim- tarbiyaviy ishlarga, dastur talablarining bajarilishiga, ularning kontrolligi tekshirish;
Muassasasining joriy-texnika bazasining ahvoli, xo'jalik faoliyati, xarajatlarni to'g'ri sarflash ishlari;
Ta'lim-tarbiyaviy ish rejalarining sifatliligi. Rejalarning bajarilishi, Pedagogik kengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota- onalar yig'ilishlarini, maktabgacha ta’lim bo'limlari tomonidan chiqarilgan, instruksiya va buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish;
Muassasada ishlab chiqarish masalalarining yo'lga qo'yilishi, hujjatlar, ularning to'g'ri jihozlashishi va saqlanishi;
Nazoratchi-metodistning tekshirish bo'yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy Pedagogik kengashning o'tkazilishi;
Frontal-yalpi nazorat qilishning yakuniy tekshirish maqsadiga va vazifasiga bog'liqdir.


639




Nazoratchi-metodist pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o'tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha ta’lim muassasasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif va mulohazalar beradi.

Nazoratlash natijasi akt bilan izohlanadi va ma'lumotnoma tuzilib, unda konkret takliflar, mulohazalar, ko'rsatiladi. Akt 2 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar maktabgacha ta’lim bo'limiga, biri muassasaga beriladi.
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta'lim- tarbiya ishning bir qismi bo'linishi nazorat qilish shaklidir.
Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab bilan aloqa», «O'yin» xodimlarning mehnati va hokazo.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Tekshirish yo'llari va savollari quyidagicha (mehnat tarbiyasi bo'yicha):
Guruh rejalarini uzoq muddatni qamrab olgan holda tekshirish (chorak, yarim yillik). Maqsad: bajarilgan va bajariladigan ishlarni aniqlash;
Mashg'ulotlarni kuzatish va tahlil qilish; bolalar mehnatning eng muhim tomonlarini ko'ra olish;

  • Kundalik hayotdagi mehnat bilan ta’minlash va tahlil qilish;

  • Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish;

  • Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish;

  • Bolalar o'yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlami kuzatish;

  • Bolalar bilan individual suhbatlashish;

  • Bolalar ishlarining tahlili;

  • Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko'rish;

  • Guruhdagi o'quv materiallarini tekshirish.

Nazoratchi-metodist guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib,
unda ko'zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yo'llarini qidiradi, osondan murakkablikka, oylik, istiqbolli


640




ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, qaysi bo'lim rejadan tushirib qoldirilganligi, ularni yuzaga keltirgan sabablarni qidirib topishi kerak.

Rejani tahlil qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish yo'llari, haftalik rejadagi mashg'ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi mashg'ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini ko'rish mumkin.
Aniqlangan kamchiliklar o'z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu kamchilik va xatolar keyingi oylarda takrorlanishi mumkin.
Mehnat bo'limini tekshirishda ko'rgazmalilik, kattalarning faoliyati, mehnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg'ulot­larni kuzatish. Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko'rishda katta ahamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida - tarbiyaehilik bolalarda qiziqish tuyg'ularini uyg'ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko'ra olishga, kuzata olishga, tanish bo'lgan voqea va hodisalarni solishtira olish malakalarini o'stirish, ko'rganlariga yakun yasay olish, fikrlash qobilatlarini o'stirishni tarbiyalash.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin