Maktabgacha pedag



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə86/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   213
Maktabgacha pedag

i


Syujetli-rolli o'yin - maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o'yin turlaridir.


Syujetli-rolli o'yin o'z xususiyatiga ko'ra aks ettiruvchi . faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o'yin mazmuniga manba bo'lib xizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o'yinda qayta ishlanadi, to'ldiriladi, sifat jihatidan o'zgartiriladi. Bolalarning bunday o'yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Bolalar o'yinining o'ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o’yin jarayonida yuklangan rol va o'yin syujetidan tashkil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o'z ichiga oladi.
O'yinning syujeti - bir-biriga hayotiy aloqador bo'lgan qator voqea- hodisalar yig'indisidir.
Rol syujetli-rolli o'yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O'yin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg'otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.
Bola o'ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakrajfdi, tor joydan, ingichka taxta ustidan o'tadi, engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo.
Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o'z xohishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo'lib qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o'yin katta ahamiyatga ega. O'yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli o'yinlar bola kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O'yinda bola o'z oldiga maqsad qo'yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topag'onlikka o'rgatadi. O'yin jarayonida juda ko'p gaplashishga, tortishishga, bahslashishga,


324




aytib berishga to'g'ri keladi. Bolalar o'zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko'p o'ylab, fikrlashishlariga to'g'ri keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va xayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Bola o'z o'yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog'liq bo'lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola o'yinida ona rolini o'ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda boiib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o'qib beradi. Bu o'yin bolada muloyimlilik, g'amxo'rlik, e’tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg'otadi.
Rolli-syujetli o'yinlarning o'ziga xos xususiyati. Rolli o'yinlarning boshqa o'yinlarga nisbatan o'ziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud boiishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to'g'risida yetarlicha tasavvurga ega boigandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan, bolalar "paroxod” o'yinini o'ynamoqchi boiishdi. Bunga o'yinning qanday borishi to'g'risida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog'liq boiadi. Bolalarda avval g'oya paydo boiadi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba'zan bolalar o'yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga "bormoqchi" bo'lsalar, sayohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar.
Bundan ko'rinib turibdiki, rolli o'yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o'zaro munosabatda bo'ladilar.
Rolli o'yinda har bir bola o'ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, haydovchi, tarbiyachi, enaga, san'atkor va hokazo.
Rolli o'yinlarda didaktik, qoidali - harakatli o'yinlardagi singari qat'iy o'rnatilgan qoida bo'lmaydi. Bunda ko'pincha bolalar o'z xayol qilgan narsalari bo'yicha harakat qiladilar. Masalan, "raketa tushib oyga uchadilar”, "paroxodda suzadilar”, "kasalni davolaydilar”...


325




Ammo bolalarning xayollari bilan o'ynashlari ularni real voqealikdan uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug'iladi, yo'q, bolalar o'zlari buning o'yinligini yaxshi biladilar.
Shu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari, qilgan harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan bo'ladi. Masalan, "doktor" rolidaga bola kasal to'g'risida qayg'uradi.
O'yin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'yinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasining kengayib borishiga bog'liq bo'ladi.
Rolli o'yinlarining mazmuni va mavzusi o'zgarishi bilan bir qatorda uning tuzilishi va o'yin shartlari o'zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbuskorligi ham o'sib boradi.
Avvalgi bolalar o'z-o'zicha alohida-alohida o'ynaydilar. Sekin-asta rolli o'yinlarning paydo bo'lishi, o'yinda kishilar o'rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o'yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta bo'lmagan guruhchalar 2-3 kishidan iborat bo'lib o'ynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar.
O'yinda har xil rollar orqali o'zaro munosabatda bo'lish bolalarda o’rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
O'yinning tuzilishi va mazmuni o'zgarishi bilan o'yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o'zgarib boradi va h.k.
Bog'cha yoshidagi bolalarda ijodiy o'yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi bolalarning o'yinlari yangi tus oladi: bola qo'g'irchoqni va o'zini kishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan, deb so'rasa, “Haydovchiman" deb javob beradi. Yoki qizcha qo'g'irchog'iga ovqat pishirayapti. "Sen kimsan?”- degan savolga “Men oshpazman" deb javob beradi.
Bolalar o'z o'yinlarida sekin-asta murakkab bo'lmagan syujetli o'yinlarni o'ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi.


326




Yana ovqat berishadi va uxlatishadi. Yoki qo'g'irchoq kasal bo'lib qolsa, darrov uning qo'li, oyog'i bog'lanadi, yolg'ondakam dori beriladi.
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. “Men oyisiman”, "Men - vrachman” deb bular birdaniga enaga, tarbiyachi, doktor bo'lib qolishi mumkin.
Bola to'rt yoshga o'tganda syujetli-rolli o'yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O'yinlar mavzui har xil boiib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o'z o'yinlarida oila, MTMni, avtobusda, tramvayda kelayotgan kishini aks ettiradilar.
Tevarak-atrofni kuzatish natijasida tasavvurlari kengayadi, bu ularning o'yin mazmuniga ta'sir etadi: bayramlar, magazin, transportning har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar o'rtasidagi bogiiqliklarni hali tushunib yetolmaydilar.
Bola besh yoshga qadam qo'yganda undagi kuzatuvchanlik tafakkuri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli o'yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolning rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo'yicha murakkab bo'lmagan o'yinlarni o'ynashadi.
O'yin mazmuni bilan bir qatorda bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori boiadi. O'yin birinchidan, xursandchilik bilan hamohang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o'z o'yinlarida aks ettiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o'yin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu o'yinlarda bolalar o'zlari eshitgan, ko'rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqa manbalardan olgan bilim, malakalarini, his-hayajonlarini to'la qoilay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o'yinlarida berilgan ta'lim- tarbiyaning natijasi yaqqol ko'rinib, sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o'ynashi to'g'risida va o'yinning qanday borishi to'g'risida o'zaro kelishib oladilar. O'yinlar uzoqroq davom etadigan boiib boradi. Bitta o'yinni uzoq vaqt, hatto bir necha kun o'ynash mumkin, bunda har gal o'yinga yangilik kiritib boriladi.


327




Uzoq davom etadigan o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlarining yuqori bosqichi hisoblanadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlariga to'g'ri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o'z an’anasiga, o'z qoidasiga ega bo'ladi. Bolalarda birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular o'rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo'lib boradi.
Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar o'rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.
Har bir bolaning o'ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo'lib boradi. Bunda bolalar faol tashkilotchi, o'ziga ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga bo'linadi.
Faol bolalar har doim o'yinni o'z xohishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba’zan o'yinni buzishadi, o'rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta’siriga tez berilishadi. Ularning ijobiy xususiyatlari, sog'lom qiziqishlari bo'ladi, tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta'sir etadi.
O'yin mavzusi o'zgarishi bilan o'yinda qatnashuvchilarning ham o'zaro munosabatlar! o'zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri o'z holicha o'ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo'lib o'ynay boshlaydi, o'rta maktabgacha yoshga kelganda o'ynovchilar soni ko'payib, o'rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o'yinga mavzu tanlashda, rollar va o'yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi.
O'yinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan o'yinchoqning roli va unga talab ham o'zgarib boradi. Kichkina bolalar o'yinini ko'pincha o'yinchoq belgilaydi. Bitta o'yinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin. O'rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin to'g'risidagi fikr avval tug'iladi. Keyin o'ynay boshlaydi. O'yinchoq o'yin mazmuniga qarab tanlanadi.


328


Bolalar o'yinlarida tasvirlash vositalari


Bolalarning o'ynashlari uchun maium vositalar kerak. Rolli o'yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar; bolalarning o'z harakatlari; o'yinchoq va boshqa materiallar; so'z.
Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o'zlarining harakatidir. Masalan, bola ikki oyog'ida sakrab quyonchaga taqlid qiladi. Ikki qoiini qimirlatib, pishillab parovoz boiadi va h.k.
Bolalarning ko'p harakatlari qurish, yasash bilan bog'liq bo'ladi, ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o'ziga o'xshatishga urinadilar. Ko'pincha qurish o'yinning boshlanishi boiib xizmat qiladi.
Taqlid vositasiga o'yinchoq ham kiradi. O'yinchoq bola harakatini toidiradi, o'ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi.
Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug'diradi. Bolalar o'yin jarayonida ba'zi bir narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o'sha xohlagan narsalarini faraz qilib juda yaxshi o'ynaydilar, masalan, taomni “konfet”, qurani "shakar”, stulni "mashina” deb atashlari mumkin.
So'z yordamida bolalar qanday o'yin o'ynashlarini kelishib oladilar. So'z yordamida bir-biri bilan muomalada boiib, o'z fikrlarini izhor etishadi. So'z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko'pincha bir vaqtda foydalanadilar.
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko'p bo'lsa, o'yin mazmuni shunchalik boyroq boiadi hamda tevarak-atrofdagi voqea- lardan taassurot shunchalik toiaroq aks ettiriladi.
O'yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon boigan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati boigani uchun uning syujetini bolalar o'zlari o'ylab topishadi va o'zlari tashkil etishadi.




O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a'zosi deb hisoblashadi, o'zaro kelishib harakat qilishga o'rganishadi.
Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o'ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va shu jamoada o'rnashib olishi lozim.
Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o'ynay olishi, diqqatini shunga to'play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o'ynay olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bolalar birgalikda o'ynashga o'tganlarida bir-birlari bilan ma'lum munosabat o'rnatishlari lozim bo'ladi. Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o'ynashga o'rgatish orqali erishadi.
Sahnalashtirilgan o'yinlar
Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish ham, qiziqish ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.


330




Bunday o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida his etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so'zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud boigan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy asarning g'oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.
Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli boiib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri aks ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha sahnalashtirilgan o'yin o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik ishini o'tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg'ulot va o'yinlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o'yinga tayyorlanish uchun ma'lum bir vaqt ajratiladi va har bir mashg'ulotda aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil she’r o'qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni, tovushlarni qanday talaffuz etish kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so'zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni talab etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o'tkaziladigan har bir mashg'ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar «Sholg'om», «Bo'g'irsoq», «Tulki, xo'roz va quyon» kabi ertakni sahnalashtirishni juda sevadilar.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday


331


o'rganiladi. Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo'yicha o'tkazish mumkin:



  1. bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak:

  1. Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko'p bo'lishi kerak.

  2. Asarda mazmun yaxshi bo'lib qolmasdan, harakatlarning xili ham ko'p bo'lishi kerak.

  3. Asar ifodali o'qishga mos kelishi shart.

  4. Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak.

  5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.

  1. bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki ertakning mazmunini o'qib berish yoki qo'g'irchoq, soya teatrida ko'rsatish orqali tanishtiriladi.

  2. bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o'qib berish, postanovka ko'rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.

  3. bosqich. O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan birga to'g'ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko'rsatadi.

Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo'lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg'om», «Bo'g'irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Sahnalashtirish o'yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi. Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko'proq qaysi asarni


332




sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo'lg'usi sahnalashtiriladigan o'yinlar jonlantiriladi.
Qurilish o'yinlari
Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.
Qurish-yasash o'yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz beradi. Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'yinlari rolli o'yinlar bilan bogianib ketadi.
Qurilish o'yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda bunyod etilgan inshootni mavjud buyum va narsalar, inshootning qurilishiga asos boiib xizmat qilgan tasavvur bilan qiyoslash, taqqoslash ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir shaklning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday qurilishni amalga oshirib boimaydi.
Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli boiishi va ulardan o'yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo'lish kerak. Bundan bolalarga qurishning asosiy usullarini o'rgatish zarurligi kelib chiqadi.
Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar.
Qurilish o'yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin boiib, ularni mehnatga tayyorlaydi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalar tafakkurini rivojlantiradi: kuzatilayotgan inshootlarning o'ziga xos xususiyatlarini aj ratib


333




ko'rsatish, tahlil va sintez qilishga, solishtirishga, o'xshash va farq qiladigan tomonlarini aniqlashga majbur etadi, vazifalarni to'g'ri hal qilishga o'rgatadi.
Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar geometrik jismlarning xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past, o'ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor) amalda olib borishga yordam beradi. Bunday o'yin orqali bolalarni maktabdagi politexnika ta'limiga tayyorlash vazifasi ham amalga oshiriladi.
Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarning ma’naviy dunyosiga ham ta'sir etadi: bolalar bilan biron inshootni kuzata turib, davlatimizning xalq farovonligi to'g'risida g'amxo'rlik ko'rsatayotganligini tushuntiradi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga javob- garlikni his etgan holda munosabatda bo'lishi hamda irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. O'yinning qizig'i shundaki, u bolalarga zo‘r zavq-shavq bag'ishlaydi.
Bolalarni ba’zi bir qurilish inshootlari bilan tanishtirish orqali estetik tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik hissiyotni tarbiyalash uchun faqat bitgan qurilish inshootini kuzatish yetarli emas, balki qurilishning borishi, ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda bolalarning o'zlarini qatnashtirish muhim ahamiyatga ega.
O'yin uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallari bilan o'ynashni rivojlantirish uchun unga muvofiq shart-sharoit yaratish zarur.

  1. Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda o'ynashi uchun yetarli bo'lishi kerak.

  2. Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni quradigan va bir necha kungacha saqlab qolishning iloji bo'lgan joy bo'lishi kerak.

  3. Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo'lgan g'ildirakli shkaf bo'lgani yaxshi. Uni bolalar


334


xohlagan tomonlariga surib olib boradilar. Shkaf ichini tartibli saqlash zarur.



  1. Qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o'yinchoqlar, o'yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo'lishi mumkin.

  2. Bolalarning o'zlari o'yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material boiishi zarur.

  3. Ona o'lkamizni, uning poytaxti Toshkentni, transportning har xil turlarini tasvirlovchi albomlar, fotosuratlar boiishi kerak.

  4. Qurilish materiallaridan barpo etilgan inshootlar namu- nalari tasvirlangan albom.

  5. Qurilish jarayonini, binolarning bezatilishini bolalar bilan kuzatish kerak.

  6. Qurilish usullarini o'rgatish lozim.

  7. Qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha hatto undan ko'proq muddat saqlash kerak.

Qurish-yasashga o'rgatishning asosiy usullari. Bolalarni qurish-yasashga o'rgatish uchun tarbiyachi turli xil usullarni qoilaydi:

  1. Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib ko'rsatadi.

  2. Tarbiyachi biron narsani o'zi qurib ko'rsatadi va bunga kirgan har bir qismni tahlil qilib beradi.

  3. Tayyor qurilish namuna sifatida ko'rsatiladi.

  4. Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko'rsatadi (tomini yasashni, qanday yopish kerakligini, biror detalni qaysinisi bilan almashtirish mumkinligini tushuntiradi].

  5. Tarbiyachi ataylab chala qurib qo'yilgan qurilishni bolalarga qurib bitkazishni taklif qiladi.

  6. Nima uchun qurish lozimligini, lining mavzusini aytadi.

  7. Har kim xohlagan mavzuda qurishni taklif qiladi.

  8. Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini, nimalar, qanday detallar ishlatilganini tahlil qilib beradi.


335


Qurish-yasash usullari bolalarga mashg'ulotlarda o'rgatiladi.


Qurish o'yinlariga rahbarlik. Bolalarning qurish materiallari bilan o'ynaydigan o'yinlariga rahbarlik usullari ularning yoshiga bog'liq. Kichik guruhda bolalar uncha murakkab bo'lmagan qurilishlarni bajaradilar.
Ular uchun stol ustiga qo'yib o'ynaladigan mayda qurilish materiallari zarur. Bitta stol atrofida birdaniga 6-8 bola ishlashi mumkin. Stol ustini qurilish materiallari egallab olmasliklari uchun stolning u boshi bilan bu boshiga pastgina skameyka yoki taburetka qo'yiladi. Bolalar o'zlarining qurilish materiallarini yashigi bilan qo'yib qo'yadilar. Bu birinchidan, stol ustida bolalarning bemalol ishlashlari uchun yaxshi, ikkinchidan, bolalarga yashiklardan kerakli qurilish materiallarini olish qulay. Bog'cha maydonchasida o'ynash uchun kub, gula, silindrga o'xshash alohida qurilish materiallaridan foydalanish zarur.
Xuddi shunday materiallar guruh xonasida ham boiishi kerak. Yilning ikkinchi yarmida bu materiallarni mashinalar qurish uchun kvadrat, to'g'ri burchak, har xil o'rtasi teshik dumaloq shakldagi faner parchalari bilan toidirish lozim. Bolalarning qurilish materiallari bilan o'ynashlari uchun tik turdagi daraxtlar, hayvonlar, mashinalar, qo'g'irchoqlar ham kerak boiadi. Tarbiyachi bu materiallardan nima qurish mumkinligini bolalarga ko'rsatadi: qo'g'irchoqqa stol, stul, karovat yasash, ular uchun bog' va bog'ning ichiga skameykalar qo'yish, mashinaga garaj yasash va hokazo.
Bolalarni qurilish materiallari bilan o'ynashga qiziqtirish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda o'ynaydi va bu materiallardan hamma bolalar foydalanishlarini kuzatib turadi. Yirik qurilish materiallari bilan guruh xonasidagi gilam ustida, yozda esa bog'cha hovlisida qurish mumkin.
MTM maydonchasida yozda qum va suv bilan, qishda qor bilan o'ynash katta o'rin egallaydi.


336




Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning yozda o'ynashlari uchun yaxshi material. Har bir guruh uchun ikkitadan qum yashigi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda hamma bolalar o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Qumda o'ynash uchun turli xil o'yinchoqlar kerak bo'ladi: qumdan har xil shakl yasaydigan mayda tunuka mashinalar, rezina yoki sellyuloiddan yasalgan odamchalar, hayvonlar shakli, plastilindan yasalgan qo'g'irchoq mebeli, qurish-yasash materiallari, uni bezaydigan narsalar: har xil faner taxtachalar (8\8, 10\10, 5\10, 4\10 sm) va yog'och kaltakchalar (10,15, 20 sm) hammasi har xil rangdagi moyli bo'yoqqa bo'yalgan bo'lishi kerak. Shu materiallarni bolalar qumga o'rnatib yo'llar, hayvonlar uchun saroy va devorlar qurishadi. Qurgan narsalarini bezash uchun kichkina bayroqchalar kerak bo'ladi. Qumni kovlash uchun bolalarga kichkina yog'och kurakcha beriladi.
Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum o'yinlari maxsus qirg'og'i ko'tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum bilan o'ynashda gigiyenik qoidaga rioya qilish kerak. Qum har doim toza va nam bo'lishi, bolalar jazirama quyosh tagida o'ynamasliklari lozim.
Kichik bolalar qum bilan o'ynaganda oldiga ma'lum maqsad qo'ymaydi. Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o'zi «quradi» va bolalarga qurishni taklif qiladi. Masalan, qumni to'plab atrofni tekislashadi, bir yonini teshib eshik ochishadi. Keyin bu uychani har xil rangdagi mayda bayroqchalar bilan bezashadi, keyin shu uy oldiga devorlar, bog'lar qurishadi, uyga qo'g'irchoqlar ko'chib keladi. O'yinni o'zgartirish uchun o'yinchoqlarni vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turish kerak: mashinalar uchun garaj, hayvonlar uchun hayvonot bog'i va boshqalar. Tarbiyachi o'yinga kichik bolalarning hammasini jalb etishi kerak.
O'rta guruhda qum kichik guruhga nisbatan ko'p to'kiladi. Yashik oldiga buferda ham o'yinchoqlar uchun javoncha bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar o'yinning mazmuni murakkablashib


337




borishi uchun tarbiyachi yordam beradi: qumdan nimalar qurish mumkinligini ko'rsatib, bolalarga ko'maklashadi, ularning o'yinlarida qatnashadi.
Katta guruh bolalari qumdan katta inshootlar quradilar. Shuning uchun bu guruh bolalarining qumi yashikda emas, balki bog'cha maydonchasining biron joyiga ancha ko'p miqdorda to'kiladi. Bu bolalar uchun qumdan tashqari loy ham bo'lishi kerak. O'yinga qo'shimcha materiallar: tabiat materiallari, ip, yog'och, faner va boshqalar ham zarur. O'ynab bo'lgandan keyin bularning hammasini maxsus ajratilgan joyga olib borib qo'yish kerak. Bolalar shahar ko'chalarini, xo'jalik dalasi, hayvonot bog'i, baland binolarni quradilar. Buning uchun qumdan, loydan va tabiat materiallaridan foydalanadilar.
Tarbiyachi bu materiallardan qanday qurishni ko'rsatib beradi.
Suv bilan o'ynash. Bolalar suvni juda yaxshi ko'rishadi. Ularning suv bilan o'ynashlari uchun bog'cha hovlisida maxsus suvhavzasi tashkil qilinadi, guruh xonasida esa oyoqli qurilma ustiga vanna o'rnatiladi. Suv bilan o'ynash uchun sellyuloiddan, rezinadan yasalgan o'yinchoqlar: baliqchalar, o'rdakcha, g'ozcha, vannasi bor qo'g'irchoqcha, qayiqchalar (yasalgan va sotib olingan], suvda suzib yuradigan narsalar kerak.
Kichik bolalarning suv bilan o'ynaydigan o'yinchoqlari oddiy bo'lib, unda o'yinchoqlarning suzishini tomosha qiladilar. Bolalar suv bilan o'ynab kichkina-kichkina syujetni aks ettiradilar: baliq va o'rdakchalarni ovqatlantirib, qo'g'irchoqni vannada cho'miltirishadi, qayiqda yoiovchilarni uchirishadi.
O'rta va katta guruh bolalarining suv bilan o'yini ancha murakkablashadi. Ular daryoda paroxodlarni yurgizishadi, poraxod to'xtaydigan bandargohlar qurishadi. Suzadigan o'yinchoqlarni harakatga keltirishadi. Suv bilan o'ynash natijasida bolalar suvning xususiyatini, nimalar cho'kib, nimalar suzishini bilib olishadi. Suv bilan o'ynash juda foydali, shuning uchun bolalarning guruh-guruh boiib suv bilan o'ynashlari uchun imkoniyat yaratib berish kerak.


338




Qor o'yinlari. Qishda bog'cha maydonchasida qor bilan o'ynash bolalar uchun eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. Har bir bolada yog'och belkurakcha va qorni tashish uchun yashikcha bilan chana bo'lishi kerak. Kichkina bolalar kattalar yig'ib qo'ygan qor uyumini yog'och belkurakchalari bilan kovlashadi. Qorni tepaga sochib, uning to'kilishini kuzatishadi, yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi va hokazo.
Qoidali o'yinlar. Didaktik o'yin turlari
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun yaratgan o'yinlari va bolalarning o'zlari yaratgan ba'zi o'yinlari mavjud. Har qaysisi ham avloddan avlodga o'tib kelgan va xalq og'zaki ijodining o'ziga xos shakliga aylangan. Qoidali o'yinlar MTMda ta’lim-tarbiya vositasi sifatida keng qo'llaniladi. Qoidali o’yin ta’lim bilan bevosita bog'liqdir.





Ularning har biri bola shaxsiga ta'sir ko'rsatadi, biroq o'yinning u yoki bu turiga mansub deyish uning asosiy tarbiyaviy ta’siriga ko'ra aniqlanadi. Masalan: «Oq terakmi ko'k terak, bizdan sizga kim kerak» harakatli o'yinida bolalardagi chaqqonlik, zehnlilik, chidamlilik malakalari rivojlanadi.
Didaktik o'yinlar. Didaktik o'yinlarning muhim elementi qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o'yin mazmunini amalga oshirishni ta’minlaydi. Didaktik o'yin ta'lim bilan bevosita bog'liq bo'lib, unga yordam beradi.
Didaktik o'yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim berish metodidir.


339




Tajribali tarbiyachi bu o'yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalarni qo'rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi.
Didaktik o'yinni amalga oshirishda har doim g'oyaviylik prinsipiga asoslanish kerak. Didaktik o'yin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi lozim.
Didaktik o'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishi, bir-biriga ko'maklashish va o'rtog'ining muvaffaqiyatidan xursand bo'lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. O'yinlar shaxsning sofdillik, rostgo'ylik kabi ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi.
Didaktik o'yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar mashg'ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi.
Bunday o'yinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga qarab top» kabi o'yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Katta guruh bolalari uchun «Ishchilar nimalar va qanday ishlarni bilishadi?», «Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?», «Kim ko'proq narsalarning nomini ayta oladi?» va boshqa o'yinlarni ko'rsatish mumkin.
Didaktik o'yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o'z shaxsiy tajribalari va mashg'ulotlarda olgan bilimlarni amalda qo'llay olishga o'rganadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarni, sensor jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi.
Didaktik o'yinlar ta'lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o'yinda amalga oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi o'zlashtiradilar.


340




Didaktik o'yin kattalar tomonidan bolalarni aqliy rivojlantirish maqsadida yaratiladi. Unda o'yin elementlari qancha ko'p bo'lsa, bolalarga u shuncha quvonch bag'ishlaydi.
Didaktik o'yinning muhim tomoni - uni o'tkazishdan ko'zda tutiladigan g'oyadir. O'yin g'oyasi bolalarda o'yinga qiziqish uyg'otadi, ko'pincha bu g'oya didaktik o'yinni boshlashga sababchi boiadi. Masalan, «Xaltachada nima bor?», yoki «Kim qanday qichqiradi» va shunga o'xshashlar.
Har bir didaktik o'yinda o'yin mazmuni, g'oyasidan kelib chiqqan qoidalar boiadi. Unda qoidaning mavjudligi harakat o'ynalishini yoki o'yinning borishini belgilab beradi, bolalarning xulqini, o'zaro bir-biriga boigan munosabatini boshqarib, kerak tomonga o'ylantirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi oichovdir.
Didaktik o'yinda amal qilinadigan qoidalar o'yin hara- katlarining to'g'ri-noto'g'riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisba­tan "U o'yin qoidasini buzib o'ynayapti" deyishlarining o'zi ularning o'yin qoidalariga qandaydir o'zgartirib boimaydigan qonundek munosabatda bolishlarini ko'rsatadi.
Bolalarning o'yin qoidalarini o'rganib olishlari va ularga rio­ya qilishlari, ularda mustaqillikni, o'yin jarayonida o'zini-o'zi, o'zaro bir-birini nazorat qila bilish qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi.
O'yinning natijasini ikki nuqtayi nazardan: bolalar va tarbiyachi nuqtayi nazaridan baholash lozim.
Agar o'yin natijasini bolalar nuqtayi nazaridan baholaganda, unda bu o'yindan bolalar qanday ma'naviy va axloqiy ozuqa olganlarini hisobga olish lozim. Didaktik vazifalarni bajarish bolalardan maium darajada zo'r berishni, ya’ni ularning aqliy faoliyatiga talabni kuchaytiradi.
Bolalar fahm-farosatlari, topag'onliklari, diqqat va xotiralarininamoyish qiladilar. Bularning hammasi bolalarning o'z kuchiga ishonchini oshiradi. Qalbini xursandchilik hissi bilan to'ldiradi, ular bundan ma’naviy qoniqish hosil qiladilar.


341




Didaktik o'yinning natijasini muhokama qiladigan tarbiya­chi quyidagilarga e’tibor berishi lozim: qo'yilgan maqsadga erishildimi, belgilangan harakat bajarildimi, shu ko'zlangan nuqtayi nazardan ma'lum natijalarga erishildimi yoki yo'qmi.
Yuqorida keltirilgan ikki vazifa ham yaxshi bajarilsa, ya'ni bir tomondan, bolalarda qiziqish uyg'ota olsa va ular faoliyatini amalga oshirishga intilsalar, ikkinchi tomondan, qo'yilgan hamma maqsad, vazifaga erishilsa, bunday o'yin yaxshi natija beradi, deb hisoblash mumkin.
O'yin qatnashchilarini rag'batlantirish, maqtash, yaxshi qatnashganlari uchun yetakchi rolni berish, ba'zan esa shu o'yinda foydalanilgan o'yinchoqni o'ynashga berish yoki mevalarni yeyishga berish mumkin, ammo bolalar bunday mukofotlarni olaman deb har qanday yo'l bilan bu ishga intilishlariga yo'l qo'ymaslik kerak.
O'yin harakatli bolalar tomonidan bajariladi. O'yin harakatlari xilma-xil ishlarda: narsalarning joyini almashtirish, yig'ishtirish, ularning rangiga, katta-kichikligiga, shakliga qarab bir-biridan ajratish, tanqidiy harakatlar va hokazolarda namoyon bo'ladi. Katta bolalarning o'yin harakatlari esa murakkabroqdir: bu o'yin harakatlari bir guruh bolalar harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati o'rtasida o'zaro bog'lanish bo'lishini, harakatlarning izchillik va navbati bilan amalga oshirilishini talab etadi.
O'yin natijasi didaktik o'yinning muayyan natijasi bo'ladi, natija esa o'yinning finali hisoblanadi. Masalan: topishmoqlarni topish, berilgan o'yin topshiriqlarini bajarish, fahm-farosatni namoyon qilish kabilar o'yin natijasi bo'lib, ularni bolalar erishilgan muvaffaqiyat deb tushunadilar.
O'yin mazmuni, g'oyasi, harakatlari va qoidalari o'zaro bir- biri bilan bog'langan bo'lib, hatto ulardan birortasi bo'lmasa ham o'yinni o'tkazib bo'lmaydi.
Didaktik o'yinning o'yin faoliyati sifatidagi o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, tarbiyachining bolalar bilan o'zaro munosabatlari o'yin tarzida bo'ladi. Tarbiyachi o'yin


342




qatnashchisi yoki uning tashkilotchisi boiadi. Bolalar ko'pincha o'yin mazmuni bilan belgilanadigan va o'yin harakatlari talab etadigan biron-bir rolni bajaradilar. Masalan, “Magazin" o'yinida bilish mazmuni shundan iboratki, xaridor bolalar o'z­lari sotib oladigan narsalarning belgilarini aytishlari, sotuvchi bolalar esa talab qilingan narsaning nimaligini xaridor aytgan belgilar bo'yicha bilib olishlari kerak. O'yin kuzatuvchanlikni mashq qilish, nutqni ravon qilish uchun xizmat qiladi. O'yin harakatlari kuzatishdan, buyumni har tomonlama ko'rib chiqish, uni tasvirlash va boshqa buyumlar bilan taqqoslashdan iborat. O'yin qoidalari xaridorning oladigan narsasini tanlab olish, sotuvchiga xushmuomala boiishi, oladigan buyumni tasvirlab berishi, uni har tomonlama ko'rib chiqish va boshqa buyumlar bilan taqqoslashi, belgisini aytish va pul toiashidan: sotuvchilarning vazifasi esa xaridor gapirganda ularni zo'r e'tibor bilan tinglash, so'zlarini boimaslik, so'ragan buyumlarni olib, qog'ozga o'rab berishdan iborat boiadi.
Ko'pincha didaktik o'yinlar bolalarning bilimiga biron-bir yangilik kiritmaydi, ammo ularni o'z bilimlarini yangi sharoitda ishlata bilishga o'rgatadi yoki ular kichkintoylardan aqliy faoliyatning turli-tuman shakllarini namoyon qilishga talab etadi. Masalan, "Ajoyib xaltacha" o'yinida bolalarga o'zlariga tanish boigan o'yinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, buning uchun esa bola o'yinchoqni boshdan - oyoq yaxshilab ko'zdan kechirishi va uning o'ziga xos begilarini eslab qolishi kerak boiadi.
Didaktik o'yinning mazmuni va turlari. Didaktik o'yinning mazmuni "MTM taiim-tarbiya dasturi" da bayon qilingan va quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  1. buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati va ishlatilishi to'g'risida bilimlar berish;

  2. mehnatning har xil turi va uning kishilar hayotidagi roli to'g'risidagi bilimlar;

V) tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari to'g'risidagi bilimlar;


343




G) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik, shakl vaqt va fazoviy tushunchalar berish.
Didaktik o'yinlar ularning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turli bolalar bog'chasining ta’lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhlar ajratib berilgan. Dasturda har bir yosh guruhning o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda didaktik o'yinning tutgan o'rni va vazifasi, mazmuni, o'tkazish uslublari belgilab berilgan. Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan asosiy maqsad - bolalarni ranglarni bir- biridan farqlash va nomini aytishga o'rgatish, har xil o'lchamlar (katta, kichik}, shakllarni (sharcha, kubcha], bilishga, ko'rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni o'stirishga yordam beradi. Masalan, "Juft kartochkalar”, ''Kattalar va kichkinalar", ''Qo'g'irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz”, "Qo'g'irchoqni cho'miltiramiz", "Bu nimaning ovozi?", "Xaltachada nima bor?” va shunga o'xshash o'yinlar.
Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq qilishga o'rgatish uchun musiqaviy didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi.
Ikkinchi kichik guruhda esa didaktik o'yinlar quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi: bolalarda didaktik o'yinchoqlar bilan yakkama-yakka o'ynash ko'nikmasini rivojlantirish, jamoa o'yinlari tashkil etish; narsalarni faqat bir rangga qarab ajrata olish, katta-kichikligiga qarab farqlash; xalqachalarni va kubchalarni muntazam shaklda terib, ulardan minorachalar yasash; tanish buyumlar tasvirlangan ikki, to'rt burchakli, olti burchakli kesma rasmlardan "Idish tovoqlarimiz”, "O'yinchoqlar" kabilarning tasvirini yig'ish; narsalarni farqlash va nomini to'g'ri aytishga o'rgatish va hokazo. Musiqaviy - didaktik o'yinlarda esa musiqa ovozlarining ba’zi bir xususiyatlarini farq qilishga o'rgatish, qadam va yugurish ritmi ("Kim kelayotir", "Sichqonlar yugurishayotir") ovoz va cholg'u asboblari tembrlarini (“Musiqaviy o'yinchoqni o'ylab


344


top”, "Ovozidan bilib ol” ajrata bilishga o'rgatish vazifalari ham hal etiladi.


O'rta guruhda didaktik o'yinlar orqali bolalar eshitish, ko'rish, sezish a'zolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materialning xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi ko'rinishiga qarab bir-bir iga taqqoslash, guruhlarga ajratishni o'rgatish vazifalari amalga oshiriladi.
Yana didaktik o'yin davomida bolalar o'rtaga qo'yilgan masalanihaletishdasabr-matonatlibo’lishga.qiziquvchanlikka, diqqat-e'tiborlilikka odatlantirib boriladi. Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab, baland- pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan farq qila olishga o'rgatib boriladi.
Katta guruhda didaktik o'yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib qo'yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni [rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni seza bilish, narsalarning joylanishidagi o'zgarishlarni] aytib bera olish kabi sensor qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o'simlik, transport ta'rif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini o'stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo'lish qobiliyatini rivojlantirish, so'z faolligini faollashtirish va toidirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va boshqalar)yasash malakasini o'stirish.
Musiqaviy didaktik o'yinlar orqali tovushlarni bir-biridan farq qilishni o'rgatish, ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholg'u asboblari ovozining tembrini farq qilish ("Kim kuylayapti?”, "Shiqildoqli childirma”), ovozning dinamikasini ajrata olish ("tez, sekin kuylaymiz’’] uchun foydalanish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o'yinlar hamma yosh guruhlaridagi kabi alohida o'rin tutadi va bu guruhda didaktik o'yinlar orqali quyidagi ta’lim - tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: bolalarda didaktik o'yinlarga qiziqish


345




uyg'otish, har bir narsani bilishga havas, kuzatuvchanlik, diqqat-e'tibor, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash. Ularga narsalarni turkumlarga bo'lishda yordamlashuvchi o'yinlarni, domino, mozaikaning har xil turlarini, shashka, sakrovchi biryo'lkalarni jumboq o'yinlar, og'zaki o'yinlar ("Dengiz to'lqillanmoqda", "Qora va oq"), ranglarni va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan farqlashni o'rgatadigan o'yinlar o'tkaziladi.
Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga diqqat bilan quloq solishga ("Tovushlarni takrorla”, "Ikki metalafonni galma-gal chalish” va h.k) ritmik shaklni gavdalantirib berishga ("O'z ritmingni o'ylab ol", "Bolalar va filchalar”), dinamik farqlarni bir-biridan ajratishga ("Ovchilar va quyonlar") o'rgatiladi.





Didaktik o'yinda bolalar har doim o'zlarini o'ynayotgandek his etishlari kerak.
Narsalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan tarbiya­chi bolalarni narsalar, ularning xususiyatlari va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari bilan, ularni ishlatish usullari bilan tanishtirish vositasi sifatida foydalanadi.
Bolalarning narsalar, ularning sifati to'g'risidagi bilimlarni mustahkamlash uchun har xil o'yinchoqlar, suratlar, uy-ro'zg'or buyumlaridan foydalaniladi.
O'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar. "Xaltachada nima bor?" o'yinning maqsadi, o'yinchoqlarning nomlari


346




bilan tanishtirish va bu o'yinchoqlar to'g'risida bilimlarni mustahkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. "Bu nima?” o'yinida bolalar qo'g'irchoqqa har xil narsalar va ularning ishlatilishi to'g'risida gapirib beradilar. Bunday o'yin guruhda, bog'cha maydonchasida, uxlash xonasida o'tkazilishi mumkin.
Didaktik o'yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi va ular nimaga kerakligi bilan tanishtiribgina qolmay balki shu narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, fazoda tutgan o'rni haqida ham tanishtiradi.
Har bir buyum va o'yinchoq o'zining aniq tashqi ko'rinishiga ega boiishi kerak, o'yinda esa qo'yilgan maqsad narsaning asosiy belgisini ajrata bilishga imkon tug'dirishi lozim.
Bunday talabga xalq o'yinlari o'z shaklining aniqligi, rangining tiniqligi bilan ko'proq javob bera oladi.
Bolalarni o'ylashga, aqliy vazifalarni bajarishga undaydigan o'yinlar ham katta ahamiyatga ega.
Bolalarning rang haqidagi tushunchalarini mustahkamlash va aniqlash uchun quyidagi o'yinlar o'tkaziladi: sharlarni rangiga qarab to'plash, "Dumaloqni dumalatish”, xalqachalarni ipga o'tkazish, "Shu rangdagi dumaloqni dumalatish”, "Kimda mana bu rangdagi xalqacha bor”, "Kim mana bu rangdagi haltachani topa oladi" va h.k.
Shakl, rang predmetlarning asosiy belgisidir. Shakl to'g'risi­da tushunchalarni "Xaltachada nima bor”, "Nima o'zgardi?", "O'yinchoqlar do'koni’', "Qo'g'irchoqni kiyintiramiz", "Bu nima?" va boshqa o'yinlar orqali aniqlash va mustahkamlash mumkin.
Qo'g'irchoq bolalarning eng sevimli o'yinchoqlaridan biri. Har bir bolalar bog'chasida didaktik jihozlangan o'yinchoq boiishi kerak. Qo'g'irchoq jihozlariga kiyim, ichki kiyim, poyabzal, idish-tovoq, mebel o'yinchoqlar kiradi.
Qo'g'irchoq bilan quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin: "Qo'g'irchoqni kiyintiramiz”, “Qo'g'irchoqni sayrga otlantira-


347




miz”, “Qo'g'irchoqni mehmon qilamiz”, “Qo'g'irchoqlar bayra­mi” "Qo'g'irchoqning tug'ilgan kuni", "Qo'g'irchoqni uxlatamiz".
O'yinlar topishmoqlar bilan qo'shib olib borilganda qiziqarli o'tadi. Masalan, "Qo'g'irchoqni uxlatamiz" o'yinida qo'g'irchoqqa karovat tayyorlayotganda tarbiyachi "Uzun,
yumshoq, yo'l-yo'l " (matras), "Oq, toza, to'rt burchak..."
(yostiq), "Paxtali issiq..." yoki "junli issiq"(adyol) va boshqa topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo'g'irchoqning karovati tayyor bo lgandan keyin qo'g'irchoqni yotqizib, "alia” aytadi.
Mebellarning nimaga ishlatilishi, o'yinchoqlarning nomini mustahkamlash uchun "Qo'g'irchoqqa xona yasatamiz”, "Qo'g'irchoqqa o'yinchoq sovg'a qilamiz" kabi o'yinlarni o'tkazish mumkin.
Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi sifatlari, nimaga ishlatilishi bilan tanishtiribgina qolmay, muayyan predmetlar orqali ularni oddiy turlarga ajratishni o'rgatib boradi; ayiq, qo'g'irchoq, quyon-o'yinchoqlar; kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq.
O'yinlarni narsa va buyumlarning tasvirli rasmlari orqali ham o'tkazish mumkin. Bularga "Bu narsa o'zi to'g'risida nima deydi?” "Kim birinchi bo'lib aytib beradi?” (bolalar diqqatini rivojlantirishga qaratilgan qo'g'irchoq, narsa va ularning shakli, rangi to'g'risida), "Kim bo'ladi?", "Qaysinisi bir xil qaysinisi har xil?” kabi o'yinlarni ko'rsatsa bo'ladi.
Bolalarning tabiat to'g'risidagi bilimlarini mustahkamlash uchun "Hidiga qarab top”, "Mazasiga qarab top" "Ushlab ko'rib top”, "Kim nimani eshityapti” kabi o'yinlarni o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Kichik yoshdagi bolalar bilan so'zli o'yinlar o'tkazilmaydi.
Katta va tayyorlov guruhlarida didaktik o'yinlar o'zining mazmun va g'oyasi jihatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va rasmlar bilangina didaktik o'yinlar o'tkaza qolmay, so'zli didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. Buyumlar va rasmlar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlarda bolalarning narsalar sifati, xususiyati, nimadan yasalgani,


348




qayerda qilingani, nima uchun kerakligi va hokazolar to'g'risi­dagi bilimi aniqlanadi hamda mustahkamlanadi. Bunday o'yinlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: "Nima nimadan yasalgan?", "Guruh xonasiga sayohat”, "Ovoziga qarab top" va boshqalar.
Umumlashtirishga o'rgatish bo'yicha turlarga ajratishni o'rgatuvchi o'yinlar katta o'rin egallaydi. "Qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?" "Fabrikada nima ish qilinadi, dalada nima yetishtiriladi?” "Kimga nima kerak?" “Kim nima bilan ishlaydi?” “Qayerda o'sadi?", “Sayohat” (shahar bo'ylab, dalaga maktabga va hokazo), "Pochta" va boshqalar.
Bolalarda dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlanti­ruvchi didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. Masalan, "Kim sanashni biladi?", "Yuramiz, yuramiz-to'xtaymiz", "Bizning kun”, "Yil fasllari" va boshqalar.
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin: "So'z qo'sh", "Orkestr", "Mana bu tovushga so'z top", "So'zlardan hikoya tuz” va h.k.
Yuqorida sanab o'tilganlar jamoa o'yinlaridir. Bular asosida yana bir qancha o'yinlar topish mumkin.
Didaktik o'yinlarga rahbarlik. Boshqa o'yinlar singari, didaktik o'yinlarga ham tarbiyachi rahbarlik qilishi lozim. Birinchi navbatda didaktik o'yinni va unga kerakli materialni tanlash kerak. Hamma guruhlar didaktik jihozlarga, bo'yi 40­50 sm keladigan qo'g'irchoqqa ega boiishi lozim. Uning jihoziga quyidagilar kiradi:

  • ichki kiyim, ko'ylak, ishton, rezinka, uzun paypoq;

  • pahmoq, satin, shoyi ko'ylak, fartuk, soiakcha;

  • qishlik palto, kuzlik palto;

  • bosh kiyimlar: shapkacha, panasma, qalqopcha, shlyapacha;

  • poyabzal: tufli sandal, yumshoq shippak;

  • yotadigan va oshxonada ishlatiladigan narsalar - ko'rpa- yostiq, matras, adyol, choyshab, ko'rpa jildi, yostiq jildi, sochiq, dasturxon, salfetka.


349




Bu hamma narsalar o'ziga mos rangda (qizil, pushti, to'q qizil va h.k.] har xil sifatli gazmoldan tikilgan va nomi har xil bo'lishi kerak.
Qo'g'irchoqdan tashqari har xil hayvonlar, qushlar, idish- tovoqlar, va transportni aks ettiruvchi o'yinchoqlar ham bo'lishi kerak.
MTMda tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturiga muvofiq bir qancha rasmlar turkumi bo'lishi kerak:

  1. kishilarning polizdagi, uy sharoitidagi mehnatini aks ettiruvchi, ularning mehnatini yengillatuvchi mashinalar rasmlari;

  2. kishilarning turar joylarini aks etiruvchi rasmlar;

V) kishilarni suvda, quruqlikda, havoda olib yuruvchi vositalarning rasmlari;
G) uy jihozlari: idish-tovoq, mebel, madaniyat buyumlari, bezakli buyumlar, o'yinchoqlar;

  1. dasturxon, choyshab, sochiq, yostiq jildi, qishki, yozgi, bahorgi, kuzgi ko'ylaklar, bosh kiyim, yil fasllariga qarab kiyiladigan oyoq kiyimlar;

  2. iste'mol mollari: sabzavotlar, mevalar, uy mahsulotlari, shirinliklar;

]} uy va yovvoyi hayvonlar;
Z) daraxtlar, butalar, gullar va boshqa o'simliklar;

  1. qushlar.

Bu rasmlar asta-sekin to'planib boriladi. Ular yirik (15- 20sm] va karton qog'ozlarga yopishtirilgan bo'lishi kerak.
Didaktik o'yinlarda tabiat materiallari va oddiy narsalar ham ishlatiladi.
Didaktik o'yinlarga maxsus o'rin ajratilishi va bolalar kun tartibidan ma'lum joy olishi kerak. Didaktik o'yinlarni mashg'ulot bilan bog'lab olib borishni yaxshilab o'ylab amalga oshirish lozim.
Bu o'yinlar mashg'ulot va o'yin soatlarida o'tkaziladi. Ularni butun guruh bolalari bilan ham o'tkazish mumkin.


350




O'yinning mazmuni va undan kelib chiqadigan natija oldindan yaxshilab, aniq o'ylab olinadi. O'yinning g'oyasi o'yin harakatlari, qoidasi va o'yinning borishi shunga bog'liqdir. Masalan, "Kim qanday qichqiradi?” o'yinida har xil vazifa qo'yilishi mumkin:

  1. bolalarning hayvonlar tovushini bilish-bilmasliklarini aniqlab olish;

  2. hayvonlar haqida tushuncha berish;

  3. bolalar hayvonlarni tovushidan tanib oladimi-yo'qligini bilish.

Bu o'yindan bolalarga tovushlarni talaffuz qilishni mashq qildirish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Didaktik o'yinlarda majburiy qoidalar juda ko'p uchraydi: navbat bilan harakat qilish, faqat so'raganda javob berish, o'rtog'iga quloq solish, o'ynaganda boshqalarga xalaqit bermaslik, qoidani bajarish, o'z aybiga iqror bo'lish va hokazo.
Didaktik o'yinlarda bolalarning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Bir xil bolalarga qiyin topishmoq aytilsa, boshqasiga yengilrog'i, osonrog'i aytiladi; yomon gapiradigan bolalar ko'proq gapirishga jalb qilinadi. Buning uchun o'yinni o'tkazishdan avval hamma bolalarni yaxshilab eslab, o'yinning imkoniyatlari, harakatlariga qarab topishmoq beriladi, ba’zi bir faolroq bolalarga boshqalarni qiziqishini bo'g'maydigan rol biriktiriladi.
Didaktik o'yinga rahbarlik qilishda o'yinning maqsad va mazmunini belgilash, o'yin g'oyasini o'ylab topish, o'yin qoidasi va asosiy harakatlarni tushuntirish, bolalar o'rtasidagi munosabatni yaxshilash, tarbiyaviy ta'sir orqali o'yinning borishga rahbarlik qilib borish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Didaktik o'yinni bolalarning bergan savollari, takliflari va tashabbuslariga qarab, o'yin jarayonida kutilmaganda kengaytirish, uning mazmunini boyitish mumkin. O'yinni belgilangan vaqtda boshlash va tugatish katta mahoratdir. Tarbiyachi o'yin vaqtini o'zining tushuntirishini kamaytirish hisobiga siqishtiradi.



Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin